Yuqori tezlik magistrallarini ishlatish tajribasi


Tezyurar va katta tezlikdagi temir yo‘l liniyalari infratuzilmasiga qo‘yiladigan


Download 1.42 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/24
Sana04.02.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1161506
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
Bog'liq
Ertagangngi fandan maruzalar to\'plami

Tezyurar va katta tezlikdagi temir yo‘l liniyalari infratuzilmasiga qo‘yiladigan 
umumiy talablar 
 
Tezyurar va katta tezlikdagi liniyalarning infratuzilmasiga qo‘yiladigan talablar yuksak 
darajadagi xavfsizlik, umuman yo‘l konstruksiyasi va uning elementlari ishining 
ishonchliligi, yo‘lovchilarning safar davomidagi qulayligi, atrof muhitga minimal zarar 
yetkazish kabilarni ta`minlash zarurati bilan belgilanadi.Ko‘rib chiqamiz – tezyurar va 
yuqori tezlikdagi temir yo‘l liniyalari in-fratuzilmasiga qo‘yiladigan umumiy talablarni 
ishlab chiqish va qabul qi-lish borasida Yevropa Ittifoqi (ES) mamlakatlari so‘nggi o‘n yillik 
davo-mida qaysi yo‘ldan bormoqdalar. Umuman temir yo‘l harakatining, hamda, tezyurar 
temir yo‘l harakatini tashkil etish me`yoriy bazasini birxillash-tirish (unifikatsiya) ES 
mamlakatlari temir yo‘l transporti faoliyatidagi eri-shilgan sezilarli yutuqlardan biri bo‘lib 
qoldi. Yevropa komissiyasi tezyu-rar temir yo‘l qatnovini joriy qilishdagi qurilmalarning 
texnik mutanosib-ligi (uyg‘unligi) bo‘yicha hujjatlar turkumini tasdiqladi va chop 
ettirdi.Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida tezyurar magistrallarini loyihalashti-rish, qurish, 
ulardan foydalanish va xizmat ko‘rsatishga oid me`yor va qoidalarni ishlab chiqish uchun 
asos bo‘lib 1996 yilning 23 iyulida 96/48/EC-raqam ostida qabul qilingan «Trans Yevropa 
tezyurar temir yo‘l tizimlarining foydalanish (ekspluatatsiya) uyg‘unligi (совмецимость) 
to‘g‘risidagi» /4/ Ittifoq Direktivasi (qonuni) xizmat qiladi.Mazkur Direktivani qabul 
qilishdan maqsad Yevropa tezyurar temir yo‘l tarmog‘ining uni loyihalashtirish, qurish, 
muntazam ravishda foyda-lanishga kiritish va foydalanish(ekspluatatsiya)ning turli 


bosqichlarida uning uyg‘unligiga erishishdan iborat.Direktiv qoidalar komponentlar
interfeyslar va amaliyotlarning temir yo‘l tarmog‘i uyg‘unligi (moslashuvchanligi)ni 
ta`minlash va kafolatlash uchun zarur va adekvat bo‘lgan ko‘rsatkichlariga oid. Tarmoq 
infra tuzilma yig‘indisi, statsionar qurilmalar va harakatlanuvchi tarkibdan, shuningdek 
ularga xizmat ko‘rsatish me`yor va qoidalaridan iborat bo‘lgan tizim sifatida 
belgilanadi.Direktivada aytilishicha, ES a`zolari bo‘lgan mamlakatlar Yevropa tez-yurar 
(katta tezlikdagi) temir yo‘l tarmog‘ining uyg‘unligini (mutanosibli-gini) ta`minlash uchun 
hujjatda bayon etilgan barcha talablarga rioya qili-shi shart.Xavfsizlik, ishonchlilik, inson 
sog‘lig‘i, atrof muhit muhofazasi va foydalanishning texnik mutanosibligini ta`minlaydigan 
talablar umumiy ko‘rinishda III Ilovada belgilab berilgan /4/.Direktiv qoidalar har bir kichik 
tizimning asosiy elementlarini qamrab olgan «Ekspluatatsiya (foydalanish) mutanosiblik 
(uyg‘unlik) texnik shart-lari» (Technical Specification for Interoperability– TSIs) shaklida 
bayon etilgan. Ularda shuningdek qaysi komponentlar mutanosiblik (uyg‘unlik) nuqtai 
nazaridan kritik ekanligi belgilab berilgan. 2004 yilda TSIs me`yor va talablari ishlab 
chiqilishi va qayta ko‘rilishi uchun javobgar bo‘lgan Yevropa temir yo‘l agentligi (Yeropean 
Railway Agency) yaratildi.Direktiva uch bosqichli tuzilmaning asosini tashkil qilib, u o‘z 
ichiga quyidagilarni oladi: 
‒ Yevropa yuqori tezlikdagi magistrallar tizimiga taqdim etiladigan asosiy talablarni o‘z 
ichiga olgan Direktivani; 
‒ Direktivada bayon etilgan amaliyotlarga muvofiq qabul qilinishi kerak bo‘lgan 
moslashuvchanlik(uyg‘unlik)ka qo‘yiladigan asosiy talablar (TSIs); 
‒ Yevropa standartlashtirish tashkilotlarining barcha boshqa tegishli hujjatlari: CEN, 
CENELEC i ETSI3. 
Transyevropa tezyurar tarmog‘i ko‘plab kichik tizimlarga bo‘lingan bo‘lib, ularning 
faoliyati va o‘zaro birgalikdagi ishi alohida qoidalar yorda-mida ta`minlanadi. Shu 
jumladan Yevropa Ittifoqi a`zosi bo‘lgan davlat-larni ham uning kichik tizimlari qatoriga 
kiritish mumkin.Direktiva shu bilan birga azon davlatlar, uskunalarni ishlab chiqaruvchi 
tashkilotlar va vakolatli organlarning vazifalari va vakolatlari taqsimotini amalga 
oshiradi.Direktiva yuqori tezlikdagi magistrallar texnik jihozlarining texnik mu-vofiqligiga 
(interoperabelliligiga) qo‘yiladigan talablarning talab darajasi-da bajarilishiga oid 
muayyan tafsilotlarni, ularning EK hududida foyda-lanishga kiritishga ruxsat etish 
amaliyotini va zarur talablar va TSIs ga muvofiq EK deklaratsiyasini tekshirish amaliyotini, 
shuningdek vakolatli organlar roli va ular orasidagi hamkorlikni bayon etib, tushuntirib 
beradi.Maslahat qo‘mitasi Direktivani amalga oshirish va qo‘llash bilan bog‘liq har qanday 
msalalar bo‘yicha Qo‘mitaga ko‘maklashadi.O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarida, 
Yevropa Ittifoqi mamla-katlaridagi mavjud bo‘lgan, tezyurar (katta tezlikdagi) 
magistrallardan foydalanish uchun mo‘ljallangan texnologiyalar, uskunalar va 
asboblardan to‘liq hajmda yoki qisman foydalanish faqat 96/48/EC Direktivasi va uning 
asosida yaratilgan hujjatlarga O‘zbekistonda amaldagi shunga o‘xshash me`yoriy hujjatlar 
muvofiq kelganidagina mumkin bo‘ladi.Qayd etish lozimki, ES tarkibiga kirmagan, ammo 
tezyurar magistral-lari bo‘lgan: Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, AQSh, Xitoy kabi mam-
lakatlarda tezyurar magistrallar, ularning komponentlari va qurilmalarini ishlab chiqish, 


loyihalashtirish, qurish, ishlab chiqarish, foydalanish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarini 
ta`minlaydigan o‘z me`yoriy bazalari ishlab chiqilgan va amal qilmoqda. Yaponiya va AQSh 
da ushbu me`yoriy baza mustaqil ishlanmalar natijasida shakllangan bo‘lib, ba`zi 
masalalarda ES me`yorlaridan farq qiladi. Janubiy Koreya tezyurar magistrallarni 
Fransiyaning, Tayvan esa Yaponiyaning ta`sirida yaratgan bo‘lsa, Xitoy tezyurar temir yo‘l 
harakati sohasidagi bir necha yetakchi mamlakatlar tajribasini muvaffaqiyat bilan jamlab, 
o‘z sharoitlariga moslashtirdi.O‘zbekistonning qator davlat tuzilmalari va «O‘zbekiston 
temir yo‘l-lari» AJ mutaxassislari hozirgi kunda EK va boshqa mamlakatlar yuqori tezlikli 
temir yo‘l transporti me`yoriy bazasini o‘rganib, asosiy kompo-nentlarini texnik jihatdan 
ilg‘or mamlakatlarda qo‘llanadigan baza bilan qiyoslash mumkin bo‘lgan mahalliy 
me`yoriy bazani yaratmoqdalar.O‘zbekiston Respublikasida jahon tajribasini o‘rganish va 
tahlil qilish asosida, shuningdek Rossiya Federatsiyasi tezyurar va katta tezlikdagi 
magistrallarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish me`yoriy bazasiga 
asoslangan holda quyidagi me`yoriy hujjatlar ishlab chiqildi va amal qilmoqdalar: 
‒ VSN 448-N «Yuqori tezlikdagi Toshkent – Samarqand temir yo‘l liniyasi infratuzilmasi. 
Umumiy texnik talablar» /5/ idoraviy texnik ko‘rsatmalar; 
‒ VSN 450-N «Loyihalashtirish va qurish bo‘yicha idoraviy texnik ko‘rsatmalar. 1520 
mm li temir yo‘l koleyasi» /6/; 
‒ VSN 354-N «1520 mm koleyali temir yo‘l yer polotnosini loyihalashtirish bo‘yicha 
idoraviy texnik ko‘rsatmalar» /7/. 
Bu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasida tezyurar va katta tezlikdagi harakatni tashkil 
qilishning asosiy me`yoriy bazasi bo‘lib xizmat qiladi. 

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling