Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya
FIZIK OMILLAR TASIRIDAN O’LIM HOLLARIDA MURDALAR SUD-TIBBIY EKSPERTIZASI
Download 384.28 Kb.
|
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan
FIZIK OMILLAR TASIRIDAN O’LIM HOLLARIDA MURDALAR SUD-TIBBIY EKSPERTIZASI
Odam organizmi bir darajada tana haroratini 36-370C da ushlab turish qobiliyatiga ega. Tana haroratining yuqori va pastga qarab o’zgarishi har xil kasalliklarga xos buzilishlar va hatto o’limning sababchisi bo’lishi mumkin. Chunki odam organizmining hayotiy jarayonlari haroratning chegarasi +220C dan to +42-430C gacha bo’ladi. Tirik to’qimalar haroratining +45-470C dan ko’tarilishi odam tanasida qaytmas o’zgarishlar va oqsillarning ivib qolishi va fermentlar aktivligining yo’qolishi tufayli o’lim sodir bo’ladi. Yuqori haroratning mahalliy ta’siri (kuyishlar) Teri haroratining +45-500C dan oshib ketishi natijasida termik kuyishlar kuzatilib, ularning chuqurligi termik agentning xarakteri, uning harorati, ta’sir qilish davomliligi va to’qima gipertermiyasining paydo bo’lish davomliliga bog’liq. Bundan tashqari kuyish joylashuvining ahamiyati katta. Masalan, tana terisi yumshoq bo’lgan joylarda ancha chuqurroq jarohatlanish kuzatiladi. Kuyishlar alanga, qaynoq suyuqliklar, gaz va bug’lar, qizigan vositalar hamda har xil nurlar tomonidan chaqirilishi mumkin. Issiq yoki issiq yopishqoq moddalar (dirildoq holidagi yondiruvchi moddalar, elim, bitum va boshqalar) teriga tushib uzoq vaqt ta’sir qiladi va odatda chuqur kuyishlarni chaqiradi. Kuyishlarning tasnifi teri va teri tagi to’qimalarning zararlanish chuqurligiga qarab aniqlaniladi. Hozirgi davrda kuyishning 4 darajali kuyish tasnifi farqlanadi. I-darajali kuyish: bunda terida qaytariluvchi neyrotsirkulyator o’zgarishlar bo’lishi tufayli terining tezda o’tib ketuvchi qizarishi va biroz shishishi kuzatiladi. Odam o’lgandan keyin qizarish va shish odatda yo’qoladi va ularni ko’pchilik hollarda murdada topishning imkoniyati bo’lmaydi. darajali kuyishda o’tkir ekssudativ yallig’lanish kuzatilib, epidermisning ko’chishi va kuchli qizargan teri ichida seroz suyuqligi bo’lgan pufakcha paydo bo’ladi hamda bu keyinchalik 3-4 kun o’tgach quyuqlashib elimsimon holatga keladi. Epitelizatsiya yo’li bilan tiklanadi. Bunda chandiq hosil bo’lmaydi. Murdada yorilgan pufakchalar qurib, uning tubi qattiqlashadi, qo’ng’ir tusga kiradi va shilinishlarni eslatadi. darajali kuyishda emidermisning barcha qavati nekrozga uchraydi va dermaning qisman (III-a-darajali kuyish) yoki to’liq (III-b-darajali kuyish) o’lishi kuzatiladi. Tirik odamlarda, odatda, derma zararlanishining chuqurligini birdanicha aniqlab bo’lmaydi. Murdada bu savolni echishda gistologik tekshiruv usuli yordamlashadi. Kuyish yuzasi quruq qo’ng’ir (alanga ta’sirida) yoki yumshoq oqimtir- kulrang (issiq suyuqlik ta’sirida) qasmoq bilan qoplangan bo’ladi. Kuyish yuzasining ayrim joylarida ichida gemorragik suyuqligi bo’lgan qalin devorli pufakchalar ko’rinishi mumkin. Ko’pincha epidermis dermadan ajralib uzuqchalar shaklida osilib turadi. O’lgan to’qimalar va kuyish yuzasidagi qasmoqning erib ketishi 2-3 haftagacha davom etib, keyinchalik shakllangan granulyatsion to’qima ochilib qoladi va bu III-a darajali kuyishda kuyishning chetlari va terida saqlanuvchi organoidlar (teri va yog’ bezlari) hisobiga, III-b darajali kuyishda esa faqat kuygan yara chetlarida epitelizatsiya kuzatiladi. darajali kuyishda faqatgina teri emas, balki chuqurroq joylashuvchi to’qimalar (mushaklar, paylar, bo’g’imlar, suyaklar) ning o’lishi ham ko’zga tashlanadi. Ba’zan terini uncha katta bo’lmagan joyining kuyib ko’mirga aylanishi ko’rinadi. Katta ko’lamdagi chuqur ko’mirga aylanishi va to’qimalarning yonishi odatda o’lgandan keyin alanganing ancha vaqt ta’siri natijasida sodir bo’ladi. Chuqur kuyishda nekrotik to’qimalarning ko’chib ketishi natijasida bituvchi yara hosil bo’lib, uning tubini teri tagi kletchatkasi yoki mushaklar tashkil qiladi. Bunday yaralar, odatda, yiringlab ketadi. Yaralarning tiklanishi juda sekin bo’lib, tortiluvchi chandiqlar paydo bo’lishi tufayli bo’g’imlarning harakati chegaralanadi hamda yuzini tanib bo’lmas darajada o’zgarishi kuzatiladi. Katta ko’lamdagi chuqur kuyishlarning mustaqil tiklanishi umuman sodir bo’lmaydi. Ularning yopilishi uchun teri qoplamasini tiklovchi operativ usuli talab qilinadi. Kuyish kasalligi Agar II-IV-darajali kuyish maydoni tananing 10-15-foiz yuzasidan ko’p maydonini egallangan bo’lsa (I-darajalisi 50-foizni) va jabrlanuvchi yaqin vaqt ichida o’lmaganda ichki organlarida juda muhim patologik o’zgarishlar kuzatilishi muqarrardir. Bular birgalikda kuyish kasalligi degan nom bilan ataladi. Uning og’irligi va oqibati asosan chuqur kuyishning maydoni va yara jarayonining xarakteriga bog’liq bo’ladi. Kuyish kasalligining o’tishi 4 davrga bo’linadi: kuyish shoki; o’tkir toksemiya; septikotoksemiya; tuzalish davrlari. Birinchi davri yoki kuyish shoki davri avvalo qo’zg’alish, keyinchalik jabrlanuvchining og’ir umumiy xunobligi bilan xarakterlanadi. Shok holati odatda 1 sutkagacha davom etishi, ba’zan esa 2-3 kungacha cho’zilishi ham mumkin. Agar terini kuyishi nafas olish yo’llarining kuyishi va yonish mahsulotlari bilan zaharlanish (asosan is gazi bilan) birga qo’shilib kelgan taqdirda odatda og’ir yoki juda og’ir kuyish shokining turi kuzatiladi. Bunday hollarda o’lim juda tez sodir bo’ladi. Oqsillar emirilish mahsulotlarining so’rilishidan organizmning kuchli zaharlanishi kuzatilib, bu tana haroratining ko’tarilish reaktsiyasi bilan xarakterlanadi. Bu davrni o’tkir toksemiya davri deb atalib u 8-10 kun davom etadi va juda tezlikda uchinchi davr - kuyish septikopiemiyasi bilan almashinadi. Bu davrda kuyish yarasi yiringlab ketadi hamda bakteriemiya rivojlanadi. Bu davrda odatdagi asoratlari pnevmoniyalar (ayniqsa yuqori nafas yo’llari va yuzi kuyganda ular tez yuzaga keladi), pielonefritlar, gepatitlar, abstsesslar va flegmonalar hisoblanadi. Kuyish kasalligi ko’pincha sepsis va septikopiemiya bilan asoratlanib ichki organlarda ko’p miqdordagi yiringlanish o’choqlari paydo bo’ladi. Sepsis rivojlanganda kuyish yarasida o’ziga xos o’zgarishlar ko’zga tashlanadi. Jumladan, unda granulyatsiya sekinlik bilan yo’qolib, ikkilamchi nekroz o’choqlari paydo bo’ladi. Pnevmoniya yiringli xarakterda bo’lib, o’pkada ko’plab abstsesslar yuzaga kelib ularning plevra bo’shlig’iga yorilishidan plevra empiemasi hosil bo’ladi. Ba’zan jabrlanuvchining qorin bo’shlig’i organlarida oshqozon va ichaklarning yaralari (Karling yaralari), o’tkir xoletsistitlar, ichak tutqichlari arteriyasining trombozi kuzatiladi. Bu davr davomida kuyishdan ozg’inlik sindromi ajratilib, bu tuzalmaydigan sekin granulyatsiyalanuvchi kuyish yarasi borligi, ba’zan granulyatsiyaning to’liq yo’qolishi, chuqur yotoq yaralarning tez rivojlanishi, zo’rayib boruvchi kaxeksiyaning rivojlanishi, ichki organlar atrofiyasi bilan xarakterlanadi. Bu davrning davomliligi 1-1,5 yilgacha bo’lishi mumkin. Kuyish kasalligining oxirgi rekonvalestsentsiya davrida kuyish yarasi tiklangandan yoki muvafaqiyatli operatsiya qilinishi tufayli yopilgandan keyin organizmning butun funktsiyalarini sekinlik bilan tiklanishi ko’rinadi. Yosh bolalarda kuyish kasalligida kuyish yuzasi kattalarnikiga qaraganda kamroq bo’lib, ancha og’ir o’tadi. Ayniqsa 55-60 yoshdan kattalarda og’ir yo’ldosh kasalliklar uchragani uchun kuyishdan jarohatlanish ancha xavfli bo’ladi. Bunday hollarda ularda bo’lgan kasalliklar kuyish kasalligi o’tishini og’irlashtiradi hamda kuyish jarayoni bo’lgan kasalliklarni qaytalanishiga imkoniyat yaratadi. 60 yoshdan oshgan kishilarning kuyishdan o’lishi yoshlarga qaraganda bir necha marta yuqori bo’ladi, ammo bunda o’limning sababi kuyishdan emas, balki jarohat olgungacha bo’lgan kasalliklar hisoblanadi. Kuyishning oqibatlari Kuyishning og’irligi va oqibatlari ko’pgina faktorlarga, jumladan, chuqurligi va maydoniga, nafas yo’llarida kuyishning bor yoki yo’qligi va yonish bilan bog’liq zaharli moddalarga, jabrlanuvchining yoshi o’tganligiga, yo’ldosh jarohatlanish va kasalliklaming borligiga bog’liq. Biroq, kuyishdan jarohatlanishning oqibati chuqur kuyishning maydoniga bog’liq bo’ladi. Bu to’liq sog’ayish, kuyish yarasining tiklanishi, u yoki bu darajada ish qobiliyatining yo’qotilishi va jabrlanuvchining o’limi bilan tugaydi. Odatda, tananing 5-foizidan kamroq yuzasini egallovchi I-II-darajali kuyishi o’limga olib kelmaydi. Shu bilan bir vaqtda tana yuzasini 25-foizdan ko’prog’ini egallagan keng chuqur kuyishda hatto hozirgi zamon davolash usullarini qo’llaganda ham 80-85 foiz jabrlanuvchi o’lishi mumkin. Ko’pgina klinitsistlarning ko’rsatishicha, tana yuzasining 45-50 foizi chuqur kuyganda jarohatlanish hayot uchun to’g’ri kelmaydigan hisoblanadi. Jabrlanuvchining o’limi har xil muddatlarda sodir bo’lishi mumkin. Voqea sodir bo’lgan joyda (yongin o’chog’ida) tez o’limning to’g’ridan to’g’ri yoki yaqin soatlar va kunlarda vujudga kelishi, is gazi bilan zaharlanish, gipoksiya (tutundan nafasini bug’ilishi), kuyish shoki, nafas olish yo’llarining og’ir jarohatlanishi tufayli paydo bo’lgan nafas etishmovchiligi bilan bog’liq bo’ladi. Ancha keyingi muddatlarda o’lim yuqumli (pnevmoniya va sepsis) va boshqa asoratlari (me’da- ichak traktidan qon ketishi, yaraning teshilishidan qon ketishi, tromboembolik asoratlari va boshqalar) dan o’lim kuzatiladi. Kech o’limning, 50-60 kundan keyingi, sababi zo’rayib boruvchi ozish hisoblanadi. Kuyishdan jarohatlanish sud tibbiyoti ekspertizasining o’ziga xos xususiyatlari Odatda murdada kuyishning tashxisida hech bir qiyinchilik tug’ilmaydi. Ko’pchilik hollarda kuyish jarayoni borligi va darajasining mahalliy o’zgarishlariga qarab osongina aniqlash imkoniyati tug’iladi. Ba’zan jabrlanuvchining o’lguniga qadar kasalxonada davolangani uchun kasallik tarixidagi yozuvlar tashxis quyishni ancha engillashtiradi. Ekspertga kuyish borligi va uning maydonini aniqlashdan tashqari boshqa savollarni, jumladan, kuyish maydoni; kuyishning og’irlik darajasi; jabrlanuvchi o’limining sabablari; jarohatlovchi faktorning xarakteri; kuyishning tiriklikka aloqadorligi; jabrlanuvchida yuqori harorat ta’siridan boshqa jarohatlanishlar borligi; jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va boshqalarni echishga to’g’ri keladi. Murdani tekshirishda kuyish va chuqur jarohatlanishning umumiy maydonini aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Bu masalani taxminan echish uchun «to’qqizlar qoidasidan» foydalanish mumkin (Wallace A., 1951). Bu qoida bo’yicha katta odamning bo’yni va boshi tana yuzasining 9-foizini, tananing oldingi yuzasi - 18 foizini (ikki «to’qqizlik»), tananing orqa yuzasi - 18 foizini, soni - 9-foizini, boldiri va oyoqlari - 9-foizini, choti - 1 foizini tashkil qiladi. Download 384.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling