‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
shakllantirishni ta ’minlovchi metodlar.
Metodlaming bu guruhiga leksiya, talabalaming mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo'yicha ishlar, ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatish, maslahatlar, ko'rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallami idrok etish va boshqalar kiradi. 2. Bilimlami tatbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko'nikmalami hosil qilish hamda e ’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laboratoriya m ashg'ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, programmalashtirilgan o'qituv kabinetlaridagi mashg'ulotlar va ishlab chiqarish amaliyoti kiradi. 3. Bilimlar, e ’tiqodlarni shakllantirish va talabalaming kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, koilogiumlar, suhbat o'tkazish, kurs vadiplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Bu tasnif konkret materiallar imkoniyatlarini belgilovchi eng muhim sifatlar asosiga qurilgan. Birinchi guruhdagi shunday sifatlarga bilimlami idrok qilish va o'zlashtirish, ikkinchi guruhga — tatbiq etish va mustahkamlash, uchinchi guruhga esa — attestatsiya va bilimlarni aniqlash taalluqlidir. Oliy maktabdagi o'qitish metodlari tizimiga quyidagi talablar qo'yiladi: • metodlar tizimi ta’limiy funksiyaga ega bo'lishi lozim. Bu didaktik maqsadlar va o'qitish vazifalariga erishishning eng qulay usulidir; • metodlar tizimi tarbiyalov-takomillashuvfunksiyasiga ega bo'lishi lozim. Bunda talabalaming mustaqil ishlari, vazifalari, ulaming ishga ijodiy yondashuvi hal qilinadi, talabalaming shaxsiy sifatlari, bilim, malaka va ko'nikmalar egallashga bo'lgan ehtiyojlari shakllanadi hamda ulaming diqqati, irodasi, hissiyoti, xotirasi, tafakkuri o‘sadi. Eng jiddiy didaktik muammolardan biri ta’lim metodlarini tanlash nimaga bog'liq degan masaladir. Didaktikaga oid adabiyotlarda o'qitish metodlarining quyidagi bog'liqliklari qayd qilinadi: • birinchidan, o'quv mashg'ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bogliq; • ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog'liq; • uchinchidan, ta’lim oluvchilaming bilimi va rivojlanish darajasiga bog'liq; • to'rtinchidan, o'quv jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog'liq; • beshinchidan, oliy o'quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bogliq; • oltinchidan, o'quv jarayonining moddiy-texnik ta ‘minoti bilan bog'liq; • ytttinchidan, o'qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o'quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o'qituvchining hozirgi zamon metodlari bo'yicha bilimlariga bog'liq. Shunday qilib, oliy maktabdagi o ‘quv jarayoni, o'qitishning shakl va metodlarida tashkil etiladigan ko'pqirrali yaxlit tizim doirasida amalga oshiriladi. Bunda har bir shakl o'z oldiga qo'ygan vazifalami bajaradi, lekin shakl va metodlar to'plami yagona didaktik majmuani (kompleksni) hosil qiladi. Didaktik majmuaning amalga oshirilishi esa, o'quv jarayonining psixologik- pedagogik qonuniyatlari bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalaming o'quv-bilish faoliyatini jonlantirish, o'quv jarayoniga yangi texnologiyalami tatbiq etishga xizmat qiladigan o'qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iboratdir. 1.4. Bilish faoliyati to'g'risida sharq mutafaUdrlarining ilmiy-pedagogik qarashlari Oliy maktabdagi ta ’lim mazmunini qayta qurish, mutaxassislar tayyorlashning yangi, samarali shakllarini izlab topish bevosita talabalaming bilish faoliyatini jonlantirish bilan bog'langandir. Hozirgi davrda talabalarning bilish faoliyatini jonlantirish muammosi o'z mohiyatiga ko'ra falsafa, sotsiologiya, pedagogika, psixologiya, xususiy metodika fanlari vakillarining dolzarb ilmiy-tadqiqot obyekti bo'lib qolmoqda. Biroq bu muammoni, o'rta asr qomusiy olimlaming qarashlari va ta’limotini o'rganmasdan turib to'la yoritish mumkin emas. O'zbek olimi X.X. Tlashevning tadqiqotlarida o'rta asr olimlarining didaktik qarashlari umumlashtirilgan holda tahlil qilib berilgan. Xorazmiy, Kindiy, Farobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, U m ar H ayyom va ularning boshqa zamondoshlarining ilmiy dunyoqarashi hamda bilimlar manbai va obyekti tahlilidan ayon bo'ladi. Bilish jarayoni qanday bosqichlardan tashkil topgan hamda bilish va amaliy faoliyat o'rtasida qanday munosabatlar mavjud degan savol ulami doimo qiziqtirib kelgan. Shu ma’noda sharq mutafakkirlarining asarlari alohida qiziqish uyg'otadi. Jumladan Al-Xorazmiy Muhammad ibn Musoning matematikaga oid risolasi, Al-Kindiyning “Arastuning kitoblari miqdori va yana falsafani o'zlashtirish uchun nima zarurligi haqida risola”si, “Dastlabki falsafa to'g'risida”, “Besh mohiyat to'g'risida kitob”, “Paydo bo'lish va yo'q bo'lishning yaqin tasvirlari izohi”, Al-Farobiyning “Aql ma’nolari to'g'risida”, “Fozil odamlar shahri”, “Baxt-saodatga erishuv to'g'risida”, “Ilmlaming kelib chiqishi”, “Almagestr Ptolomeyga izoh”, “Ixso-ul-ulum”, Ibn Sinoning “Kitob ash ishorat va at tanbiqot”, “Donishnoma” (mutlaq baxt ham, mutlaq baxtiqarolik ham yo‘q), “Hay ibn Yaqzon” va boshqa asarlarida, Abu Rayhon Beruniy “Masud qonuni”, “Dorivor o‘simliklar haqida kitob”, “Saydana”, “Munajjimlik san’atidan boshlang‘ich tushunchalar”, “Yodgorliklar”, Abdurahmon Jomiyning “Musiqa” risolasi hamda Alisher Navoiyning “Mahbubul qulub” kabi asarlari katta qiziqish uyg'otadi. Xorazmiy bilish faoliyati nazariyasiga ulkan hissa qo‘shgan. U bilishning tajriba-kuzatuv va eksperiment metodiga asos solgan. Xorazmiy tomonidan quyidagi umumdidaktik tamoyillar hamda metodlar va shakllar asoslab berilgan: mustaqillik; ijodiy faollik; kuzatilgan faktlami va hodisalami tasviiiash va uni muntazam bayon qilish; tajriba-kuzatuv; eksperiment metodi; induksiya va deduksiya aspektida yakkalik va umumiylik birligi tamoyili; o'qitishning savol-javob shaldi. Xorazmiyning salafi Al-Kindiy mohiyatni barcha nazariy bilimlaming bosh mavzusi, deb qaraydi. U awalo miqdor va sifatni hissiy idrok qilish zarurligini ta’kidlaydi. Kindiy ilmiy bilishning uch pog'onali konsepsiyasini ilgari suradi: tabiiy fanlar, mantiq va matematikadan bilimlar metafizika muammosiga olib keladi. Kindiy o'z falsafiy qarashlarini asoslashda ilmiy bilishni diniy bilimlaiga qarama-qarshi qo'ygan holda matematika va tabiiy fanlaiga alohida ahamiyat beradi. Kindiy inson bilimlari hissiy va aqliy bilimlarga bo'linadi, deb hisoblaydi. Uningcha, hissiy bilimlar o'z predmeti bilan bog'langan bo'lib, uning obyekti inson tanasi va barcha materiallardir. U ta’kidlaydiki, agar hissiy bilimlar yakka bilimlardan iborat bo'lsa, aqliy bilimlar esa umumiy bilimlardir. Kindiy fikricha, haqqoniylikni bilish va o'zining xatti- harakatlarini haqqoniylik bilan muvofiqlashtirishda, kishi ongidagi uning sabablarini aniqlash kaliti yordam ko'rsatadi. U shunday yozadi: “Sababini topgan holatdagina biz haqiqatning tagiga yeta olamiz. Har qanday narsaning mohiyatini anglash esa haqiqatni bilish uchun zarurdir. Negaki mavjud narsalaming barchasi haqiqatdan iboratdir. Haqiqatni idrok etsa bo'ladi, binobarin, mavjud narsalami hammasini anglamoq mumkin”. Bilish jarayoniga Farobiy alohida ahamiyat beradi. U o'zining “Aql ma'nolari to'g'risida” va “Baxt-saodatga erishuv to'g'risida” asarlarida insonlaming bilimga bo'lgan intilishlarini har tomonlama keng yoritishga harakat qiladi. U shunday yozadi: “Kishi biror buyum haqida bilishni istasa, uning qandaydir bir holatini biladi va ongini o'sha predmet shaklidagi bilimga yo'naltiradi. Bu o'zi intilgan haqiqatni qidirish demakdir”. Farobiyning ilmiy g'oyalarini umumlashtiigan holda X.X. Tlashev uning bilish to'g'risidagi nazariy asoslarga bag'ishlangan ishlari, xususan, mantiq fanida bilish jarayoni va bilish shakllari, kabi qarashlarida birinchi marta uning mohiyati ochib berilganini ta’kidlaydi. Bu jaiayonlar, mantiqda unga rioya qilish, tafakkumi takomillashtirish va murakkab bilish jarayonida qo'pol xatolaming oldini olish qonunlari sifatida aks etadi. Farobiy fikrlash faoliyatini jonlantirishning didaktik tamoyillari va metodlarini asoslab berdi. Unga o'qitishning amaliy yo‘nalganligi; nazariy bilimlar uzluksizligi va bilish metodlari; mantiqiylik va uzviylik, hukm metodlari va usullari; induksiya va deduksiya metodlari kiradi. Farobiyning bilish jarayoni haqidagi qarashlarini Abu Ali ibn Sino ham tasdiqlaydi. Uning tushunishicha, mantiq inson bilimlarining asosi sifatida qoida va me’yorlami belgilab beradi; insonning bilish faoliyatini jonlantiradi hamda uning to'g'ri fikrlashini o'stiradi. Farobiy tomonidan ishlab chiqilgan fanlar tasnifi ilmiy bilimlar g'oyasining rivojlanishini ta’minlaydi. U shunday yozadi: “fanlar tasnifi insonga fanlami o'zaro Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling