Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

Qayrilishlar tobora ko‟paydi, shuning uchun mashinaning tezligi susaya 

boshladi [25; 275]. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Oyna  opa  xatni  oxirigach  o‟qiy  olmadi,  chunki  hovlini  eshigini  kimdir 

taqillata boshladi [19; 55].  

 

 



 

 

 



 

 

Sho‟rlik  asir  hayotdan  umidini  uzibdi  va  podshohni  boplab  so‟ka 



boshlabdi, negaki kishi jonidan umidini uzsa, ko‟nglida borini bayon etadi [19; 

60].   


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Sen  aytgan  rost  gapdan  ko‟ra  uning  yolg‟oni  menga  ko‟proq  ma‟qul 



tushdi,  chunki  uning  yolg‟oni  xayrihohlik  yuzasidan  aytilgan  edi  [19;  61]. 

 

Sabab  ergash  gap  sabab ma‟nosini, bosh gap esa  uning natijasini bildiradi 



[5;49].                                                                                                                 


 

34 


 

 

Masalan:  Bundan  tashqari  Mahkam    totuv  va  sog‟lom  ishchi  oilasida 



o‟sib, ko‟p yorqin damlarni boshidan kechirgan,  shuning uchun qiyofasi nurga 

serob edi [34; 13].                                                                        

 

 



Bu  misolda  birinchi  gap  sabab  ergash  gap,  ikkinchi  gap  esa  bosh  gap 

hisolanadi.  Berilgan  tarifga  ko‟ra  birinchi  gap  sabab  ma‟nosini,  ikkinchi gap esa 

uning  natijasini  bildiradi.  Chunki  Mahkamning    totuv  va  sog‟lom  ishchi  oilasida 

o‟sib,  ko‟p  yorqin  damlarni  boshidan  kechirganligi  natijasida    uning  qiyofasi 

nurga serob edi. Quyida yana boshqa misollar keltirishimiz  mumkin:   

 

 Bir  guruh  yuqori  kurs  talabalari  turadigan  bu  uyda  honalar  kam  va 



tarqoq bo‟lgani uchun bahtiyor o‟tirmas, har honaning kaliti ma‟lum bir joyga 

yashirilib ketilardi [24; 6]. 

 

 



 

 

 



 

 

 



Ochil zimdan quvonib “ mening ko‟nglimga qarayatimikan?” deb o‟yladi, 

chunki u o‟zi Zamiradan boshqa hech kim bilan raqs tushishni istamas edi [34; 

8]. 


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Yotoqxona  yaqin  bo‟lgani  uchun  ikkovi  ham  uch-  to‟rt  kundan  beri 

o‟qishga kostyumda borishardi….[34;11].   

 

 



 

 

 



Yozda  koxoz  ishiga  chiqqanda  ham  o‟sha  tirishqoqligini  qo‟ymas,  o‟n 

uch-  o‟n  to‟rt  yoshida  ba‟zi  katta  o‟roqchilardan  o‟zib  ketardi, shu sababli u 

maktabda ham o‟zi to‟g‟risida ko‟p iliq gaplar eshitardi [22; 14].   

 

Sabab  ergash  gapli  qo‟shma  gaplar  tilshunoslikda  shartlanganlik 



munosabatini  ifodalovchi  ergash  gapli  qo‟shma  gaplarning  bir  turi  sifatida 

o‟rganiladi.  Shartlanganlik  munosabati  payt  munosabatidan  ham,  boshqa  har 

qanday  munosabatlardan ham ancha murakkab bo‟lib, bunday munosabatlarning 

barchasi  bir  g‟oyaga  asoslanadi,  ya‟ni  bir  voqea  ikkinchisini  keltirib  chiqaradi 

yoki  ikkinchi  voqea  birinchisining  mavjudligiga  ko‟ra  yuzga  keladi.  Boshqacha 

qilib  aytganda,  mazkur  munosabatlardagi  asos  g‟oya  “sabab-natija”  dan  iborat 

bo‟ladi [22; 276].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Mazkur  g‟oyaning  namoyon  bo‟lishida  voqealar  talqinining  tabiati,  nutq 

egasining  aloqadagi  maqsadi  kabilar  hal  qiluvchi  rol  o‟ynaydi,  ana  shularga 



 

35 


 

ko‟ra  shartlanganlik  munosabatining  aniq  tiplar  farqlanadi.  Masalan,  quyidagi 

ikki  voqeani  olaylik:  dehqonlarning  astoydil  mehnat  qilishi  (1-voqea)  va  oziq-

ovqatnig  mo‟l  bo‟lishi  (2-voqea).  Bulardan  1-voqea  keltirib  chiqaruvchi,  2-

voqea  esa  kelib  chiquvchi  voqealardir,  ya‟ni  ular  shartlanganlik  munosabatlariga 

ko‟ra  aloqador.  Ular  bir-birlari  bilan  “sabab-natija”  g‟oyasi  asosida 

munosabatda  bo‟lar ekan, shartlanganlik munosabatining sabab tipida namonyon 

bo‟lishi  mumkin  ya‟ni  1-voqea  sabab,  2-voqea  esa  natija,  1-voqea  bevosita    2-

voqeani ketirib  chiqaradi: 

 

 



 

 

 



 

 

Dehqonlar  astoydil  mehnat  qildilar,  shuning  uchun  oziq-ovqat  mo‟l 



bo‟ldi. 

 

 



Oziq-ovqat  mo‟l  bo‟ldi,  chunki  dehqonlar  astoydil  mehnat  qildilar

 

Dehqonlar  astoydil  mehnat  qilganliklari  uchun,  oziq-ovqat  mo‟l  bo‟ldi

 

Shuning  uchun    oziq-ovqat  mo‟l  bo‟ldiki,  dehqonlar  astoydil  mehnat 

qildilar [22; 277].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Bundan  tashqari  sabab  eragash  gaplarda  ifodalangan  munosabat  boshqa 

ergash  gap  turlari  ifodalagan    munosabatlardan  quyidagicha  farqlanadi:  agar  1-

voqea  obyektiv  borliqqa  nisbatlangan  real  bo‟lsa,  sabab  munosabati,  agar  bu 

voqea  real  emas,  faraziy,  taxminiy  bo‟lsa,  shart  munossabati,  agar  2-voqea 

amalga  oshirilishi  mo‟jallangan  niyat  bo‟lsa,  maqsad  munosabati  yuzga  keladi 

[22; 277].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Takidlanganidek, 

bunday  qo‟shma  gaplarning  mazmuni  sabab 

munosabatidan  iborat  bo‟ladi.  Ergash  gapdagi  voqea  mazmuni  bosh  gapdagi 

voqea ichiga sabab uzvi sifatida kiradi, chunki bosh gapdagi voqea asosiy voqea 

hisoblanadi.  Masalan,  bir  voqea  asosiy  xabar  sifatida  aytilganda,  agar  uni 

keltirib  chiqargan  sababga  zaruriyat  bo‟lsa,  albatta  nega?  degan  savol  tug‟ladi, 

bu savolning javobi sabab voqeadan iborat bo‟ladi: She’rlaringiz bosilmaydi. –




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling