X bob: materiallarni kesib ishlanuvchanligi
Ishlanuvchanlikni aniqlash usullari
Download 178 Kb. Pdf ko'rish
|
15-maruza 2
10.2. Ishlanuvchanlikni aniqlash usullari
Hozirgi vaqtda ishlanuvchanlikni aniqlashni bir qancha usullari ishlab chiqilgan. Ularni shartli ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga – “klassik” usul kiradi. Bu guruhda kesish tezligining keskich turg’unligiga bog’liqligi ) (T f aniqlanadi (tekshirilayotgan material uchun). So’ngra, ma’lum keskich turg’unligi vaqti T=60 min bo’yicha bunga to’gri keladigan kesish tezligi topiladi. tek 60 ma’lumotnomadan etalonga to’g’ri keladigan talon 60 e topiladi. Yuqoridagi formula bo’yicha ishlanuvchanlik koeffitsiyenti aniqlanadi. 230 Bu usul eng aniq usul va ishlanayotgan materialni keskichni yeyilishi jadalligiga ta’sirini to’gri ko’rsatadi. Lekin, juda mehnati og’ir, ishlanayotgan – tajribaviy va asbobsozlik materiallarini ko’p sarf qiladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda ishlanuvchanlikni tezkor usullari ixtiro qilingan. Bularni orasida eng ko’p tarqalgani ko’ndalang yo’nish usuli (“методторцовойобточки”). Tajriba qilinayotgan materialdan yasalgan katta diametrli zagatovka tokarlik stanogi patronida qisilib yo’niladi. Yo’nish zagatovka markazidan uni gardishi tomon yo’nalishda kesiladi (rasm 10.1). Shpindel – zagatovka aylanishlar soni doimiy (n=const). Rasm 10.1. Ko’ndalang yo’nish sxemasi. Kesish davomida – keskich surish harakati davomida kesish tezligi to’xtovsiz chiziqli qonun bo’yicha ortadi va qandaydir keskich o’tmas bo’lish tezligida tmas o ' da (bunga o’tmaslik diametri tmas o D ' to’g’ri keladi) keskich yeyilib yemirilishi natijasida keskich ishdan chiqadi. Bu davrda keskin chiyillagan tovush chiqadi va bir zumda kesish chuqurligi kamayadi. Tajriba o’tkazilayotgan va etalon materialdan yasalgan namunalarni yo’nib, har ikkisi uchun ham o’tmas bo’lishlik 231 diametrlari nam una ' tmas o D va taj r ' tmas o D aniqlanadi. Natijalar solishtirilib nisbiy ishlanuvchanlik aniqlanadi. Usul soda va katta mablag’ talab qilmaydi. Aniqligi – nisbiy: etalonga nisbatan ishlanuvchanlik yaxshimi? – yomonmi? Zagatovkani uzunasiga yo’nib ishlanuvchanlikni o’lchash usuli ham bor. Silindrik zagatovka bir tekis kattalashadigan shpindellar aylanishlar soni bilan kesiladi. Shu guruhga A.S.Kondratov usuli ham kiradi. Uni asosi keskichni teng yeyilish uchastkasida yeyilish jadalligi yeyilish kattaligiga ham bog’liq. Usulni mohiyati quyidagidan iborat. 1. Tajribaviy materialni doimiy chuqurlik t va surish S bilan vaqti-vaqti bilan kattalashuvchi n ..., , , , 3 2 1 tezlik bilan kesish. Shunda har bir i tezlikka to’g’ri kelgan ishlash vaqti i T , yeyilishni kattalashishi i h , yeyilish jadalligi i i i T h J ni belgilab olinadi (rasm 10.2). 2. Ikkilik logarifmik koordinatalarida i i J ln ln grafigini chizish (rasm 10.3); uni vertikal o’qqa bo’lgan qiyalik burchagi tangensi turg’unlik bog’liqligi ko’rsatgichi darajasi bo’ladi: m tg Rasm 10.2. O’zgaruvchan tezlik bilan kesishdagi yeyilish egriligi Rasm 10.3. Yeyilish jadalligini kesish tezligiga bog’liqligi 232 3. Yeyilish jadalligi ekvivalentligini ekv J aniqlash. Agar keskich qandaydir doimiy tezlik bilan ishlagan holda shunga ega bo’lsa va shunday yakuniy yeyilishga ega bo’lsa ; T h T h J i i ekv va shunga tegishli tezlikni grafikdan (rasm 10.3) toppish. 4. Tajribaviy material uchun turg’unlik bog’liqligidagi parameter C ni topish va taj 60 ni T=60 min uchun i m ekv T T T C ; U holda m ekv m i ekv T C T C ; ) ( Bu usul qattiq qotishmali keskichlar bilan kesganda yaxshi aniqlik beradi. Ikkinchi guruh usullari kesish jarayonini uni fizikaviy parametrlari bilan bog’liqligi bilan baholanadi: kesish kuchi, kesish zonasidagi harorat darajasi, kesish zonasidagi elektr yurituvchi kuch (EYuK) darajasi, siljish burchafi, kesish burchagi, qirindi o’tishi va h.k.lar bilan. Ko’pincha bu usul bilan kesish tezligini optimal darajasi belgilanadi. Har xil mualliflar bu tezlikni turlicha belgilaydi: kesish tezligi ortishi davrida kesish kuchi z P ni stabillashish momenti bo’yicha f P z egri chizig’ini o’ng tomonida z z P P m ax 9 , 0 7 , 0 ga yetgan momenti bo’yicha; kesish haroratini (yoki EYuKni) optimal kattaligi bo’yicha; oldingi yuzadagi plastic zona uzunligini kesish tezligiga bog’liqligida minimum birligi bo’yicha. Materiallarni fizikaviy va mexanikaviy xossalaridan foydalanish ishlanuvchanlikni baholash istiqbolli uchinchi guruhiga tegishli. Bu usullarni umumiy afzalligi mehnat hajmini yetarli kamayishi va ishlanayotgan material sarfini kamayishi. Analiz qilinayotgan parametrlar sifatida quyidagilar ishlatiladi: maksimal elektroqarshilik harorati, plastiklik chiqishi, – temirni Fe – 233 temirni Fe faza strukturaga aylanishi, magnitli o’tkazishlik, koersitivli kuch, ichki ishqalanish koeffitsiyenti, indikatorni botirishiga qarshilik. Yuqoridagi barcha ishqalanuvchanlikni aniqlash usullarini laboratoriya sharoitida samarador ishlatish mumkin. Ishlab chiqarish sharoitida birinchi guruh usullari kamroq ishlatiladi, chunki yeyilish jadalligini aniqlash murakkab, ayniqsa, hisoblari. Ikkinchi va uchinchi guruh usullarini avtomatlashtirilgan ishlab chiqarishni egiluvchan dastgohlarida qo’llash maqsadga muvofiq. Download 178 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling