Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari
Ketmon ezvorgani uchunmi, yelkasi xo‟kchayib chiqqan [22; 281].
Yuragi bir nimani sezdimi, ovozining boricha baqirdi [23; 209]. 38
Uning eti uyushdimi, ijirg‟anib o‟rnidan turdi [22; 281].
Ba‟zan taxminiylikni yana ham takidlash uchun –mi dan tashqari boshqa leksik vosita, masalan, negadir so‟zi ham keltiriladi:
Hamon xotini tiqilib yurgani boismi negadir duduqlanib izoh berdi [23;209].
Taxminiylik juda kuchli bo‟lganda, ba‟zan ayni holatdagi birdan ortiq sabab ergash gap tarzida keltirilishi ham mumkin:
Bilimi sayozlik qildimi yo omadi chopmadimi, ishqilib qora chamadonini daranglatib yana qorasuvga qaytdi [22; 282].
Sababning taxminiyligi yana boshqa vositalar orqali ham ifodalanadi:
jimib qolishdi Olchinbek… allaqanday noxush xabarni eshitdi, shekilli,…rangi o‟zgardi Rus tili unga g‟alati eshitilsa kerak,…astoydil quloq solardi Hukumatning bir dolzarb ishi bordirki, zudlik bilan olib ketgan [23; 209].
otaning sevikli bolasiga qaraydigan qarash bilan iliq va muloyim kulib qaradi [23; 63].
Ayrim hollarda sababning umumga ma‟lumligi takidlanadi, bunda sabab bilan natijaning uzviy bog‟lliqligi umumga ma‟lum tagbilim sifatida anglashilib turadi. Shuning uchun sabab voqea ifodalangan ergash gpning predikati bo‟lishsiz shaklda bo‟lib, -mi yuklamasini olgan bo‟ladi:
Saraton quyoshi yeru ko‟kni yondirb, atrofga olov purkayotgan bir palla emasmi, katta-kichik o‟zini choyga uradi [22; 282].
Sabab ergash gapli qo‟shma gaplardagi sabab mazmuning subyektiv murakkablashuvi yana boshqa ko‟rinishlarda ham bo‟lishi mumkin. Shunisi mumkinki, bunday gaplarda, asosan, ikki (yoki undan ortiq) denotativ voqea ifodalanadi. Shuning uchun ham asosiy hollarda ularda mazmuniy-sintaktik nomunofiqlik yuzga keladi.
39
O‟zbek tilida sabab ergash gap bosh gapga turli tipdagi so‟z formalar: yordamchi so‟zlar, yordamchi vazifasini bajaruvchi mustaqil so‟zlar butun bir turgu‟n birikma orqali bog‟lanadi [5; 49].
Ingliz tilida esa sabab erash gap bosh gapga as, because, since, so, that, seeing (that), considering; yoki qo‟shma bog‟lovchilar: for the reason that, in view of the fact that, in so far as (insofar as), by reason of orqali bog‟lanadi [18; 321].
Since there is no help, let us try and bear it as best we can They went down arm-in-arm - James with Imogen, because his pretty grandchild cheered him In so far as it is difficult to assign an external cause to certain happen- ings, they are written off as uncaused or spontaneous [18; 322]. As the train does not come till 5.30, we have plenty of time Since you have nothing else to do, why not remain with me? His impressions of Russia cannot be valuable, in as much as he does not speak the language She could hardly keep still, so delighted was she to be home again (or…she was so delighted to…) [39].
Who am I that I should presume to offer advice to you?
Bundan tashqari ingliz tilida sabab ergash gaplar fe‟lning shaxsiz formalari, guruh predloglari: owing to, thanks to orqali ham birikadi
Ingliz tilidagi fe‟lning shaxssiz formalaridan biri bo‟lgan gerund for (uchun), through (tufayli) va guruh predloglari owing to (sababli, tuffayli), Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling