X. N. Atabayeva, J. B. Xudayqulov
Download 5.06 Mb. Pdf ko'rish
|
Ўсимликшунослик
9.1.Tamaki
Barg tarkibi. Tamakini ekishdan maqsad - uning bargidan pa- piros, sigara, sigaret, trubkali tamaki, hidlaydigan tamaki ishlab chiqarishdir. Tamaki bargida 1-4% nikotin, 1% efir moyi, 4-7% smola, 7-10% oqsil, 4-13% uglevod, 13-15% kul moddasi boiadi. Uglevodlar yonish jarayonida tutunning achchiqligini kamaytiradi. Ularning 45% ni kraxmal tashkil qiladi. Barg yetilganda kraxmal ko„payadi, shuning uchun barg sarg„ayadi. Oqsil miqdori pishish davrida kamayadi. Uglevodlarning oqsilga boigan nisbati 1,2-1,5 ga teng, bu son “Shmuk” soni deb yuritiladi. Nikotin - bu rangsiz kuchli zaharli modda, yoqimsiz hid beradi. Sifatli tamaki xomashyosida 1,5-2% nikotin boiadi. Tamaki tarkibida nikotindan tashqari nomikotin, anabazin kabi alkoloidlar ham uchraydi. Tamaki tarkibida sirka, chumoli, moy, olma, limon va boshqa organik kislotaiar boiadi. Bu kislotalaming uchuvchan (sirka, chumoli, moy) va uchmaydigan (olma, limon) turlari mavjud. Sifati past tamakida 14 -16% organik kislotaiar boiadi. Faqat limon va olma kislotalarining tuzlari tamakining yonuvchanlik xususiyatiga ijobiy ta‟sir ko„rsatadi. Limon kislotasi 18% gacha boiadi. Tamakida 12-15% gacha pektin moddalari boiadi. Tamakining xushbo„yligi asosan undagi efir moylarining miqdoriga bogiiq. Tarixi. Tamakining vatani Janubiy Amerika. Yevropaga taxmi- nan 1518-yilda keltirilgan. Dastlab u Portugaliya va Ispaniyada manzaraii o„simlik sifatida o„stirilgan. Yevropaning boshqa davlatlariga 1560-yil tarqalgan. Shu yili Fransiyada Jon Nika tamaki urugini ekib ko„rilgan va tamaki avlodiga “Nicotiana” deb nom 380 beriladi. Yevropada tamakini chekish XVI asrda boshlangan. Tamakini Rossiyada ekishga Peyotr I yo„l ochib berdi. U 1687-yili tamakini ochiq savdo qilish to„g„risida farmon chiqaradi. Tamaki yer yuzida keng tarqalgan, ekin maydoni 4,75 mln/ga (1915). Asosiy ekin maydoni Xitoy, AQSH, Hindiston va Brazili- yada joylashgan. Tamaki Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Moldovada ekiladi. 0„zbekistonda tamaki asosan Samarqand viloyatining Urgut tumanida ekiladi. 0„zbekistonda 1997-yili 8,7 ming/ga yerga ekilgan, o„rtacha hosili 29,2 s/ga tashkil qiladi. 39 Download 5.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling