Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Tezyurar va katta tezlikdagi harakatni jahon temir yo‘llarida tatbiq etish tajribasi


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

Tezyurar va katta tezlikdagi harakatni jahon temir yo‘llarida tatbiq etish tajribasi
 
Tezyurar (yuqori tezlikdagi) magistrallarni rivojlantirish g‘oyasi XXI asrda butun 
olamni egallab oldi. Katta tezlikda harakatlanuvchi qatnovni tashkil etish yordamida aholi 
mobilligini oshirish ahamiyatini birinchi bo‘-lib Yaponiyada anglab etdilar. Tez orada 
jarayonga Yevropa mamlakatlari ham qo‘shildilar. Bugunga kelib tezyurar (yuqori 
tezlikdagi) magistral-larning naqadar muhimligi to‘g‘risida AQSh, Hindiston, Birlashgan 
Arab Amirliklari kabi mamlakatlarda ham o‘ylanib qoldilar. Bunda har bir mamlakat o‘z 
yo‘lidan bormoqda: ba`zilar tezlikni oshirishga e`tibor qaratsalar, boshqalari 
infratuzilmani kengaytirish bilan mashg‘ullar. Tezyurar (yuqori tezlikdagi) poyezdlarning 
muntazam qatnovi birinchi bor 1964 yili Yaponiyada, 1980 yildan Fransiyada, 1984 yildan 
Italiyada yo‘lga qo‘yildi. Ana shu mamlakatlar bilan birga Germaniya va Ispaniyada 
tezyurar (yuqori tezlikdagi) harakatlanish milliy tizimlari mahalliy tezyurar 
harakatlanuvchi tarkibga asoslangan bo‘lsa, qator boshqa mamlakatlar, shu jumladan 
O‘zbekistonda ham, xorijda ishlab chiqarilgan poyezdlardan foydalaniladi. Bugungi kunda 
Yevropaning g‘arbiy qismini Eurostar va Thalys tezyurar (yuqori tezlikdagi) yagona temir 
yo‘l tarmog‘i birlashtirib turibdi. Yuqorida aytilgani kabi, poyezdlar uchun tezlik bo‘yicha 
jahon rekordi - 574,8 km/s – 2007 yilning 3 aprelida Fransiyaning TGV POS poyezdi 
tomonidan o‘rnatildi. Bu rekord hozirgi kunda ham amalda. XXI asr boshida Xitoy tezyurar 
(yuqori tezlikdagi) liniyalar tarmoqlari orasida jahonda yetakchi o‘ringa chiqib, shu bilan 
birga dastlabki munta-zam qatnaydigan tezyurar «Maglev» (magnit “yostig‘idagi” 
poyezdlar) foydalanuvchisiga ham aylandi. Tezyurar harakatdan farqli o‘laroq, yuqori 
tezlikdagi harakat uchun rekonstruksiya qilingan oddiy relslar emas, balki maxsus qurilgan 
temir yo‘llar qo‘llanadi. Bunda 2016 yil holatiga kelib jahonda ishlab turgan tezyurar 
magistrallarning umumiy uzunligi 35 ming km ortiq temir yo‘llarni tashkil etar ekan (5-


jadval).Quyida Yaponiya, Xitoy, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, 
Janubiy Koreya, Rossiya, O‘zbekiston va AQSh temir yo‘llarida tezyurar va katta tezlikdagi 
harakatni tashkil etish bo‘yicha ma`lumotlar berilgan. 
Foydalanishda yoki qurilish bosqichidagi tezyurar temir yo‘l liniyalari 
Mamlakat
Foydalanishda (km) 
Qurilish bosqichida 
(km) 
Umumiy uzunligi 
(km) 
Avstriya 
292 
210 
502 
Belgiya 
209 

209 
Buyuk Britaniya 
1337 

1377 
Germaniya 
1334 
428 
1762 
Daniya 

60 
65 
Ispaniya 
3100 
1800 
4900 
Italiya 
923 
125 
1048 
Xitoy 
19366,8 
16280 
35269,8 
Koreya 
819 
585 
1404 
Marokash 

200 
200 
Norvegiya 
64 
54 
118 
Niderlandiya 
120 

120 
Polsha 
82 
322 
407 
Rossiya 
1496 

1496 
AQSh 
362 
483 
845 
Tayvan 
345 

345 
Turkiya 
1420 
1506 
2926 
O‘zbekiston 
600 
400 
1000 
Fransiya 
2036 
757 
2793 
Shveytsariya 
80 
57 
137 
Yaponiya 
2664 
782 
3446 
 
1. Yaponiya 
Birinchi bo‘lib tezyurar harakatni tatbiq etish bilan birga o‘z temir yo‘llarini 


rekonstruksiya qilish muammosini hal qilishga yaponiyaliklar kirishdilar. Bu o‘tgan asrning 
50-yillar oxirida ro‘y berib, 1964 yilgi Tokio olimpiadasi arafasida o‘tkazilgan zarur chora-
tadbirlardan biri edi. Bu harakatlar, birinchi navbatda, Yaponiya temir yo‘llari, arxaik va 
texnik jihatdan qoloqligi bilan bog‘liq edi. Koleya eni jami bor-yo‘g‘i 1067 mm ni tashkil 
etib (Yevropada – 1435 mm, MDH mamlakatlarida - 1520 mm), yo‘llar esa ancha eyilib 
ishdan chiqqan, lokomotivlar parki eskirgan edi. O‘ta qisqa muddat, ya`ni besh yarim yil 
ichida yaponiyaliklar Tokio va Osakani bir-biri bilan bog‘lagan keng koleyali, uzunligi 552 
kilometr bo‘lgan tezyurar «Sinkansen» liniyasini qurdilar (3-rasm). Dastlabki Tokio — 
Osaka VSM liniyasi yaratilishi bilan tezyurar temir yo‘l transportining boshlang‘ich 
konceptual sxemasi tubdan o‘zgardi: tezyurar magistrallar bugungi ko‘rinishda, ko‘pchilik 
temir yo‘llardan farqli ravishda, bu yo‘lovchilarni qat`iy belgilangan yo‘laklar bo‘ylab 
ommaviy tashish uchun mo‘ljallangan, tor ixtisoslashgan magistrallar hisoblanadi. 
Tezyurar magistrallardan yuk (pochta) tashish maqsadlarida foydalanishga urinishlar 
sonini hozircha qo‘l bilan sanash mumkin. Bu yerda dunyoda birinchi marta relslarni 
ulamasiz yotqizish texnologiyasi qo‘llandi: ular kilometrli uzluksiz iz(plet)larga 
payvandlanib, shunday ko‘rinishda yotqizish joyiga etkaziladi. Dunyodagi birinchi Tokio — 
Osaka tezyurar magistralida 53,3 kg/pog. m dan iborat relslardan tashkil topgan, 
temirbeton shpalali va yer polot-nosidagi ulamasiz yo‘l yotqizildi (keyinroq 60 kg/pog.m 
bo‘lgan relslarga almashtirildi). Katta tezliklarda an`anaviy konstruksiyali yo‘lni saqlashga 
ketadigan katta xarajatlar yaponiyalik mutaxassislarning qaroriga jiddiy ta`sir ko‘rsatdi – 
ular ballast prizmasi o‘rniga qattiq (plitali) asos qo‘llab, yangi tezyurar liniyalarda yer 
polotnosidan butkul voz kechishga qaror qil-dilar. Yaponiyaning yangi katta tezlik 
magistrallarida sun`iy inshootli uchastkalar ulushi 100% yaqinlashgani ham bu qarorga 
bevosita ta`sir ko‘rsatdi.Tabiiyki, katta tezlikdagi magistrallarda o‘tish joylari bo‘lmay, bu 
maq-sadda yuzdan ortiq ko‘prik va tonnellar qurishga to‘g‘ri keldi. «Sinkan-sen»da butkul 
yangicha poyezd turi ishlatilib, u jurnalistlarning iborasi bi-lan aytganda «poyezd-o‘q» deb 
nom oldi. Poyezdda lokomotivning o‘zi yo‘q, ya`ni dvigatel har bir g‘ildirak o‘qida 
o‘rnatilgan bo‘lib, bu uning quvvatini ancha ko‘paytirish imkonini beradi.1964 yili 
poyezdlar Tokio va Osaka orasida soatiga 210 km tezlik bilan qatnardi. Bugungi kunda 
«Nodzomi» N-700 elektr poyezdi 552 km maso-fani 2 soat 25 daqiqa ichida bosib o‘tib, 
bir soatda 300 km ga qadar tezlikka erishdi. Hozirga kelib Yaponiyaning barcha yirik 
shaharlarini bir-biri bilan bog‘lagan «Sinkansen» - eng keng tarqalgan transport turi. 
Ertalab va kechki vaqtda olti daqiqa oraliq bilan qatnaydigan «Sinkansen» poyezdlari 
so‘nggi 50 yil foydalanish davrida deyarli 7 milliard yo‘lovchini manziliga etkazib qo‘ygan. 
1982 yili yana ikki liniya ishga tushirildi. Ularda tezliklar soatiga 240 km ga, uchastkalardan 
birida esa hatto 300 km ga ham etadi. 1998 yili Naganoda o‘tkazilgan XVIII qishki 
Olimpiada o‘yinlari arafasida 300 kilometr uzunlikdagi tezyurar magistral keltirildi. 
Bugungi kunda liniyalarning umumiy uzunligi 2 ming km dan ko‘p. Maksimal harakatlanish 
tezligi - 300 km/s. Yaponiyada ishlatiladigan magnit osmasidagi JR-Maglev poyezdlarini 
(«Maglev», 4-rasm), ular polotno ustida 1,5 sm balandlikda muallaq hara-katlanishiga 
qaramay, shartli ravishda temir yo‘l transporti qatoriga kiritish mumkin.
 


Bu transport turi ustidagi ishlar Yaponiya temir yo‘l texnikasining tadqiqotchilik 
instituti (Japan Railway Technical Research Institute) Japan Railways operatori bilan 
birgalikda, 1970-yillardan boshlab olib borilgan. Hozirga kelib Yamanasi prefekturasida 
sinov uchastkasi qurilgan bo‘lib, unda 2015 yilning 21 aprelida Sinkansen L0 
modifikatsiyali tajriba tarkibi temir yo‘l transporti uchun mutlaq tezlik rekordini o‘rnatdi 
— 603 km/s. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling