Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya
Download 384.28 Kb.
|
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan
MEXANIK ASFIKSIYA
Asfiksiyaning kechishi 5 davrga bo’linadi: 2) xansirash davri; 3) nafas olishning qisqa muddatga to’xtash davri (pauza davri); 4) terminal nafas olish davri; 5) nafas olishni to’lig’icha to’xtash davri. Asfiksiya oldi davrida nafas olish qisqa muddatga (10-15 sekund) to’xtaydi. Ba’zan tartibsiz harakat qilishi mumkin. Bu davrda asfiksiyaning hech bir belgisi kuzatilmaydi. Ikkinchi davrda organizmda karbonat angidrid yig’ilgani va kislorod kamaygani uchun nafas olish tezlashadi. Avvalo nafas olish chiqarishga qaraganda ancha chuqur va davomli bo’ladi. Bunga inspirator xansirash deyiladi. Taxminan bir minutdan keyin inspirator xansirash ekspirator xansirash bilan almashinadi. Bunda nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ustunlik qiladi. Bu davrning oxirida kuchli klonik talvasalanish boshlanib o’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati va siydigi ajraladi. Pauza davrida nafas olish to’xtaydi, reflekslari, og’riqni sezish va taktil sezuvchanligi yo’qoladi, ammo yurakning qisqarishi saqlanadi. Bundan keyin terminal nafas olish davri boshlanadi. Bu davrda havo etishmovchiligi tufayli tez va kalta-kalta nafas olish kuzatiladi. Bu davr tugagach, beshinchi davr nafas olishning to’liq to’xtashi ko’zga tashlanadi. Bu davrda yurak urishi tezlashadi va kuchsizlanib, ko’pincha asfiksiya boshlangan davrdan 5-8 minut o’tgach to’xtaydi, o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha nafas olish to’xtagandan keyin ham yurak urishi 15-30 minutgacha davom etadi. Yuqorida ko’rsatilgan vaqt asfiksiyaning turi, rivojlanishining ayrim holati va organizmning individual xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin. Asfiksiyaning rivojlanish jarayonida qon aylanish keskin buzilishi ko’zga tashlanadi. Yurak muskullariga o’tkir kislorod etishmasligidan yurakning qisqarishi susayadi hamda arterial bosim kamayadi. O’pkadan qonni oqib ketishi qiyinlashishi tufayli yurakning o’ng tomoni qon bilan to’lib, g’ovak venalardan qonni oqib ketishi qiyinlashadi. Buning natijasida venoz sistemasi qon bilan to’lishib ichki organlar to’laqonli bo’lib qoladi. Ayrim yurak-qon tomiri kasalliklarida asfiksiyaning o’tishi yurakning to’xtab qolishi nafas olishning to’xtashiga qadar sodir bo’ladi. Mexanik asfiksiyada markaziy nerv sistemasi funktsiyasining og’ir buzilishi bilan birga davom etadi. Asfiksiyaning birinchi minuti oxiri va ikkinchi minutining boshida xushini yo’qotadi, bo’yin tomirlari siqilganda, ayniqsa osilish paytida yanada oldinroq xushini yo’qotish kuzatiladi. Agar asfiksiya sekinlik bilan rivojlansa xushini yo’qotish bilan birgalikda ko’rish, eshitish hamda og’riqni sezish qobiliyati ham yo’qoladi. Mexanik asfiksiya uchun barcha mushaklarda qisqarishlar (talvasalar) tufayli va aktiv harakat qilish qobiliyatini yo’qotilishi ham xarakterli hisoblanadi. Ichak va siydik pufagi silliq mushaklari qo’zg’aluvchanligi oshishi hamda sfinktorlarning kuchsizlanishidan odamni o’ziga bog’liq bo’lmagan holatda axlati va siydigini chiqib ketishi kuzatiladi. Shu sababga ko’ra erkaklar spermasi ham ajralishi mumkin. Download 384.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling