Xalqaro moliya bozorida sekyuritizatsiyalash amaliyoti va tendensiyalari Reja
-rasm. Ta’minlangan qimmatli qog’ozlar emissiyasi6
Download 0.54 Mb.
|
KURS ISHI Азиза (автовосстановление)
2-rasm. Ta’minlangan qimmatli qog’ozlar emissiyasi6
An’anaga ko’ra, AQSh sekyuritizatsiya bozorining katta ulushini (70-80%) agentliklar tomonidan chiqarilgan ipoteka qimmatli qog’ozlaridan tashkil qilgan; ulardan keyin (katta farq bilan) ta’minlangan qimmatli qog’ozlar, so’ngra ta’minlangan qarz majburiyatlari va xususiy ipoteka qimmatli qog’ozlari turgan. Shunga muvofiq, inqirozdan keyingi tiklanish tendentsiyasini, birinchi navbatda, tegishli yordamga ega bo’lgan agentlik ipoteka qimmatli qog’ozlari namoyish etadi. 2008 yilda AQShning sekyuritizatsiya bozori keskin - 1,5 trln.dollargacha pasaydi. Shu sababli sekyuritizatsiya bozorining dinamikasiga va oxirgi inqirozga, ularning o’zaro munosabatlariga va o’zaro ta’siriga e’tibor qaratamiz. Muammoni hal qilishning ikkita yondashuvi bor: dastlabki yondashuv inqiroz hodisalarning tarqalishida sekyuritizatsiya rolining hal qiluvchi ekanligi va ikkinchisi holatda bunga xizmat qiluvchi rolini ko’rsatadi. 2000-yillarning boshlarida AQShda uy-joy qurilishining jadal o’sishi, uy-joy sotish bahosini bosqichma-bosqich oshirib borishi sharoitlarida hatto qarzdorlarning o’z majburiyatlarini bajarmasligiga qaramay (2005 yilda bunday kreditlar jami kreditlarning chorak qismiga yaqinlashgan) moliyaviy institutlarni birinchi darajali kreditlar bilan bir qatorda, ko’p miqdorda ikkinchi darajali kreditlar taqdim etishni rag’batlantirdi. Bu ipoteka kreditlari bo’yicha foiz stavkalarining pasayishi tufayli MBS jalb etuvchanligining pasayishiga olib keldi. Strukturalashdan olinadigan pul oqimlari minimallashuvidan qo’rqib, investitsiya va tijorat banklari foiz stavkalarini oshirgan holda bunday mahsulotlarga investorlarni jalb qila boshladi, bu esa (jumladan) uy-joy qurilishi bozorining «qizishiga» olib keldi (2000 yildan 2007 yilgacha ikkinchi darajali kreditlar ulushr 5 dan 36%ga o’sdi). Uy-joy bozorining haddan tashqari qizishi natijasida, ikkinchi darajali kreditlarni qaytarishning rad etilishi, sotishning pasayishi va narxlarning umumiy pasayishi qayd etildi. 2006 yilda ularning asosiy faoliyati ikkinchi darajai ipoteka kreditlari taqdim etishdan iborat bo’lgan banklar yirik miqyosda yopildi. Ipoteka qimmatli qog’ozlari bozorda kamroq ommalashgan bo’lib, bu ko’plab banklarning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko’rsatdi. "Qulashni to’xtatish uchun ular foiz stavkalarini ko’tarishga kirishdilar, ammo bu faqat kreditlar talabi pasayishiga va tuzilmaviy qimmatli qog’ozlar bozori qulashiga olib keldi. Hukumat va u homiylik qiladigan agentliklar sekyuritizatsiyadan uzoqlashdi. 2007 yil Bear Steams ta’minlangan qimmatli qog’ozlardan 1,5 milliard dollardan ortiq zarar ko’rganini e’lon qildi, bu esa strukturali mahsulotlarga bo’lgan talabga putur etkazdi. Shunday qilib, strukturali bitimlar ipoteka inqirozida salbiy rol o’ynadi, ammo unda barcha ta’minlangan qimmatli qog’ozlar ham qatnashmadi. Sekyuritizatsiya sxemalariga ta’minlangan qimmatli qog’ozlar va bank avtokreditlari eng kam (0,3%) jalb qilindi, kredit kartalariga ta’minlangan qimmatli qog’ozlar va talabalar uchun kreditlar biroz ko’proq (0,7% va 1,7%) jalb qilindi. Lizing bitimlari bo’yicha ta’minlangan qimmatli qog’ozlar bilan birgalikda ular AQSh bozorining qimmatli qog’ozlar kapitallashuvining 85 foizini tashkil etdi. Albatta, strukturali qog’ozlarning ipoteka asoslari uchun qarzning asosiy miqdorini to’lash uzoq muddatli ekanligi bilan tavsiflanadi, bu esa risklarning oshishiga olib keladi. Boshqa asosiy vositalar bilan taqqoslaganda, ko’chmas mulkning uzoq muddatli bahosi o’sish sur’atining yuqoriligi bilan tavsiflanadi. Ushbu tendentsiyani hisobga olgan holda, originatorlar ham, investorlar ham ular uchun chiqarilgan vositalarni qadrlashadi. Bundan tashqari, ko’chmas mulk boshqa asosiy aktivlarga nisbatan past likvidlik va bir-birini to’ldirish bilan tavsiflanadi (bu ham tijorat, turar-joy ko’chmas mulkiga tegishli). Xuddi shunday vaziyat mudadti o’tkazib yuborilgan qarzlarning qaytarilishi bilan bog’liq holda ham yuzaga keladi. Shu sababli AQShda moliyaviy inqirozning asosiy omillari qatoirga quyidagilarni kiritish mumkin: • investitsion banklarning faoliyatini tartibga solishdan haddan tashqari liberal yondashuv, • ta’minot sifati past bo’lgan sifatli qimmatbaho qog’ozlarni strukturalash yo’li bilan ko’p miqdorda yaratish: • kredit reytinglariga haddan ortiq darajada ishonish sababli investitsiya risklariga munosib baho bermaslik: • qimmatli qog’ozlar va bitimlarni reytinglash tizimidagi kamchiliklar. Bu va boshqa muammolarni bartaraf qilish maqsadida 2014 yil Fәnni Mey va Freddi Mes o’rnini bosadigan AQSh Ipoteka sug’urtasi federal korporatsiyasi tashkil etish taklif qilindi. Yevropa sekyuritizatsiya bozori an’anaviy ravishda AQShning orqada qolib ketgan – miqyos bo’yicha ham, operatsiyalar sonida ham. 1987 yilda Birlashgan Qirollik tomonidan ipoteka ta’minotiga doir qimmatli qog’ozlar chiqarildi, 1988 yilda aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozlar Frantsiyada, 1990 yil esa – Yevropaning boshqa mamlakatlarida (Ispaniyadan tortib Gollandiyagacha). Shunga qaramay, Yevropa sekyuritizatsiya bozorining rivojlanishi eng yuqori darajasi 2008 yilda kuzatildi, o’shanda 1,2 trillion dollarga teng turli xil vositalar chiqarilgan edi. Sekyuritizatsiya bozori barqaror rivojlanayotgan AQShdan farqli o’laroq, Yevropada uning rivojlanishi bosqichma-bosqich bo’lib o’tdi. Inqirozdan oldingi o’n yil mobaynida ushbu bozorning o’sish sur’ati yillik 40% bo’lib, uning hajmi 15 barobarga oshdi. Inqirozdan keyingi davrda, AQShdagi vaziyatdan farqli o’laroq, Yevropa bozorida aniq ijobiy tendentsiya mavjud edi (3-rasm). boshqalar Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling