Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti ingliz tili grammatikasi va til amaliyoti


qachon? so‟roqdan ko‟ra ko‟proq nima uchun?


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/55
Sana19.12.2021
Hajmi0.77 Mb.
#181959
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55
Bog'liq
ingliz va ozbek tillarida sabab ergsh gapli qoshma gaplarning lingvokulturologik jihatlaring qiyosiy tahlili va ularni tarjima qilish hamda oqitish muammolari

qachon? so‟roqdan ko‟ra ko‟proq nima uchun? degan so‟roqqa javob bo‟ladi. 

Sabab  ergash  goplarni  bu  tipda  qo‟llaganimizda  ma‟noga  qisman  ta‟sir  qiladi.

 

U  tez  tez  boraman  deb  turganidan  keyin,  men  handay  qilib  to'xtatib 



 

46 


 

qolay? 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Sidiqjon javob qaytarmay jintuganidan keyin, onasi gap ochishga, uning 

bevaqt kelganlik sababini surishtirishga majbur bo‟ldi [5; 51].  

 

 



Har  ikkala  misoldagi  ergash  gaplarda  sabab  ma‟nosi  ifodalanganligi 

quyidagi  holatdan  anglashiladi.  Agar  1-misoladgi  gapni  –  u  tez  boraman  deb 



tugani uchun, men ijozat berdim, 2-misoldagi gapni - Sidiqjon javob qaytarmay 

jim  turgani  uchun  onasi  so‟z  ochishga  majbur  bo‟ldi  deb o‟zgartirsak, ergash 

gapning  sabab ma‟nosini ifodalanganini  aniq sezishimiz  mumkin. 

 

 

5.  –gan+dan  so’ng  formasi  orqali  bog‟lanish.  Bunda  ham  formasi  va 

qisman  mazmun  jihatdan  sabab  bilan  birga  payt  ma‟nosi  anglashilib  turadi. 

Lekin  gapning  mazmunidan  uning  sabab  ma‟nosini  ifodalayotgani  yaqqol 

ko‟rinib turadi.    

 

 



 

 

 



 

 

 



 

U bilgadan so‟ng, men hech narsa deya olmadim. (U bilgani uchun men 

hech narsa deya olmadim) [5; 51].    

 

 



 

 

 



 

Ergash  gaplarning  payt  yoki  sabab  ma‟nosini  anglatishidagi  ayirmalik 

faqat  gapning  ichki  mazmuni  orqaligina  sezilmay,  bosh  va  ergash  gaplardagi 

harakatning  yuzga  chiqish  zamoniga  ham  qisman  bog‟liq.  Agar  bosh  gapdagi 

harakat  o‟tgan  zamon  aniq  formasida  bo‟lsa,  sababni  (  u  sezgandan  keyin 

(so‟ng)  men  hech  narsa  deya  olmayman  ),  hozirgi-kelasi  zamonda  formasida 

bo‟lsa paytni ( u sezgandan keyin men hech narsa deya olmayman) bildiradi [5; 

51].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Bundan  tashqari  o‟zbek  tilida  sabab  ergash  gap  bosh  gapga  o‟zining 



kesim formasi –(i)b affiksi  bilan  yasalgan  ravishdosh orqali bog‟lanadi. 

 

Ular havfsizlanib, ola qaraq bo‟lib ketdi   



 

 

 

 

…Ko‟pchlikning savlati bosibnima deyarini bilmay qoldi [5; 51]. 

 

Agar  biz  bu  gapalrga  sabab  ma‟nosini  ifodalovchi  grammatik  vositalarni 



qo‟yib ko‟rsak, undagi aniqroq seziladi: 

 

 

 

 

 

 

Ular havfsiraganlari uchun ko‟zlari ola qaraq bo‟lib ketdi.   

 

…ko‟pchilikning  savlati  bosganligi  uchun  nima  deyarini  bilmay  qoldi.


 

47 


 

 

Xolmurod onasi o‟lganini eslagani uchun yuragi ezilib ketdi.   

 

Sabab ergash gapning bosh gapga  bog‟lanish usullaridan yana  biri –gach 

affiksi  bilan  yasalgan  ravishdosh  hisoblanadi.  Bunday  vaqtda  gapning 

mazmunidan  ham payt, ham sabab ma‟nosi anglashilib  turadi.   

 

 

Zayniddin  shikoyatlanib  qistagach  (qistagandan  keyin  yoki  qistagani 



uchun),  u  qaddinibir  oz  ko‟tarib,  tokchadagi  xatni  olib,  do‟stining  qo‟liga 

tutqazdi [6; 51].  Shu  forma  orqali  ifodalangan  ayrim  ergash  gaplarda  payt 

ma‟nosi deyarli  sezilmay,  ko‟proq sababni ifodalab keladi: 

 

 

 



Bolasi bu yerda talaba bo‟lgach, 

 

 

 

 

 

 

Otasi osuda va ko‟li to‟qdir [5; 51].   

 

 



 

 

 



Avval  aytib  o‟tganimizdek  sabab  ergash  gaplar   bosh gapga turli vositalar 

orqali bog‟lanadi. Ular orasida chunki ergashtiruvchi bog‟lovchisi ham bo‟lib, u 

har doim sabab ergash gap boshida keladi [5; 52].  

 

 



 

 

Ikkala  qiz  ham  ogi‟z  ochishmay  jim  qolishdi,  chunki  Razzoq  so‟fining 



mijozini ularning ikkalasi ham yaxshi bilishardi [35; 8]. 

 

 

 

Ikkala qizning ayniqsa, Zebining ko‟nglidagi iztirob, zotan so‟fi kigandan 

so‟ng avj olishi kerak edi, chunki qizlar sho‟xlik va o‟yinga berilib ketib, hamma 

narsani esdan chiqargan emasmidilar? [35; 18].   

 

 

 

 

Faqat uning bu chaqirig‟i  foydasiz edi, chuki zanzirning zaif shiriqlashi 

quloqlarga  kirar-  kirmas  qizlar  o‟zlarini  arvadan  tappa-tappa  tashlay 

boshlagan edi [35;27].    

 

 

 

 

 

 

 

 

Halol mehnat qilish erng yaxshi odat,  

 

 

 

 

 

Chunki mahnat berdi bizga saodat [5; 52].  

 

 



 

 

Sabab  ergash  gap  bosh  gapga  negaki  yoramchisi  orqali  ham  bog‟lanishi 



mumkin: 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



...ulaning injiqliklarini butunlay xaqsiz deyish to‟g‟ri bo‟lmas, negaki ular 

ham yoshlar, boshqa tenglari kabi, ularning ham orzu-havaslari bor… [35; 31]. 

 

Ozgina  hovliqib  turishsa  ham,  cho‟chishsa  ham  mayliga,  negaki  keyin 



yelkalaridan  yuk  arigan  mahali  tuyadigan  shodliklari  ham  shunga  yarasha 


 

48 


 

bo‟ladi [19; 38].   

 

 



 

 

 



 

 

 



 

O‟zbek  tilidagi  chunki,  negaki  ergashtiruvchi  bog‟lovchilar  orqali 

bog‟langan  sabab  ergash  gaplar  ham  ingliz  tilidagi  because  vositasida 

bog‟langan  gaplarga ko‟proq mos keladi:   




Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling