Zamon shakllari


Download 0.61 Mb.
bet17/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1597692
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
rules for all tenses (pdf.io)

Time expression – Vaqt ifodalari (payt ravishlari) When/while/as - gan paytda, all day/night/morning butun kun/tun/tong davomida.
While va as past simple bilan kelmaydi. When past simple bilan ham past continuous bilan ham kelishi mumkin.


When/while/as + past continuous (longer action)

When + past simple (shorter action)
While I was sleeping, … When I was sleeping, … As I was sleeping,

When I woke up,

Uxlayotgan paytimda,

Uyg'onganimda,


As/When/While the children were playing, their father came home. Bolalar o’ynayotgan paytda ularning dadasi uyga keldi.

The children were playing when their father came home. Ularning dadasi uyga kelganda bolalar o’ynayotgandi.

! When/while/as ikkita gapni bog’lash uchun ishlatiladi. Bunda qaysi gapni birinchi aytishning farqi yo’q. Agar when/while/as bilan birga kelgan gap birinchi aytilsa, u holda ushbu gap ikkinchi gapdan vergul “, bilan ajratiladi. Agar when/while/as bilan birga kelgan gap ikkinchi aytilsa, u holda hech narsa

17

qo’yilmaydi, chunki when/while/as bog’lovchilarining o’zi ikkinchi gap qayerdan boshlanganligini ko’rsatib turadi.

While I was driving home, I ran out of petrol. – Uyga ketayotganimda yoqilg’i tugab qoldi.

I ran out of petrol while I was driving home. Uyga ketayotganimda yoqilg’i tugab qoldi.

! E’tibor beringki, o’tgan zamonda bir vaqtda tengma-teng davom etayotgan ikkita ish-harakat ya’ni, ikkita past continuousdagi gaplar faqatgina while yoki as bog’lovchilari bilan boglanishi mumkin. Bunday gaplarda when bog’lovchisidan foydalanish xato hisoblanadi.

Abror was doing his homework. – Abror uyga vazifasini bajarayotgan edi;

His brother was reading a book. Uning ukasi kitob oqiyotgan edi.

1) Abror was doing his homework while/as his brother was reading a book. – Ukasi kitob o’qiyotgan paytda Abror uyga vazifasini bajarayotgan edi.


2) While/As his brother was reading a book, Abror was doing his homework. – Ukasi kitob o’qiyotgan paytda Abror uyga vazifasini bajarayotgan edi.

Used to/Be used to/Get used to


1. Used to – o’tgan zamonda takroriy ravishda sodir bo’lgan, lekin hozir sodir bolmaydigan ish-harakat yoki holatlarga nisbatan ishlatilib, o’zbek tiliga …ardi (bo’lardi, o’ynardi, borardi kabi) deb tarjima qilinadi.


Peter used to eat a lot of sweets. – Peter ko’p shirinlik yeyardi. (lekin hozir ko’p shirinlik yemaydi).
Did Peter use to eat many sweets? – Peter ko’p shirinlik yeyarmidi?
Peter didn’t use to eat many sweets. Peter ko’p shirinlik yemasdi.


! Bunday gaplarda used to o’rniga past simple ham ishlatish mumkin. Ma’nosi ozgarmaydi.

He used to go out/He went out a lot when he was younger. U yoshligida ko’p ko’chaga chiqardi. (hozir ko’p ko’chaga chiqmaydi)


Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling