‘z b b ton respublikasi oliy va ‘rta vlaxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Muayyan toifadagi vazifalami yechish metodikasini tushunib olishga
Download 3.85 Mb. Pdf ko'rish
|
Azizxo`jayeva N.N.Pedagogik texnologiyalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Konkret vazifa materiallari asosida organilgan metodikaga muvofiq ravishda talabalaming individual faoliyatini tashkil etish;
1. Muayyan toifadagi vazifalami yechish metodikasini tushunib olishga
yordam beradigan bilimlar o'zlashtirilishini nazorat qilish; 2. O'zJashtirilish obyekti bo'lgan vazifalaming yechilish metodikasi bilan tanishish; 3. Konkret vazifa materiallari asosida o'rganilgan metodikaga muvofiq ravishda talabalaming individual faoliyatini tashkil etish; 4. Tipik qiyinchiliklar va ulami yengish yo'llarini guruh bo'lib muhokama qilishni tashkil etishning talabalar tomonidan bajarilib borishi va natijalarini ta h lil qilish, kelgusida egallanishi mumkin bo'lgan m alakalarn i takomillashtirish bo'yicha vazifa qo'yish. Muammoli tipdagi amaliy mashg‘ulotlami tashkil etish quyidagi bosqichlami o'z ichiga oladi: 1. Muayyan toifadagi vazifalaming yechilish metodikasini ishlab chiqish uchun zarur bo'lgan bilimlaming talabalar tomonidan o'zlashtirilishini nazorat qilish; 2. yechilish metodikasini ishlab chiqishni ko'zda tutgan yangi vazifalami qo'yish; 3. Qo'yilgan vazifaning yechilish metodikasini ishlab chiqishga qaratilgan talabalaming fikrlashga urinishlarini tashkil etish; 4. Talabalar ishlarining natijalarini tahlil qilish, metodikani ishlab chiqish jarayonida yuzaga kelgan qiyinchiliklami guruh bo'lib muhokama qilish, uning sabablari va uni yengish usullarini aniqlash. Amaliy vazifa va muammolami yechishdagi talabalaming umumiy faoliyatini tashkil etishning samarali shakli tadbirkorlik o‘yinlaridir. Ma’lumki, tadbirkorlik o‘yinlari talabalaming kollektiv faoliyatini tashkil etishni bildiradi. Bu jarayonda uning bo‘lg4isi kasbiy faoliyatining ashyoviy va ijtimoiy mazmuni yaratiladi. Tadbirkorlik o ‘yinlarining pedagogik samaradorligi natijasi ko‘p jihatlardan o ‘yinning ssenariysini ishlab chiqish va uning tayyorlanish sifati bilan belgilanadi. Tadbirkorlik o‘yinlari talabani amaliy tayyorlashning pedagogik vazifalari tizimini yechishga qaratilgan bo(lishi lozim. Bularga birinchi navbatda: real kasbiy faoliyat sharoitida qo‘llanadigan amaliy malaka va ko‘nikmalami shakllantirish; amaliy vaziyatlar va shunga mos harakat usullarini ishlab chiqishni tahlil qiladigan fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish; guruh (jamoa) faoliyatida faol ishtirok etishini ta’minlaydigan qobiliyatlami shakllantirish taalluqlidir. 0 ‘yinning mazmuni va tuzilmasi shunday shakllanishi va shunday tuzilishi kerakki, unda shunga mos malaka va qobiliyatlar har bir ishtirokchida butun о‘yin davomida shakllansin. 0 ‘yinning pedagogik vazifalari ssenariyda aniq ate etishi shart. 0 ‘quv vaziyatini modellashtirish bo‘yicha tadbirkorlik o ‘yinlarini tayyorlashda murakkab amaliy vazifalami (muammolami) yechishga qaratilgan kasbiy faoliyat mazmuni tanlanadi. Bunda mos vazifalami tahlil qilib chiqish, uni yechishda ishtirok etadigan rahbarlar va ijrochilami, ulaming vazifalari, o 'zaro munosabatlari tartibi, vazifani samarali yechishning ibtidosi, bosqichlari va me’yorlari, unga kerak bo'ladigan texnik vositalar, me’yoriy, ehtiyoj (spravochnik), metodik va boshqa manbalami aniqlash zarur. O'quv jarayonini takomillashtirish metodlari muammoli o'qitish jarayonida samaradorligi bilan alohida ahamiyatga ega. Ulardan talaba ijodiy shaxsni — bo'lg'usi mutaxassisni shakllantirish nuqtai nazardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunday o'qitishda talabalaming bilish mustaqilligini shakllantirish va rivojlantirish katta ahamiyatga ega, chunki u talabalarda bilimga bo'lgan barqaror qiziqishning shakllanganligini, tashabbus va mustaqil faoliyatning muntazamligini, muayyan aqliy harakatlar va aqliy sifatlar tizimini ko'zda tutadi. Ma’lumki, bilish talabalaming tushunishi uchun bo'lgan aniq fan sathida boshlanar va bu bosqichga uning rivojlanishi, qobiliyati mos kelishi, tabiat jarayonlari va hodisalarining ichki mohiyati va haqiqiy mazmuniga yetish va shu tariqa asl ilmiy bilimlar o'zlashtirilar ekan, bu o'rinda o'qitishning faol, muammoli-ijodiy metodlarini qo'llash zarur. Vazifa ilmiy bilimlami egallash jarayonida o'z-o'zidan hal bo'lmaydi. Uning yechilishi tafakkumi maxsus mashq qildirishga jalb etadi. Shu ma’noda gap o'quv materialini o'rganishning muayyan obrazi, tashkiliy, pedagogik maqsadga muvofiqligi jarayoni, fikrlashning faol taraqqiy etib borishi, bilish faolligi va talabalaming mustaqilligi haqida boradi. Demak, muammoli o'qitish bu o'qitishning pedagogik texnologiyasi bo'lib, o'zining mazmuni va tuzilmasi bo'yicha o'qituvchi va talabaning ijodiy jarayonlarini sintezlaydi. Muammoli o'qitishda pedagogik faoliyatning xususiyatlari o'quv axborotlari mazmunini muammoli vazifalar va muammoli vaziyatlarga ko'chirish orqali maqsadlami oydinlashtirish jarayonidan iborat bo'ladi. Ijodiy o'quv faoliyati muammoli o'qitishning asosiy qoidasini saqlagan holda — ma’lum darajada harakatlarga erkinlik berish va bu harakatlami bilish jarayonining butun tuzilmasi tizimida tartibga tushirish bilan boshqariladi. Muammoli o'qitishdan foydalangan holdagina talabalarda o'quv muammolari va kasbiy vazifalarini yechishda ilmiy tekshirish jihatdan yondashuvni tarbiyalash, mustaqil bilish malakasi va m etodlarini shakllantirish mumkin. Muammoli o'qitishni qo'llash, bilishni tushunishni shakllantirishga yordam beradi, pedagogik ijod va kasbiy mahoratni rivojlantirishga psixologik va kasbiy tayyorlikni shakllantiradi. Muammoli o'qitish o'quv axborotlarining maxsus tuzilmasini ishlab chiqishni taqqazo qiladi. Muammoli leksiya texnologiyasi savollar, gipotezalar tizimi, uning yechimi, nazorat vatuzatuvlami amalgaoshirish tizimi orqali mazmunni muntazam ochib borishni ko'zda tutadi. Shuningdek, muammoli leksiyada muammoli vaziyat va uni muammoli hal qilish tizimi ham kiradi. 0 ‘quv jarayonida bunday texnologiyani joriy qilish qiziqishni uyg'otadi, aqlni rivojlantiradi, bilish qarshiliklarini yengish uchun yo‘l-yo‘riqlar berishni talab qiladi. Shu bilan birga mantiqiy tadqiq qilishga yo'llaydi va uni bosqichlar bo'yicha o'igatadi, tafakkuming nazariy uslublarini tarbiyalaydi. Muammoli leksiyani o'tkazishda o'quv axborotlari tuzilmasi shunday tasvirlanishi mumkin, ya’ni leksiya «O'zbekiston Respublikasida Xalq ta’limi taraqqiyotining hoziigi zamon konsepsiyasi» kabi muammolarga bag'ishlanishi mumkin. Bu leksiyani tashkil etishda muammoli vaziyat takliflar bo'yicha yechilish usulini tanlash, qo'yilgan muammo yechimi bo'yicha tanlangan usullami muhokama qilish, yangi axborotni olib kirish tarzida yaratiladi. Muammoli vaziyatni yaratish uchun talabalarga ikki nazariy qoida taklif etiladi: bu xalq ta’limini bashorat qilish va xalq ta’limi maqsadi. Ularga bu muammolardan birini tanlash yoki muammoli vaziyat aniqlab berishi lozim bo'lgan o'zlarining yangi nazariy qoidasini tuzish taklif etiladi. Keyingi bosqichda tanlangan vazifani muhokama qilish tashkil etiladi, uning hal qilinish jarayoni kuzatiladi, axborotlar tahlil qilinadi va tanlangan yechimning to'g'riligi tekshirib ko'riladi. Undan so'ng yangi nazariy nuqtai nazami tuzishga o4iladi. Muammoli leksiya talabalaming faqat tinglovchi emas, balki faol ishtirokchi bo'lishini taqozo qiladi. U ilmiy tafakkur ushibini rivojlantiradi. Muammoli vazifalar o'zida operasion-prosessual tarkiblarni birlashtiradi. Ular axborot mazmunini yangilash va yangi bilimlar olish orqali tahlilga, tushunish va izohlashga, o'rganilayotgan ilmiy muammolami nazariy jihatdan fikrlashga diqqatni jalb qiladi. Muammoli leksiya davomida talabalarda mavjud bo'lgan bilimlardan foydalaniladi, ulami yangi axborotlar bilan bog'liq ravishda yangilanishini amalga oshiradi. Download 3.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling