Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish, sud tibbiy tanatologiya


Download 384.28 Kb.
bet1/10
Sana18.06.2023
Hajmi384.28 Kb.
#1563027
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Sud tibbiyoti 7 ta mavzu 5 listdan


VOQEA SODIR BO’LGAN JOYDA TOPILGAN MURDANI KO’ZDAN KECHIRISH, SUD TIBBIY TANATOLOGIYA

Ko’zdan kechirish to’g’risida umumiy masalalar


Voqea sodir bo’lgan joyni kuzatishning tarkibiy qismi bo’lib voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish hisoblanadi. Voqea sodir bo’lgan joy deganda alohidagi joy yoki tergovga aloqador voqea joyi tushuniladi.
Voqea sodir bo’lgan joyni va murdani ko’zdan kechirish tergov harakatlarining muhim va kechiktirib bo’lmaydigan qismidir. U tergovchi tomonidan o’tkazilib, voqea sodir bo’lgan joyda topilgan barcha o’zgarishlar va izlar, biroq voqea sodir bo’lish xarakterini aniqlash, jinoyatchini harakatini tekshirish, ularni kelishi va ketishini oydinlashtirish, qidiruv ishlarida birlamchi taxminiy fikr belgilash va jinoyatchini tutish uchun kechiktirib bo’lmaydigan operativ chora tadbirlarni belgilashi zarur. To’g’ri va sinchiklab o’tkazilgan kuzatish tezlikda jinoyatni ochishda muhim ahamiyatga egadir.
Murda topilganda uni ko’zdan kechirish uchun voqea sodir bo’lgan joyga tergov ishlarini olib borish huquqiga ega bo’lgan mansabdor shaxs keladi. Qonun bo’yicha murdani ko’zdan kechirish vrachning qatnashuvida amalga oshiriladi. Odatda bunday tergov ishlariga sud tibbiyoti eksperti ham jalb qilinadi. Agar ekspertni chaqirish imkoniyati bo’lmasa voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirish uchun istagan vrach chaqiriluvi mumkin va bunda u rad qilish huquqiga ega emas.
Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechirishda qatnashuvchi vrach, u sud tibbiyoti eksperti vazifasini bajarsada ekspertning huquqi va burchini bilmaydi, ammo u bilimli mutaxassis sifatida qatnashadi. Voqea sodir bo’lgan joydagi vrachning fikri va tushuntirishlari xulosa bo’lmasdan, balki konsultativ xarakterga ega bo’lib, tergovchiga og’zaki shaklda beriladi. Voqea sodir bo’lgan joyda topilgan murdani ko’zdan kechiruvchi vrach, keyinchalik shu murdani tekshirib o’zining xulosasini berishi, ya’ni ishda sud tibbiyoti eksperti sifatida qatnashishi mumkin.
Murdani ko’zdan kechirish uchun vrachga kerakli aslohalar. Voqea sodir bo’lgan joy sud tibbiyoti eksperti yoki vrach-ekspert kelgusi ishlarni amalga
oshirishi uchun jihozlangan bo’lishi kerak. Standart taxlangan narsalar bo’lmagani uchun quyidagicha mulk nabori taklif qilinadi.
Medikamentlar: atropin va pilokarpinning 1-foizli eritmasi (murda ko’zining oldingi kamerasiga tomizish uchun), ammiakning suvli eritmasi, valeriana, korvalol, kamfora, kofein, adrenalin, perekis vodorodi, yodning spirtli eritmasi, spirt va boshqalar.
Doimiy foydalanish uchun kerakli narsalar: xalat, qalpoq, sochiq, 2 ta skalpel, 2 ta pintset, qaychi, nevrologik bolg’acha, fonendoskop, lineyka, ruletka, elektr yoritgichi, murda dinamometri shkalasi -300S dan +500S gacha bo’lgan termometr, lupa, sekundomer, shprits ignasi bilan, murda mushakini elektr o’tkazuvchanligini tekshirish uchun elektrostimulyator va boshqalar.
Sarflanuvchi mulklar: bintlar, paxta, yopishqoq plastir, rezinali qo’lqop, sovun, qalamlar nabori, shishaga yozadigan qalam, gugurt, yozadigan qog’oz, konvertlar, bloknot, surguch, probirkalar, predmet shishasi, flakonlar, har xil qoplamalarni tushurish uchun daktiloskopik plyonkalar, bir marta foydalaniladigan shpritslar, blankalar, sxemalar, biologik materiallarni olish uchun polietilenli paketlar bo’lishi zarur.
Yuqorida ko’rsatilgan naborlar alohida chiqarilmaydi, ammo ularni yig’ish qiyin emas.
Vrach o’zining tibbiyot bilimi darajasiga qarab, voqea sodir bo’lgan joyda quyidagi vazifalarni bajaradi: o’limning sodir bo’lganligini aniqlaydi; murdani ko’zdan kechirishda tergovchiga ko’maklashadi va bu kuzatish natijalarini yozadi; bu holat uchun barcha muhim o’ziga xos ma’lumotlarga tergovchining e’tiborini jalb qiladi va o’zi tomonidan bajarilayotgan muolajalar, masalan, ko’ziga pilokarpin tomizishdan maqsad, dog’da qon borligini aniqlash uchun taxminiy reaktsiyalar va boshqalar haqida ma’lumot beradi; tergovchiga ashyoviy dalillarni topish, qotirish, olish, yaxshilab o’rash hamda sud tibbiyoti va sud kimyoviy tekshiruvi (qon, sperma dog’i, soch, zaharlar, medikamentlar va boshqalar) uchun jo’natishga tayyorlashda ko’maklashadi. Bundan tashqari, u tergovchiga murdani ko’zdan kechirishda o’limning sodir bo’lgan vaqti, topilgan jarohatlanishning
xarakteri, ularning qaysi predmet tomonidan etkazilganligi, murdaning holati o’zgarilganligi va boshqa masalalarni aniqlashda ham maslahatlar beradi. Bunda vrachning barcha javoblari taxminiy xarakterga ega bo’lib, voqea sodir bo’lgan joyda faqat og’zaki shaklda beriladi.
Voqea sodir bo’lgan joydan murdani kesib ko’rish uchun o’likxonaga jo’natiladi. Murda bilan birgalikda sud tibbiyoti tekshiruvi uchun murdani kuzatuvchi hujjat yoki ekspertiza o’tkazish uchun tergovchining qarori va shuningdek voqea sodir bo’lgan joyni kuzatish bayonining ikkinchi nusxasi jo’natiladi. Ashyoviy dalillar uchun olingan materiallarni kuzatuvchi hujjat bilan tergovchi kerakli laboratoriyaga jo’natadi.
Ayrim hollarda ekspert va tergov ishlarida voqea sodir bo’lgan joyni qo’shimcha yoki qayta ko’zdan kechirish mustaqil va majburan o’tkazilishi mumkin. Bunday holat murda tekshirilgach birdaniga ekspert va tergovchi tomonidan bajarilishi taklif qilinadi. Qayta ko’zdan kechirish ayniqsa odam o’ldirilgan paytda, ayrim ishlab chiqarish va transport jarohatlanishlari, shuningdek jarohatlanish mexanizmini aniqlash murakkab bo’lgan hollarda amalga oshiriladi.
Voqea sodir bo’lgan joyni qo’shimcha ko’zdan kechirishda murdada barcha topilgan jarohatlarni jarohatlovchi predmetlar bilan solishtirish imkoniyati tug’iladi. Jabrlanuvchi va hujum qiluvchining bir biriga nisbati to’g’risidagi savolga javobning ob’ektivlik darajasi ortadi. Murdaxonada jarohatlanish tekshirilgach, voqea sodir bo’lgan joyda yana qanday muhim belgilar va qanaqa biologik ashyoviy dalillar topilishi mumkinligi to’g’risida asosli taxminlar paydo bo’ladi. Murdada topilgan jarohatlanishlar bilan birlamchi va qo’shimcha ko’zdan kechirish natijalarini solishtirishda sud tibbiyoti ekspertida ancha to’liq va aniq tergovchining savollariga javob berish imkoniyati to’g’iladi.
Murdani ko’zdan kechirishning ketma-ketligi
Voqea sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish statik va dinamik davrlarga
bo’linadi.
Statik davrida kuzatuv katnashchilari voqea sodir bo’lgan joyni va unda bo’lgan predmetlarni ko’zdan kechirib, hech narsaga teginmasdan hamda o’z joyidan qimirlatmasdan qanday bo’lsa shundayligicha suratga olinadi. Agar murda bo’lsa, ko’zdan kechirish undan boshlanadi. Biroq tergovchi har bir aniq holda voqea sodir bo’lish xususiyatiga qarab odatda ko’zdan kechirishni birin ketinligi haqidagi masalani belgilaydi. Suratga oladi (105, 106, 107-rasmlar) va voqea sodir bo’lgan joyni sxematik rejasini tuzadi. Agar voqea sodir bo’lgan joyda murda emas, balki tirik odam borligiga biroz shubha tug’ilganda ham vrach davrni buzib, uni tiriltirish choralarini ko’rishi zarur. rasm. Ayiq bilan kurashishda ovchining o’limi. Yirtilgan son arteriyasidan qon ketish tufayli o’lim. Voqea sodir bo’lgan joydagi murdaning holati Zo’rlash (nafsiga tegish) va o’ldirish. Voqea sodir bo’lgan joydagi murdaning xarakterli pozasi.

Download 384.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling