Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

 

 

 

 

 

IKKINCHI BOB. INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA SABAB ERGASH 

GAPLI QO’SHMA GAPLARNING LINGVOKULTUROLOGIK 

JIHATLARING QIYOSIY TAHLILI. 

2.1. Ingliz va o’zbek tillarida sabab ergash gapli qo’shma gaplar struktural-

semantik va lingvokulturologik jihatlarining qiyosiy tahlili.  

 

 



Hozirgi  paytda  olib  borilayotgan  ilmiy  izlanishlardagi  o‟zining 

antropologik  jihatdan  aniq  yo‟nalishiga  ega  bo‟lgan  soha  –  bu 

lingvokulturologiya  hisoblanadi. 

Tilshunoslikda    ikki  mustaqil  fanlar  ya‟ni 

madaniyatshunoslik  hamda    tilshunoslik  sintezi  asosida  paydo  bo‟lgan  va 

lingvomamlakatshunoslik,  etimalogiya,  etnolingvistika  fanlarining  to‟plagan 

ma‟lumotlari  bazasida vujudga  keldi  fan  lingvokultrologiyadir  [40].   

 

XX  asrning  so‟nggi  choragida  chuqur  izlanishlar  olib  borildi  va 



lingvistikadagi  antropologik  namuna  mahsuli  sifatida  madaniy  lingvistika 

yuzaga  keldi.  Bunga  XIX  asrda  W.  von  Humboldt  “Tilning  o‟ziga  hosligi 

millatning  mohiyatiga  ta‟sir  qiladi.  Shuning  uchun  tilni  sinchiklab  o‟rganish 

inson  ichki  dunyosining  o‟tmish  va  falsafasini  o‟z  ichiga  olishi  kerak“  so‟zlari 

misol 

bo‟lishi 



mumkin.  Humboldtning  g‟oyalari  XIX-XX  asrlarda 

neohumboldtivism  asosida  shakllangan.    Rossiyada  XIX  asrda  uning  ilmiy 




 

32 


 

merosi  tilni  faoliyat  sifatida  yangi  g‟oyalar  bilan  gavdalantirgan  va  A.A. 

Potebnya  tomonidan  o‟zlashtirilgan.    XX  asrning  ikkinchi  yarmida  Evropa 

neohumboldtivism  vakillari:  L.  Weisgerber,  H.  Glinz,  H.  Holz  va  boshqalar  fikr 

va  fikr  mantiqiy  tizimining  tilning  o‟ziga  hos  strukturaviy  belgilariga  bog‟liqligi 

masalasini  o‟rganishgan [41].   

 

 

 



 

 

 



 

Madaniy  linguistikaga  etnolinguistika  nisbatan  yangi  bo‟limidir.    Madaniy 

linguistika  kategoriyaviy  tizimining  asoslari  bu  fikrlash,  linguistik  xarakter  va 

hali  shakllanib  ulgurmagan  epistemologiya  tamoyilidir.    Aksariyat  linguistlar, 

shu  jumladan  Y.S. Stepanov, N.D. Arutyunov  bu muammo ustida ilmiy izlanish 

olib  borgan.    V.N.  Telia  ilmiy  izlanishlarining  ob‟ekti  esa    ibora  va  mentalitet 

xusiyatlari  hisoblanadi.    Umuman  olganda,  “madaniy  linguistika”,  “mentalitet”, 

“linguistik  xarakter”  va  boshqalar  oxirgi  10  yillikdagi  nashrlarda  bir  necha marta 

tilga  olinadi,  lekin  bu  tushunchalarning  ta‟riflari  shuningdek  linguo-madaniy 

izlanish  usullari  har  doim  ham  bir  ma‟noli  emas.    V.V.  Vorobiev  o‟zining 

“Lingvistika:  Nazariya  va  metodlar”  monographida  quyidagi  ta‟rifni  keltiradi: 

“madaniy  linguistika  murakkab  ilmiy  yo‟nalishdir.  U  madaniyat  va  til 

o‟rtasidagi  munosabat  va  bog‟liqlikni  o‟rganadi.    Bu  jarayon  lingvistik  va 

madaniy  tarkibini  strukturaviy  birliklarning    ajralmas  qismi  sifatida  o‟rganadi 

[42].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Lingvokulturologiya  ancha  yangi  yo‟nalish  bo‟lishiga  qaramasdan, 

olimlar  tomonidan  nisbatan  keng  o‟rganilib,  bu  sohada  ko‟plab  ishalar  chop 

etildi.  Dalil  sifatida  A.G.  Maksimovskixning  o‟z  ilmiy  maqolasida  berib  o‟tgan 

quyidagi  ma‟lumotini  keltirishimiz  mumkin.  Uning  aytishicha,  XX  asrning  10-

15  yil  oralig‟ida  Rossiyaning  o‟zida  4  ta  lingvokulturologik maktab ochilib , o‟z 

ilmiy  faoliyatlarini  olib  bordilar:  Y.S.  Stepanov  maktabi,  N.D.  Arutyunova 

maktabi, V.N. Teliya  maktabi, V.V. Vorobyev maktabi  [40].   

 

 

Barchamizga  ma‟lumki,    o‟ganilayotgan  har  bir  fan  o‟z  maqsadi, obyekti, 



predmetiga  ega  bo‟ladi,  shu  jumladan    lingvokulturologiya  fani  ham.Bugungi 

kunga  kelib  lingvokulturologiya  fan    sifatida  tan  olinar  ekan,bu  faning  maqsadi  




 

33 


 

etimologiya  va  uning  boshqa  fan  tarmoqlari  orqali  to‟plangan  ma‟lumotlarni 

jamlash,  til  va  madaniyat  munosabati  va  mexanizmini  aniqlash,    obyekti-  til  va 

madaniyat  bo‟lsa,  uning    predmeti-  til  va  madaniyat  munosabatining 

fundamental  masalalarini  o‟rganish hisoblanadi  [41].    

 

 



 

Sir  emaski,  antroponimia  madaniy  linguistikaga  chambarchars  bog‟liq.  

“Til”,  “madaniyat”  va  “millat”  kabi  iboralarning  o‟zaro  bog‟liqligi 

poetonomiyada  yaxlit  bo‟limni  yuzaga  keltiradi  va  bu  Sholoxovning 

antroponimiyasida  yaqqol  o‟z    ifodasini  topgan.    Madaniy  linguistika 

muammolarini  o‟rganishning  bog‟liqligini  til  va  madiniyat  bir-biri  bilan  yaqin 

aloqada  bo‟lgan  matn  antroponimiyasini  o‟rganishga  bo‟lgan  e‟tiborning  ortib 

borayotgani  bilan  belgilanadi.    Keng  ma‟nodagi  rus  ismlar  tizimini    liguistik 

anglashda yuqori o‟rin turadi [42].    

 

 



 

 

 



 

Ilmiy  malakaviy  ishining  bu  qismining    vazifasi  tildagi  sababergash 

gaplarning  structural-semantik  xususiyatidan  tashqari,  uning  lingvokulturologik 

jihatlarini  ham ochib berishdir [40].   

 

 

 



 

 

 



Bosh  gapdan  anglashilgan  ish-harakatning  sababini  bildirgan  ergash  gap 

sabab  ergash    gap  deyiladi.  Bunday  ergash  gaplar    bosh  gap  bilan  birga  sabab 

ergash gapli  qo‟shma gap deb nomlanadi [25; 275, 274].  

 

 



 


Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling