Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya
O’ziga bog’liq bo’lmagan holda axla
Download 384.28 Kb.
|
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. T aloqning k a m q o nligi
4. O’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati, spermasi va siydigining chiqishi.
5. Ko’z qorachig’ining kengayishi. 6. O’limning belgilarini erta paydo bo’lishi va murdaning tez chirishi. Asfiksiyadan o’lganlikning ichki belgilariga quyidagilar kiradi: 1. Qonning suyuq va xira bo’lishi. Bu doimo uchraydigan belgi bo’lib, qonning tarkibidagi fibrinogenni erishi bilan bog’liq. 2. Yurakning o’ng tomoni va unga kelib quyiladigan katta qon tomirlarining to’laqonligi. Bu kichik qon aylanish doirasida qon aylanishning qiyinlashuvi bilan bog’liq. 3. Ichki organlarning to’laqonligi. Bu holat kichik qon aylanish doirasida qon bosimining oshib ketishi tufayli ichki organlardan qonni oqib ketishi qiyinlashuvi tufayli yuzaga keladi. 4. Taloqning kamqonligi – bu belgi kamroq uchraydi, ammo asfiksiyaning boshqa belgilari bilan birgalikda mexanik asfiksiyadan o’limning diagnostikasida foydalaniladi. 5. Plevra va epikard tagida mayda qon quyilishlar bo’lishi. Bunga Tarde dog’lari deyiladi. Bu qon quyilish kapillyarlarning to’la qonligi va kapillyar bosimining oshib ketishi tufayli sodir bo’ladi. Osish Tana va tana qismlarining butun og’irligi bilan bo’yindagi sirtmoqning qisilishiga osish deyiladi. Shunga ko’ra to’liq va to’liqsiz osilishlar farqlanadi. To’liqsiz osilish ancha ko’proq uchraydi va u ko’pincha odam oyog’ida, tizzasida turganda, o’tirganda va yotganda ham kuzatilishi mumkin (63-rasm.) Odatda odam sirtmoq yordamida osilishi, ba’zan daraxt shoxlari orasida, taxtali devor taxtalari bilan bo’yin tomirlari siqilib qolishi ham mumkin. Siquvchi vosita bo’lib stulning suyanchig’i, stol yoki taburetkalar taxtasi orasida boshining og’irligi bilan o’ziga xos holatda yotganda kuzatiladi. Sirtmoq qaysi materialdan tayyorganligiga ko’ra yumshoq, yarim qattiq va qattiq turlarga bo’linadi. Yumshoq sirtmoq sharf, bo’yin bog’i, sochiq va boshqalar farqlanadi. Ayrim hollarda kiyimlarning kirish qismi (bo’yni) ham sirtmoq vazifasini bajarishi mumkin. Yarim qattiq sirmoqqa arqon, chilvir, qayish va belbog’lar kiradi. Qattiq sirtmoq uchun elektr simi, har xil simlardan foydalaniladi. b a d c e 63-rasm. Osilganda tananing holati a – to’liq osilganda; Download 384.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling