Xorazm ma’mun akademiyasi axborotnomаsi –10/1-2022 1 Ўзбекистон республикаси фанлар
Download 6.69 Kb. Pdf ko'rish
|
Теоретические Воззрения Изобразительного Искусства Как Фактор
Key words: Vertical spindle, traction force of the friction drive, spindle roller, absolute tooth
speed, working gap of the harvester, measurement device, stand. Kirish. 1-rasmda vertikal shpindellarni aylantiradigan friktsion yuritma sxemasi keltirilgan. Aylanayotgan baraban 1 shpindel 2 ni kuchli qisilgan g’o’za tupi joylashgan ishchi zonaga olib kiritadi. G’altak qo’zg’almas tasmalar bo’ylab yumalanish hisobiga shpindelni ω s burchak tezligi bilan aylatiriladi. Shpindel tishi chanoqdagi paxta tomon yo’naltiriladi. ω s miqdori belgilangan meyyorda bo’lishi uchun tasmalarni g’altak 2 ga ma’lum kuch bilan bosib kerakli miqdorda ishqalanish kuchini hosil qiladi, prujina 4 lar taranglashtirilib turadi[1], [2]. Vertikal shpindelli apparat gorizontal shpindelliga nisbatan paxtani terish darajasi bo’yicha doimo birmuncha orqada qolishi ma’lum. Bunday bo’lishiga ko’p sabablar ta’sir qiladi. Ammo, bizning fikrimizcha asosiy sabab-bu vertikal shpindelning friktsiyon yuritmaning gorizontal shpindelning "bikr" (mexanik) yuritmasiga nisbatan kamchiliklaridir. Terish apparatining terish kamerasida shpindel chanoqlardagi paxtani tishlariga ilintirib, keyin chanoqdan paxtani to’liqroq sug’rib olishi, sug’rib olingan piltasimon paxtani o’z ustiga o’rab olishi va eng muhimi shpindelga o’ralgan paxta pilitasini shpindeldan to’liqroq ajratib olishi talab qilinadi. Paxta piltasini chanoqdan sug’rib olishi uchun, birinchi navbatda, shpindel tishi chanoqdagi paxta tolalari orasiga botib, kirib olishi kerak [3], [4]. Shpindel tishi ikki yonli ponasimon ishlaydi. Shu sababli tish absalyut tezligi 𝑉̅ 𝑎 ni yo’nalishi ma’lum chegaralar orasida bo’lishini ta’minlash kerak. Tish absalyut tezligi 𝑉̅ 𝑎 ni yo’nalishini va miqdori uchta tezlik: mashinaning ishchi tezligi 𝑉̅ 𝑚 , baraban o’qi atrofida aylanishi hisobiga oladigan urunma tezlik 𝑉̅ 𝑏 hamda tish bevosita shpindel markazi atrofida aylanishda oladigan chiziqli tezlik 𝑉̅ 𝑠 larning geometrik yig’indisiga bog’liq. 𝑉̅ 𝑚 tezligini yo’nalishi hamda miqdori dalada ishlayotgan mashinada o’zgarmaydi. 𝑉̅ 𝑏 ning miqdori terim vaqtida o’zgarmaydi, chunki baraban burchak tezligi 𝜔 𝑏 va baraban radiusi 𝑅 𝑏 o’zgarmasligi tufayli, 𝑉̅ 𝑏 o’zgarmaydigan bo’ladi. Ammo, shpindelning barabandagi joyiga qarab 𝑉̅ 𝑏 ning yo’nalishi o’zgarib turadi. 𝑉̅ 𝑠 ning miqdori ham o’zgarmas chunki 𝜔 𝑠 bilan shpindel radiusi o’zgarmas bo’ladi. Lekin tishning shpindel sirtidagi joyiga qarab 𝑉̅ 𝑠 yo’nalishi o’zgarib turadi. Shu sababli, yani 𝑉̅ 𝑏 bilan 𝑉̅ 𝑠 larning yo’nalishlari o’zgaruvchan bo’lishi hisobiga 𝑉̅ 𝑚 + 𝑉̅ 𝑏 + 𝑉̅ 𝑠 larning yig’indisi bo’lgan 𝑉̅ 𝑎 ning yo’nalishi bilan miqdori o’zgarib turadi. Shpindelning burchak tezligi uni aylantiradigan friktsiyon yuritma funksiyasiga bog’liq. Yuritma tasmaalarining tarangligini ta’minlaydigan prujinalar “charchab”, tasma tarangligini kamaytirib qo’ysa tasmalarning g’altakka tushradigan bosimi kamaytirish hisobiga, tasma bilan g’altak orasida paydo bo’ladigan ishqalanish kuchi, ya’ni tasmalarning g’altakni tortish kuchi kamayib qoladi. Shunday vaziyatda terish apparatining terish kamera (zona)sida kuchli qisilgan g’o’za tupi shoxlarriga tish tiralish hisobiga qarshilik ko’payishi shpindel burchak tezligini, yani 𝑉̅ 𝑠 ning kamayishiga olib keladi. Natijada tishning absalyut tezligi 𝑉̅ а yo’nalishi o’zgarib[5]–[8], larda keltirilgan 𝛽 burchagi chegaralaridan chetga chqib ketadi, tish paxta tolalari orasiga kirolmaydi. 𝑉̅ а ning miqdori ham ahamiyatga ega. 𝑉 ̅ а yo’nalishi 𝛽 burchagi chegarasida bo’lib, uning miqdori oz bo’lsa, tish tolalar oralig’iga chuqurroq botmaydi, oz miqdordagi tolalarni ilintradigan bo’ladi. Paxta piltasini sug’rishda uning chanoq bilan ishqalanish kuchi nisbatan katta bo’lishi tufayli, ilingan oz tolalar uzilib, pilta chanoqda qolib ketishiga sabab bo’ladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling