Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet14/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

break down

1) buzilib qolmoq
The bus broke down so we had to take a taxi. Avtobus buzilib qoldi, shuning uchun taksi tutishga majbur bo’ldik.
2) o’zini tutib tura olmaslik (xissiyotlarini boshqara olmaslik)
When we gave her the bad news, she broke down and cried. Biz unga yomon xabarni aytganimizda u o’zini tutib tura olmadi va yig’lab yubordi.

break in / break into a building

Kuch bilan, buzib kirmoq
Tip: Agar qayerga buzib kirganligi ko’rsatilmagan bo’lsa (1-gap) break in”, ko’rsatilgan bo’lsa (2-gap) break into ishlatiladi.

The burglars broke in through the kitchen window. – O’g’rilar oshxona derazasi orqali kirishibdi.
The burglars broke into the bank and stole the money. O’grilar bankka buzib kirishibdi va pullarni o’g’irlab ketishibdi.

break into sth

Birdaniga biror narsa qilishni boshlab yubormoq (birdaniga kulib, yiglab, kuylab yubormoq)
He felt so happy that he broke into a song. U shunchalik xursand bo’lib ketganidan birdaniga kuylab yubordi.
His serious face broke into a grin when he read the joke. Latifani o’qiganida uning jiddiy qiyofasi birdaniga tirjayishga aylandi.
She walked quickly, occasionally breaking into a run.U tez yurdi, ba’zan birdaniga yugurib ham qoyardi.

break out

1) birdaniga, kutilmaganda boshlanib ketmoq (urush, olov va boshqalar) War broke out in 1914. Urush 1914-yil (birdaniga) boshlanib ketdi.

Lekin: storm (bo’ron) birdaniga boshlandi deganda break so’zining o’zi ishlatiladi. The storm broke. – Kutilmaganda bo’ron boshlandi.

2) (qamoqdan, tutqinlikdan) qochmoq, qochib qutilmoq
They broke out of prison and fled the country. Ular qamoqdan qochishdi va mamlakatdan qochib ketishdi.

break up

(maktab, kollej, universitet) ta’til uchun to’xtamoq (ta’tilga chiqmoq)
We broke up for the holidays in June. Biz iyunda ta’tilga (kanikulga) chiqdik.


14

Unit 2 Past Forms
2 mavzu: O’tgan zamon shakllari


Past simple – o’tgan oddiy zamon


I visited my grandmother yesterday. Men kecha buvimni ko’rgani bordim.

He sent me a message. – U menga xabar yubordi.
Did you visit your grandmother yesterday? Sen kecha buvingni ko’rgani bordingmi?

Did he send you a message? U senga xabar yubordimi?
I did not visit my grandmother yesterday. Men kecha buvimni ko’rgani bormadim.

He didn’t send me a message. U menga xabar yubormadi.


! O’tgan oddiy zamonni yasash uchun to’g’ri va noto’g’ri fe’llar haqida tushunchaga ega bo’lish lozim. To’g’ri fe’llarga – ed qo’shimchasi qo’shiladi. Noto’g’ri fe’llarning esa, alohida shakli mavjud. Noto’g’ri fe’llarning jadvali bor. O’sha jadvalning ikkinchi ustunidagi shakl o’tgan zamon yasash uchun foydalaniladi. Shuning uchun ham formulada V2deyilgan. Masalan, write wrote written fe’lidagi ikkinchi shakl wrote otgan zamon yasash uchun ishlatiladi.


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling