Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

6. Germaniya 
Germaniyada deyarli barcha yirik shaharlar bir-biri bilan tezyurar liniyalar bilan 
ulangan bo‘lib, bu kabi yuqori tezlikdagi harakat uchun yangi yo‘llar qurish bilan birga eski 
temir yo‘llar ham modernizatsiya qilinmoqda. InterSity-Express yoki ICE (9-rasm) — 
asosan Germaniyada tarqalgan, Deutsche Bahn kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan 
tezyurar poyezdlar tarmog‘i.InterSity-Express poyezdlarining zamonaviy avlodi, ICE 3 
poyezdi, Siemens AG va Bombardier kompaniyalari tomonidan birga, Siemens AG ning 
umumiy rahbarligi ostida ishlab chiqildi. ICE poyezdlari uchun maxsus qurilgan temir yo‘l 
tarmog‘i uchastkalaridagi ularning maksimal tezligi soatiga 320 km ga etadi. Tarmoqning 
standart uchastkalarida ICE tezligi o‘rtacha 160 km/s ni tashkil etadi. ICE poyezdi soatiga 
230 km dan katta tezlikda harakatlana oladi, uchastkalar uzunligi 1200 km ga teng.ICE 
poyezdi Nemis temir yo‘llari (Deutsche Bahn) tomonidan taqdim etiladigan, uzoq 
masofaga qatnaydigan poyezdlarning asosiy tipi hisoblanadi. Ular maksimal tezlikka 
erisha olishidan tashqari yo‘lovchilar uchun maksimal darajadagi shinamlik va qulaylikni 
ham taqdim eta oladi. ICE poyezdlari Siemens AG koncerni tomonidan Siemens Velaro 
umumiy savdo markasi ostida o‘zining yuqori tezlikli poyezdlar turkumini taraqqiy ettirishi 
uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Velaro loyihalari, xususan, Ispaniya va Xitoyda ro‘yobga 
chiqarildi. Bu poyezdlar shuningdek Moskva – Sankt-Peterburg va Moskva – Nijniy 
Novgorod tezyurar liniyalarida ishlatish maqsadida Rossiyaga ham yetkazib 
beriladi.Germaniyada yuqori tezlikli magistrallarning dastlabki liniyalarida ballast prizmasi 
ustidagi yer polotnosini ma`qul deb topilgan edi. Ammo keyinroq ko‘p sonli tonnellar va 
boshqa sun`iy inshootlari bo‘lgan yo‘lni to‘g‘rilash muammosiga duch kelinganidan so‘ng 
qattiq asosga o‘rnatilgan temir yo‘l yuzasidan ko‘plab tadqiqotlar va sinovlar o‘tkazildi. 
Natijada nemis mutaxassislari tomonidan mahalliy sharoitlardan kelib chiqqan holda 
muayyan tuzatishlar kiritilgan yapon tipidagi yuqori qurilmadan foydalanish maqsadga 


muvofiq deb topildi. 
7. 
Buyuk Britaniya
 
Tezyurar temir yo‘llar (harakat tezligi soatiga 200 km dan tez) ilk marotaba Buyuk 
Britaniyada 1970-yillarda, British Rail davrida paydo bo‘ldi. Kompaniya o‘sha paytda ikki 
yo‘nalishda tadqiqotlar olib bordi: kuzovi qiyalanadigan poyezdlar texnologiyasini 
taraqqiy ettirish va oddiy tezyurar dizel poyezdlar ustida ishlash. British Rail Class 252 
teplovozlar uchun jahon rekordiga, ya`ni soatiga 230,4 km erishganligiga qaramay, biroq 
tarkiblar standart tashishlarda soatiga bor-yo‘g‘i 201 km (125 mil`/s) cheklangan tezlikda 
harakatlanib, asta-sekin mamlakat asosiy temir yo‘l li-niyalarida ham paydo bo‘ldi. 
Keyinroq InterCity 125 ko‘rinishida rebren-ding ham qilindi. Britaniya temir yo‘llari 
elektrlashtirilganidan so‘ng mam-lakat temir yo‘l tezyurar tashish sohasi soatiga 225 km 
gacha tezlik bilan harakatlanish uchun mo‘ljallangan, shu sababli InterCity 225 brendiga 
ega bo‘lgan British Rail Class 91 bilan to‘ldirildi. Biroq vaqt o‘tishi bilan bu poyezdlar tezligi 
ham xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib chiqib soatiga 201 km gacha kamatirildi. British Rail 
ning ana shu yo‘nalishini rivojlan-tirishga bo‘lgan so‘nggi intilishi – 1990-yillarda West 
Coast Main Line uchun ishlab chiqilgan, keyinroq bekor qilingan InterCity 250 loyihasi 
bo‘ldi.Britaniyada soatiga 300 km gacha sur`at bilan harakatlanadigan yuqori tezlikli 
poyezdlar birinchi marta Yevrotonnel temir yo‘lida (bugungi kunda High Speed 1 nomi 
bilan tanilgan) ishlatilib, bu loyihaning dastlabki fazasi 2003 yilda ishga tushirilgan edi. 
Liniyada Yeurostar British Rail Class 373 poyezdlari qatnab turibdi.Xususiylashtirishdan 
keyingi davrda West Coast Main Line liniyasida tezlikni soatiga 225 km ga chiqarish rejalari 
bekor qilingan bo‘lsa ham, biroq kuzovi egiladigan, ana shu tezliklar uchun ishlab chiqilgan 
British Rail Class 390 Pendolino poyezdlari qurilib, 2002 yilda foydalanishga topshirildi, 
ular soatiga 201 km darajada cheklangan tezlik bilan qatnamoq-da. Shuningdek 
mamlakatning boshqa marshrutlari ham 2000 dan 2005 yilga qadar British Rail Class 180 
Adelante va Bombardier Voyager[en] (220, 221 va 222 toifalari) turkumi poyezdlarini 
foydalanishga topshirish bilan asta-sekin ishga tushirilib, ular tezligi ham yuqoridagi 
ko‘rsatkichga yetkazildi.Dastlabki British Rail Class 395 qurilganidan so‘ng qisman High 
Speed 1 yo‘llarida, qisman esa qolgan temir yo‘llar tarmog‘ida foydalanish uchun, 2009 
yilning dekabrida soatiga 201 km dan tez (taxminan 227 km/s) harakatlanuvchi, 2012 yilgi 
Yozgi Olimpiya o‘yinlari davrida maxsus Olympic Javelin olimpiya yo‘nalishida qatnaydigan 
birinchi ichki marshrut paydo bo‘ldi. Bu marshrutlarga Southeastern xizmat ko‘rsatadi.Bir 
necha tadqiqotlar va maslahatlashuvlardan keyin Buyuk Britaniya hukumati High Speed 
2[en] loyihasi to‘g‘risida e`lon qilib, loyihaning amalga oshirilish imkoniyatlarini tahlil 
qilish, marshrutni belgilash va moliyaviy ta`minot manbalarini izlash maqsadida 
kompaniya tashkil qildi. Ushbu loyiha noldan boshlab qurilganligi, Maglev emas, balki 
oddiy tezyurar poyezddan foydalanadigan West Coast Main Line ga tushadigan yukini 
engillatish maqsadida Londondan Xitrou orqali G‘arbiy Midlendga qarata qurilgan, 
poyezdlari yuqori tezlikda harakatlanadigan liniya ekanligiga asoslangan. Harakatlanuvchi 
tarkib shu bilan birga zarur hollarda hozirdagi mavjud Network Rail yo‘llaridan ham 
foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishi shart. High Speed 1 tezyurar liniyasi — London va 


Yevrotunnel orasidagi, uzunligi 108 kilometrga teng, Kent grafligi hududidan o‘tgan 
tezyurar temir yo‘l liniyasi. Liniya aslida Buyuk Britaniya va qit`a, ya`ni Yevropa o‘rtasida 
yo‘lovchilar va yuklarni tashish maqsadida qurilgan bo‘lib, biroq London va Kent grafligi 
shaharlari orasida ichki tashish maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Eurostar yo‘lovchi 
tashiydigan poyezdi (10-rasm) liniyaning Angliya hududidagi uchastkasida soatiga 300 km 
tezlikka erishib, bu London va Parij o‘rtasidagi yo‘lni 2 soat 15 daqiqada bosib o‘tish 
imkonini yaratdi. TGV TMST (fransuzcha tasnifi, fr. TransManche Super Train – La-Mansh 
orqali qatnaydigan oliy darajadagi poyezd) yana bir nomi British Rail Class 373 (britancha 
tasnifi), shuningdek Buyuk Britaniya, Fransiya va Belgiya orasida La-Mansh ko‘rfazi tagidan 
o‘tgan tonnel orqali qatnay-digan Yeurostar yuqori tezlikli magistralga xizmat ko‘rsatish 
uchun mo‘l-jallangan yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektr poyezd sifatida 
ma`lum.Buyuk Britaniya hududida ishlatilayotgan barcha motorvagon poyezdlar orasida 
«Eurostar» eng uzun va eng tez poyezd hisoblanadi.Umuman olganda esa Yevropa 
Ittifoqining ekspertlari qayd etishlari-cha, so‘nggi paytlarda Yevropada yuqori tezlikli 
magistrallarning rivojla-nish sur`atlari biroz sustlashdi. Xususan, Fransiyada jami bo‘lib 
500 km dan ko‘proq uzunlikdagi yuqori tezlikli liniyalar qurilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, 
Germaniyada – 400 km ga yaqin, Italiyada esa undan ham kam – taxminan 125 km. Bu 
asosan tezyurar temir yo‘l avtomobil transportida yo‘lovchi tashiydigan va nisbatan sekin 
qatnaydigan poyezdlardan mijoz-larini o‘ziga jalb etgani bilan, biroq yo‘lovchilarga 
ko‘rsatiladigan ko‘plab an`anaviy xizmatlardan voz kechish hisobiga o‘ta arzon narxlar 
taqdim etgan loukost-aviakompaniyalardan hamon ortda qolayotganligi bilan bog‘liq. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling