50
uchun deng kabi turg‟un birikmalar ham boshqa bo‟glovchi vositalar kabi
ergash gapalarni bog‟lashga birdek hizmat qila olishini alohida takidlash zarur.
Sabab ergash gaplar –ki yordamchisi orqali bog‟langanda bosh gapda
albatta
shuning uchun bog‟lovchisi ishtirok etishi kerak
.
Men shuning qayta-qayta takrorlayotirmanki,siz har narsani tez unutasiz
Men ba‟zi hikoyalarga shuning uchun qiziqamanki, unda o‟xshatishlar
shoir tomonidan juda ustalik bilan tasvirlangan [5; 52].
Yordamchi vazifasidagi deb ravishdoshi orqali bog‟langanda esa ergash
gapning kesimi o‟tgan zamonni ifodalaydi:
Majlis soat o‟n ikkida boshlanadi deb, bir yerga to‟langan edik
Bu kitob sizga kerak bo‟lmas deb, men boshqa kishiga bergan edim [5;
53].
Bilamizki, o‟zbek tilida deb so‟zi maqsad ergashgaplarni ham bog‟lashga
hizmat qiladi. Lekin bunday gapalarning kesimi kelasi zamonni ifodalaydi:
O‟qituvchimiz keldi deb, biz to‟landik (sabab ma‟nosi)
O‟qituvchimiz keladi deb, biz to‟plandik (maqsad ma‟nosi)
[5; 53].
Ba‟zan sabab ergash gap bosh gapga nega deng, nima uchun deng kabi
turg‟un so‟z birikmalari orqali ham bog‟lanishi mumkin. Sabab ergash gaplarni
bosh gapga bog‟lovchi bunday so‟z birikmalari ko‟roq jonli so‟zlashuv tilida
qo‟llaniladi.
Ingliz tilidagi esa since, so kabi bog‟lovchilar ko‟proq so‟zlashuv tilida
ishlatilsa,
as, due to the fact that kabi bog‟lovchilar rasmiy yozma uslubda
ishlatiladi [40].