Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet13/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

O‘rta asrlar G‘arb falsafasi. Antik falsafaning inqirozi insoniyatning yangi sivilizatsiyaga kirishi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan falsafiy fikr taraqqiyotining tarixiy natijasidir. Sivi-lizatsiyaning yevropacha yangi variantining o‘ziga xosligi xristian-likning vujudga kelishi va taraqqiyoti bilan shartlangandir.
O‘rta asrlarning boshlanishini G‘arb Rim imperiyasining qula-shi bilan bog‘lashadi (476 y.). O‘rta asrlar falsafasi – bu V-XV asr-lar feodalizm davri falsafasidir. Bu davr falsafiy ta'limotlari I-V asrlardayoq shakllana boshlaganligini inobatga olib, o‘rta asr falsafasi rivojida quyidagi davrlarni ajrtib ko‘rsatish mumkin:

  1. apologetika va patristika davri (III-Vasrlar);

  2. sxolastika davri (V-XV asrlar).

O‘rta asrlar falsafasining o‘ziga xos jihati uning dinga tobeligi edi. Falsafiy mushohadalarning markazida xudo turar edi.
Apologetika (yunon. “apologia” – “himoya”) – nasroniylikning g‘oyalarini mushriklik mafkurasidan himoya qiluvchi falsafiy oqim. Apologetlar nasroniylik e'tiqodiga asoslangan falsafiy ta'li-motlar mavjud bo‘lishi mumkinligini ta'kidlaganlar. Eng mashhur apologetlardan biri Yustindir. Apologetikadan keyin patristika, ya'ni cherkov otalarining falsafiy ta'limoti paydo bo‘ldi.
Ilk patristikaga oid fikrlarni Filon Aleksandriyskiy (mil.av. 20 y. - mil. 40 y.)da ko‘rishimiz mumkin. Filon Geraklit-ning Logosga hissiy jonlangan Kosmosning tartibga keltiruvchi boshlang‘ichi sifatida qarashiga asoslanib, bunga teleologik talqin beradi. Logosni yaratuvchi - Xudo bilan bog‘laydi. Logos yo Xudo bilan aynanlashtiriladi (Xudoning xususiyati deb), yoki Xudoning eng “quyi” qatlami deb ta'riflanadi (olamni fikrlash uning vazi-fasi hisoblanadi). Logos absolyut mavjudot bilan dunyo o‘rtasidagi vositachi bo‘lib, moddiy dunyoga faol ta'sir ko‘rsatadi. Xudo Logos orqali dunyoni yaratadi, unga aql kiritadi. Dastavval Xudo shaklsiz, o‘lik materiyani, undan esa ideal modellarga asosan unga aql jo etadi. Shunday qilib, Platondagi g‘oyalar Filonda Xudoning g‘oyalariga aylanadi. Filon xristian etikasi asoslarini ham ishlab chiqqan. Insonda hayotning uch o‘lchovi mavjud: jismoniy (hayvoniy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan), aqliy (ruhiy va intellektual ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan) va ruhiy. Shuning uchun inson ruhi uning tanasi kabi gunohkor va o‘limga mahkum emas E'tiqodga asoslangan hayot odamlarning qutqarilishiga xizmat qiladi. Yaxshi hatti-harakatlar – bu Xudo irodasiga asosan amalga oshiriladigan hatti-harakatlardir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling