Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi
Download 1.42 Mb. Pdf ko'rish
|
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami
1 bosqich: 2016-2020 yillar – tezyurar va katta tezlikdagi harakatning infratuzilmasini
yaratish bo‘yicha quyida keltirilgan dastlabki loyihalarini amalga oshirish: VSM Moskva – Kazan – Yekaterinburg yo‘nalishining Moskva – Kazan uchastkasida; VSM Moskva – Rostov-na-Donu – Adler yo‘nalishining Moskva – Tula uchastkasida; SM Tula – Orel – Kursk – Belgorod; VSM Yekaterinburg – Chelyabinsk; SM Yekaterinburg – Nijniy Tagil; SM Novosibirsk – Barnaul. 2 bosqich: 2021 - 2025 yillar – tezyurar va katta tezlikdagi harakatning mintaqalarni egallab borishi: VSM Moskva – Rostov-na-Donu – Adler yo‘nalishining Rostov – Krasnodar – Adler va Tula – Voronej uchastkalarida; VSM Moskva – Kazan – Yekaterinburg yo‘nalishining Kazan` – Yelabuga uchastkasida; SM Novosibirsk – Kemerovo; SM Yurga – Tomsk; SM Moskva – Krasnoe; SM Kemerovo – Novokuzneck; SM Yekaterinburg – Tyumen; SM Moskva – Yaroslavl; SM Vladimir (VSM-2) – Ivanovo. 3 bosqich: 2026-2030 gg. – tezyurar va yuqori tezlikdagi temir yo‘l yo‘laklarini shakllantirish: VSM Moskva – Sankt-Peterburg; VSM Moskva – Kazan – Yekaterinburg yo‘nalishining Yelabuga – Yekaterinburg; VSM Moskva – Kazan – Yekaterinburg yo‘nalishining Cheboksari – Ulyanovsk – Samara uchastkasida; VSM Moskva – Rostov-na-Donu – Adler yo‘nalishining Voronej – Rostov-na-Donu uchastkasida; CM Stavropol – Nevinnomissk – Mineralnie Vodi Uchinchi bosqich loyihalarini ro‘yobga chiqarish tezyurar va katta tezlikdagi magistrallar tarmog‘ining tayanch asosini shakllantirishni tugallab, Rossiyaning markaziy qismini Volgabo‘yi va Ural bilan yagona yuqori tezlikli temir yo‘l magistrallari tarmog‘iga ulab, bu aholi harakat-lanishi va turmush darajasining yuksalishiga, mamlakatning strategik jihatdan muhim shaharlari integratsiyalashuviga xizmat qiladi. 2009 yilning 17 dekabrida Moskva – Sankt-Peterburg yo‘nalishida «Sapsan» yuqori tezlikli elektr poyezdining muntazam harakati yo‘lga qo‘yildi (12-rasm).Bugungi kunda ishlab turgan «Sapsan» poyezdi harakatlanadigan Moskva-Peterburg trassasini shartli ravishda tezyurar trassa deb e`tirof etish lozim, chunki u sho‘rolar davridan qolgan yo‘l xo‘jaligining qisman yangilangan, modernizatsiyalangan merosi bo‘lib keladi. Shunga bog‘liq ravishda, nemis kompaniyasi tomonidan tayyorlangan, 350 km tezlikda qatnay oladigan Siemens poyezdi faqat bitta uchastkadagina soatiga 250 km tezlikda harakatlanadi. Harakatning o‘rtacha tezligi esa – 140 km/s. Ikki poytaxtning biridan ikkinchisiga yetib olish uchun ketadigan minimal vaqt 3 soat 45 daqiqaga teng..2010 yilning yozida Moskva – Nijniy Novgorod marshruti bo‘ylab «Sapsan» poyezdida yuqori tezlikli qatnov yo‘lga qo‘yildi (yo‘ldagi minimal vaqti 3 soat 55 daqiqa).2010 yilning 12 dekabrida esa Sankt-Peterburg — Xelsinki marshrutida «Allegro» poyezdining tezyurar harakati ochildi.Shu kunga qadar Rossiyada yuqori tezlikli poyezdlardan foydalanish ishlab turgan temir yo‘l liniyalarida yo‘lga qo‘yilib keldi. O‘tgan davr mobaynida buning bir qator jiddiy kamchiliklari mavjudligi ham aniqlandi: yuqori tezlikli poyezd o‘tganidan so‘ng yo‘ldagi chayqalmalar (viplesk), shahar atrofida va uzoq yo‘lga qatnaydigan poyezdlarni o‘tkazib yuborish imkoni yo‘qligi, ta`mirlash maqsadida katta mablag‘ sarflanishi va h.k. Shu sababli ajratilgan alohida liniyalar qurish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.Rossiyada Moskva – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi dastlabki ajratilgan (alohida) yuqori, soatiga 400 km gacha tezlikli temir yo‘l loyihasini ro‘yobga chiqarishda asosiy e`tibor texnika va materiallarni Rossiya Federatsiyasi hududining o‘zida ishlab chiqarishga qaratilgan. Bugungi kunlarda Rossiyada ana shu kabi magistrallarni qurish va ulardan foydalanish uchun me`yoriy bazani shakllantirish ishlari olib borilmoqda. Mamlakatda 400 km gacha va undan katta tezliklarda harakatni uyushtirish bo‘yicha hozircha tajriba yo‘qligi sababli loyihani amalga oshirishda jahondagi bu soha yutuqlari hisobga olinib, eng zamonaviy texnologiya-lardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling