Xalqaro moliya bozorida sekyuritizatsiyalash amaliyoti va tendensiyalari Reja
Sekyuritizatsiyalashni amalga oshrish mexanizmi va jarayonda qatnashuvchi asosiy ishtirokchilarning o’rni
Download 0.54 Mb.
|
KURS ISHI Азиза (автовосстановление)
Sekyuritizatsiyalashni amalga oshrish mexanizmi va jarayonda qatnashuvchi asosiy ishtirokchilarning o’rni
Sekyuritizatsiya operatsiyalarini amalga oshirishda turli xil strukturalar ishtirok etadi. Originator, sekyuritizatsiya amalga oshirish uchun maxsus tashkil qilingan yuridik shaxs va investor asosiy strutkturalar hisoblanadi. Originator - jarayonni o’zi o’ylab chiqadi va uni amalga oshirishni taklif qiladi, «pool» uchun mablag’lar to’playdi. Odatda yuridik shaxs, depozitli yoki depozitsiz turdagi institutsional investorni ifodalaydi. Sekyuritizatsiya operatsiyasini amalga oshirish uchun Rossiya ixtisoslashgan adabiyotlarida maxsus maqsadli kompaniya deb ataladigan maxsus mustaqil yuridik shaxs (SPV) yaratiladi. Investorlar - maxsus yuridik shaxs tomonidan chiqarilgan ta’minlangan moliyaviy vositalarni sotib olish orqali o’zining bo’sh pul mablag’larini kiritadi. Odatda bunday qimmatli qog’ozlarga investorlar investitsiya va sug’urta kompaniyalari, pensiya va o’zaro yordam fondlari hisoblanadi. Sekyuritizatsiya jarayonida boshqa strukturalar ham ishtirok etishi mumkin: • qarzdorlar - bu sekyuritizatsiya mexanizmi originatoriga nisbatan debitor bo’lgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Qarzlar bo’yicha mablag’larlar oqimi uzluksizligi uchun javobgarlik aynan ularga yuklanadi, ya’ni ular olgan qarz mablag’larlari sifati sekyuritizatsiya bitimi qimmatli qog’ozlari sifatiga ta’sir qiladi: • xizmat ko’rsatuvchi agent – unga «pool»ga joylashtirilgan aktivlardan pul oqimlari kelib tushadi, u keladigan pul oqimlarini hisobga oladi va amalda sekyuritizatsiya «pool»idan qimmatli qog’ozlarga xizmat qiladi; • ishonchli shaxs – sekyuritizatsiya bitimining o’tish jarayonini nazorat qiladi va investorlar o’rtasida pul oqimlarining taqsimlanishini nazorat qiladi (mos keladigan haq uchun). Originator va agent ishonchli shaxs oldida muntazam ravishda sekyuritizatsiya bitimini, pul oqimlarining hajmi haqida hisobot beradi; • investitsiya maslahatchilari (soliq maslahatchilari, professional buxgalterlar, ixtisoslashgan yuristlar) – sekyuritizatsiya operatsiyasini amalga oshirishda yordam beradi, o’z vakolati doirasidagi masalalar bo’yicha maslahatlar beradi; • reyting agentliklari - ular ishonchlilik darajasiga qarab har xil turdagi ta’minlangan qimmatli qog’ozlarga tegishli kredit reytinglarini beradi. Reyting agentliklari sekyuritizatsiya bitimidan manfaatdor shaxslar qatoriga kirmaydi, shuning uchun qimmatli qog’ozlar bilan ta’minlangan qimmatbaho qog’ozlar ularning sifatini ob’ektiv ravishda aks ettiradi. Ushbu agentliklarning reytinglari asosida investorlar investitsion qarorlar qabul qilishadi; • qo’shimcha ta’minot tashkilotlari – ta’minlangan qimmatli qog’ozlar ishonchliligini oshiradigan institutlar. Odatda, bu bitimga qo’shimcha kafolatlar beradigan depozitli yoki depozitsiz turdagi institutsional investorlardir. O’z navbatida, bunday kafolatlar mavjudligi ta’minlangan qimmatli qog’ozlarning sifati va, mos ravishda, qimmatli qog’ozlarning reytingi oshishiga olib keladi. Bu investorning ushbu moliyaviy vositalarga bo’lgan talabini oshiradi. Qo’shimcha ta’minot beruvchi tashkilotlarga tashqi auditorlar va anderrayterlar kiradi. Tashqi auditorlar - ular amalga oshiradigan funktsiyalarga muvofiq va mustaqil auditorlar sekyuritizatsiya bitimlarini tekshiradilar. Anderrayterlar ta’minlangan qimmatli qog’ozlarni strukturalash, narx shakllantirish va joylashtirish jarayonlarida yordam beradi. Odatda, anderrayterlar funktsiyalarini institutsional investorlar, ko’pincha yirik investitsiya banklari bajaradi. Sekyuritizatsiya bitimning uch bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin.4 Birinchi bosqich – aktivlarni «pul»ga birlashtirish. Har bir sekyuritizatsiya bitimi birlashgan «pul» yaratishdan boshlanadi. Originator sekyuritizatsiyaga yo’naltirilgan aktivlarni joylagan holda ixtisoslashgan portfel shakllantirishadi. Ikkinchi bosqich – maxsus yuridik shaxsning aktivlar «pul»i bilan operatsiyalari. Maxsus tashkil qilingan yuridik shaxs originatordan ajratilgan aktivlar «pul»ini sotib oladi, ular ostida ta’minlangan qimmatli qog’ozlar chiqaradi va ularni moliya bozoriga ilgari suradi. Buning natijasida maxsus yuridik shaxs tomonidan olingan mablag’lar origintorning moliyaviy mulkidan ajratiladi (aloqani yo’qotadi), ya’ni uning moliyaviy muammolari ishonchli qimmatli qog’ozlar stavkalarini ta’sir qila olmaydi, bu esa yanada ishonchli bo’ladi - bu qimmatli qog’ozlarning ishonchliligini oshirishda sekyuritizatsiya foydasi aynan shunda. Uchinchi bosqich – daromad olish. Investorlar o’rtasida taqsimlanadigan daromad maxsus yuridik shaxs qimmatli qog’ozlari uchun ta’minot sifatida xizmat qiladigan aktivlardan pul oqimlari ko’rinishida kelib tushadi. Ushbu mablag’lar investorlarga originator va maxsus yuridik shaxs bilan tuzilgan tegishli shartnomalarda ko’rsatilgan vazifalarning zarurligi va to’liqligiga qarab belgilanib, qimmatli qog’ozlar bilan ishlash jarayonining ishtirokchilariga tayanib komissiyalar shaklida kerakli xarajatlarni qoplashi kerak. Ipoteka bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozlar o’z egalariga qarz oluvchilar ipoteka bo’yicha to’lanishi lozim bo’lgan to’lovlarni to’lashida hosil bo’lgan pul mablag’lari oqimining bir qismini talab qilish huquqini beradi. Ta’minlangan ipoteka qimmatli qog’ozlari uchun aktivlarning asosiy turlari - ipotekaga berilgan ko’chmas mulk, - uy-joy ipoteka qimmatli qog’ozlari uchun (RMBS); ipotekaga berilgan tijorat (yoki ishlab chiqarish) ko’chmas mulki - tijorat ipoteka-qimmatli qog’ozlar uchun (CMBS) uchun. Odatda, ta’minlangan ipoteka qimmatli qog’ozlari bo’yicha foiz stavkasi qayd qilingan bo’ladi. Lekin variantlar bo’lishi mumkin. Qog’ozning foiz stavkasini belgilashga bog’liq ravishda belgilangan foiz stavkasi; o’zgaruvchan foiz stavkasi bo’yicha (u holda yo’lak qiymati cheklovlari o’rnatiladi). Sxema ko’rinishida sekyuritizatsiya mexanizmi va jarayoni 1-rasmda aks ettirilgan. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling