Xalqaro moliya bozorida sekyuritizatsiyalash amaliyoti va tendensiyalari Reja


Download 0.54 Mb.
bet1/10
Sana14.12.2022
Hajmi0.54 Mb.
#1006303
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
KURS ISHI Азиза (автовосстановление)


Xalqaro moliya bozorida sekyuritizatsiyalash amaliyoti va tendensiyalari
Reja:
Kirish
Asosiy qism:
1. Xalqaro moliya bozorida sekyuritizatsiyalash amaliyotining iqtisodiy mohiyati, o’ziga xos xususiyatlari va zaruriyati
2. Sekyuritizatsiyalashni amalga oshrish mexanizmi va jarayonda qatnashuvchi asosiy ishtirokchilarning o’rni
3. Xalqaro moliya bozorida sekyurizatsiya bozori amal qilishining zamonaviy tendensiyalari tahlili
4. Sekyuritizatsiyalash amaliyoti qo'llanilishining xorij tajribasi va uni respublikamiz moliya bozorida qo’llash imkoniyatlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

KIRISH
Bugungi kun iqtisodiyotida real sektor singari moliyaviy sektor ham alohida dolzarblik kasb etadi. Rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy-iqtisodiy taraqqiyotida va bugungi darajaga erishishlarida moliya bozori shak-shubhasiz muhim ahamiyat kasb etgan. Bunda real sektorni moliyaviy taʼminlash, boʻsh pul mablagʻlarini ishlab chiqarishga yoʻnaltirish, yangi sohalarni oʻzlashtirish, davlat byudjeti defitsitini noinflyatsion yoʻllar bilan mablagʻ jalb qilish orqali qoplash, aholi daromadlarini moliyaviy aktivlar orqali oshirish kabilar alohida ahamiyat kasb etadi.
2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlan-tirish boʻyicha Harakatlar strategiyasida ham moliya bozorini rivojlantirish masalasiga alohida eʼtibor qaratilganligi ham yuqoridagilar bilan bevosita bogʻliq. Shuningdek, ehtiyojlarning keskin oʻsib borishi sharoitida real sektor va xizmat koʻrsatish subyektlarining oʻz faoliyatlarini kengaytirib borish maqsadida nafaqat mahalliy, balki xalqaro bozorlardan ham apital jalb qilish masalasiga alohida eʼtibor qaratilayotgan bir vaqtda mamlakatimizda ham moliya bozorini rivoj-lantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.1
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi” Farmonining 27-maqsadiga ko’ra, Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida, kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 mln. AQSh dollaridan 7 milliard AQSh dollariga yetkazish strategiyada muhim ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda kapital harakatini bosqichma-bosqich erkinlashtirish uchun xususan moliya bozoriga xorijiy kapital oqimlarini asosan o‘rta va uzoq muddatga jalb qilish, davlat qimmatli qog‘ozlarini norezidentlar tomonidan xarid qilishga ruxsat berish, korporativ qimmatli qog‘ozlar bozorida likvidlikni oshirish, davlat ulushi mavjud korxonalarda xususiylashtirish jarayonlariga xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarini jalb qilish va shuningdek rezidentlar tomonidan chet mamlakatlarda aktivlarni sotib olish va ularni deklaratsiya qilish tartibini belgilashni nazarda tutish mumkin. Bu esa o’z navbatida moliya bozorida sekyurizatsiyani amalga oshirish uchun ham asos bo’lib xizmat qiladi.2
Xalqaro moliya bozorlariga e’tibor qaraydigan bo’lsak, bugungi kunda jahon moliya bozorlarida aktivlarni sekyurizatsiya qilish moliya bozorining muhim segmentlaridan biri bo’lib xizmat qilmoqda.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling