X bob: materiallarni kesib ishlanuvchanligi


 Materiallarni kesib ishlanuvchanligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar va


Download 178 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana22.06.2023
Hajmi178 Kb.
#1648541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
15-maruza 2

10.3. Materiallarni kesib ishlanuvchanligiga ta’sir qiluvchi asosiy faktorlar va 
ularni yaxshilash usullari 
 
10.3.1. Metallurgik ishlab chiqarish stadiasida maxsus qo’shimchalarni 
kiritish 
Kesib ishlanuvchanlikni yaxshilash usullarini birinchisi – metallurgik usul; 
ya’ni metallarni eritib olish jarayonida unga maxsus xossalar berish, buning uchun 
uning tarkibiga har xil kimyoviy elementlar qo’shiladi. Konstruksion materiallar 
tarkibiga qo’shiladigan kimyoviy elementlarni ta’sir darajasiga qarab shartli 
ravishda uch guruhga bo’lish mumkin. Ferrit asosidagi po’latlar uchun eng kuchli 
ta’sir qiluvchi birinchi guruhga uglerod va kremniy kiradi. Hammaga nisbatan 
ishlanuvchanlikni yomonlashtiradigan uglerod hisoblanadi: uni miqdori 0,5% 
gacha bo’lganda ishlanuvchanlik ahamiyatli pasayadi; 0,5% dan ko’paygandan 
boshlab u ishlanuvchanlikka ta’sir qilmaydi. 
Ishlanuvchanlikni yomonlashtiruvchi ikkinchi guruhga quyidagi kimyoviy 
elementlar kiradi: xrom, volfram, vanadiy va molibden. Uchinchi guruhga 
ishlanuvchanlikka amalda ta’sir qilmaydigan elementlar kiradi: marganes va nikel. 
Austenitli va xromnikelli asosidagi po’lat va qotishmalar uchun birinchi 
guruh elementlariga ishlanuvchanlikni to’xtovsiz yomonlovchi alyuminiy, titan va 
kremniy kiradi. Ikkinchi guruhga molibden, kobalt, marganes, xrom va molibden 
kiradi. Uchinchi guruhga nikel, niobiy va vanadiy kiradi. 


234 
Po’latlarni ishlanuvchanligini ularni eritish va quyish davrida ularga har xil 
qo’shimcha kimyoviy elementlar yoki kimyoviy birikmalar qo’shiladi. 
Ishlanuvchanlikni yaxshilovchi qo’shimchalarni ta’sir qilishini ikkita mexanizmi 
ma’lum. Birinchisida kontakt yuzalardagi ishqalanish koeffitsiyentini pasayishi; 
chunki qo’shimchalar metalda qattiq moylovchi moddalar hosil qiladilar (sulfidlar, 
selenidlar, sulfoselenidlar). Ikkinchi mexanizmi bo’yicha qo’shimchalar 
kuchlanishlarni yig’indisi – “konsentrati” bo’lib ishlanayotgan materialni 
mo’rtlashtirib, kesish kuchini pasaytiradilar va kesish haroratini pasaytiradilar. 
Eng xarakterli qo’shimchalar D.I.Mendeleyev jadvalidagi VI guruh 
elementlari – oltingugurt, selen, tellur, qaysilarki, po’latda metall emas 
qo’shimchalar hosil qiladilar; bular ichiga qo’rg’oshin ham kiradi. Bu 
qo’shimchalarning qo’shilishi katta bir butun avtomat yoki oson ishlanadigan 
po’latlar sinfini paydo bo’lishiga olib keldi. Masalan, tarkibida oltingugurt ko’p 
bo’lgan avtomat po’latlar (A10÷A35), oltingugurt va fosfori ko’p bo’lgan po’latlar 
(A12), oltingugurt va qo’rg’oshini ko’p bo’lgan (AC14) po’atlar. Qo’rg’oshin 
po’latda ikki xil modifikatsiyada bo’ladi: mayda alohida moslashgan zarralar 
ko’rinishida, metall matritsasida o’zicha joylashgan holda va kompleka birikma 
MnS-Pb ko’rinishida. Qo’rg’oshinni erish harorati past, shuning uchun 
mo’rtlashtirishdan tashqari kontakt yuzalarda suyuq plyonka hosil qilishi mumkin. 
Ma’lumki, ishqalanuvchi yuzalarni bir-biriga yopishib qolishlikka moyilligini 
keskin kamaytirishi uchun plyonkaning 2mkm qalinligi yetarli. 
Avtomat po’latlarni kesishda qattiq qotishmalarni turg’unligi 5 martagacha 
ortishi mumkin, yana qirindi sinishi yaxshilanadi. Lekin, ma’lumki, oltingugurtni 
miqdori 0,04 %dan oshgandan so’ng po’latning fiziko-mexanikaviy xossalari 
ancha 
pasayadi: 
sovuq 
sinishlik 
ko’payadi; charchash mustahkamligi 
anizotropiyasi keskin namoyon bo’ladi; zarbiy qovushoqlik pasayadi; plastiklik 
pasayadi va h.k. shuning uchun avtomat po’lstlari kam mas’uliyatli detallar 
yasashda ishlatiladi. 
Oxirgi yillarda o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatdiki, po’lat tarkibiga selen, 
tellur, vismut va qo’rg’oshinni ozgina qo’shilishi uni ishlanuvchanligini keskin 


235 
yaxshilaydi; ikkinchi tomondan uni fiziko-mexanikaviy xossalariga amalda ta’sir 
qilmaydi hisob. Bu texnologiyani mikrolegirlash deb ataladi. Harorat ta’sirida 
keskich oldingi yuzasida oson eriydigan qo’shimchalarni “terlashi” paydo bo’ladi, 
moylovchi hosil bo’ladi, kontakt yuzalardagi ishqalanish koeffitsiyenti pasayadi va 
yeyilish jadalligi pasayadi (rasm 10.4). 
Rasm 10.4. Po’lat 1X18H9T ni yo’nishda qattiq qotishma T5K10 ni yeyilishiga 
ishlanayotgan materialni mikrolegirlash ta’siri 
Qo’shimchalarning ta’sir samaradorligi ishlanayotgan va keskich materiali 
turi va fiziko-mexanika xossalariga bog’liq. Eng katta samaradorlik yuqori plastik 
materiallarni, adgeziyaga moyil materiallarni mikrolegirlashda bo’ladi. Masalan, 
uyushoq va plastik po’lat 1X18H10T (nisbiy uzayishi – δ=50%) ga 0,2% selen 
qo’shilsa, kesish tezligi 3,9 marta oshadi, po’lat У10A (δ=50%) uchun faqat 1,4 


236 
marta. Tezkesar po’lati bilan yo’nilganda qo’rg’oshin bilan legirlangan po’latlarni 
kesishda eng yaxshi natija olinadi. 
Mikrolegirlashda legirlovchi elementlarning miqdori chegarasi 0,1÷0,15 
bo’lganda u optimal hisoblanadi. Bundan ko’payishi kesish tezligini ahamiyatli 
ko’tarilmaydi. Lekin, plastiklik va uyushqoqlik xossalarini anizotropligi keskin 
ko’payadi, bu po’latlarni tannarxi ham qimmatlashadi. Yuqoridagi qo’shimchalarni 
ishlanayotgan materilga emas, asbobsozlik materialiga qo’shilsa (P18-0,12%Se) 
asbob turg’unligi 1,5÷1,6 marta ko’payadi va jilvirlanishligi keskin yaxshilanadi. 
Ishlanuvchanlikni oshirishni oksidlab va boshqa usullari ham bor. 

Download 178 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling