Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Sharq va G‘arb falsafiy muammolarining farqli tomonlari


Download 0.86 Mb.
bet10/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Sharq va G‘arb falsafiy muammolarining farqli tomonlari.

  1. G‘arb falsafasidan farqli ravishda Sharq falsafasi diqqat markazida inson muammosi turadi va bu muammo amaliyot nuqtai-nazaridan ko‘rib chiqiladi. G‘arb falsafasida naturfalsafiy, ontologik, gnoseologik, metodologik, estetik, mantiqiy, axloqiy, siyosiy, huquqiy muammolar tadqiq etiladi.

  2. Sharq falsafasi din bilan chambarchas bog‘liqlikda rivojlanadi. Masalan, braxmanizm, hinduizm, buddizm. G‘arb falsafasi esa dindan bir qadar uzoqlashadi va ilmiy metodologiyaga ko‘proq tayana-di. Masalan, antik faylasuflardan Demokrit, Epikur, Lukretsiy Karlarning asarlarida ateistik tendensiyalar kuchli.

  3. G‘arb va Sharq falsafasida kategorial apparatni ishlab chiqish ham o‘ziga xosliklarga ega. Sharq falsafasida mifologiya tomonidan taqdim etilgan tushunchalar qabul qilingan. G‘arb falsafasida asosan harakat, materiya, ong, qarama-qarshilik kabi an'anaviy kategoriyalardan foydalaniladi.

Birinchi sivilizatsiyalar taxminan 5 ming yil oldin Qadimgi Sharqda vujudga keldi (Misrdan to Hindistongacha bo‘lgan hudud). Bu sivilizatsiyalar dunyoqarash, din va falsafaning qorishmasidan iborat edi. Ulardan eng mashhurlari Hindiston va Xitoyda vujudga keldi.
Hind falsafasi Vedalar adabiyotidan o‘sib chiqdi. “Veda” so‘zi sanskritdan tarjima qilganda “bilim”ni anglatadi. Bu qadimgi hindlarning muqaddas kitoblari bo‘lib, dunyoni diniy tushunishni ifodalaydi. Vedalar adabiyoti uzoq vaqt shakllandi, eng qadimgilari taxminan miloddan avvalgi ikki minginchi yillarning o‘rtalarida vujudga keldi. Keyinchalik ularning ko‘p sonli sharhlari vujudga keldi. Bu sharhlarning eng muhimlari “Upanishadlar” (sanskrit. “o‘qituvchi yonida o‘tirish”)dir. Ularda birinchi marta Vedalarning diniy mazmuni falsafiy mushohada etildi. Upanishadlarda keyin-chalik hind falsafasining asosini tashkil qilgan mazmun bor.
Unga ko‘ra butun olam Braxman, ya'ni ideal, g‘oyaviy boshlan-g‘ichdan iborat. Bu dunyoqarash teizm deb ataladi. Teizm antik dunyo va o‘rta asrlar chegarasida vujudga keldi. Qadimda esa xudo haqidagi tasavvurlar boshqacha edi. Dunyo xudoga teng, xudo tabiatga singib ketgan. Bunday qarash panteizm deb ataladi.
Hindlarning Braxmani ana shunday panteistik mavjudot. Individual kishining ruhi – bu Atman, Braxmanning qismidir. Shuning uchun Braxman bilan yagonalikda mavjud bo‘lishi kerak. Lekin Atman doimo qandaydir bir moddiy, material tanada bo‘lib, Braxmandan ajralib qoladi. Bu tana tirikligida Atman unda yashaydi, tana o‘lgach esa u Braxmanga qaytishi va unda erib ketishi kerak. Lekin Atman boshqa tanaga o‘tib, yangidan yashay boshlaydi. Bu doimiy tug‘ilish sansara (qayta tug‘ilish g‘ildiragi) deb ataladi. Atmanning qaysi tanada keyinchalik tug‘ilishi Karma qonuniga aso-san amalga oshadi. Birinchi hayot yomon bo‘lsa, ikkinchisi yaxshi bo‘ladi, ammo jismoniy hayot doimo yomonlik deb hisoblanadi. Shuning uchun keyingi o‘limdan so‘ng Braxmanga singib ketib, qayta tug‘ilmaslik yaxshiroq. Agar Atman Braxman bilan qo‘shilsa, u individual zarracha bo‘lmay qoladi, Braxmanga aylanadi. Shunday qilib, o‘lgach Atman abadiylik uchun tug‘iladi va abadiy yashaydi. Ushbu Braxmanga qaytish nirvana deb ataladi.
Yana bir Hind falsafasidagi mashhur yo‘nalishlardan biri buddaviylikdir. Bu ta'limotning vujudga kelishi Siddxartxa Gautama ismli shahzoda haqidagi afsona bilan bog‘liq. U taxminan miloddan avvalgi VI asrda Hindistonda yashagan. Gautama hukm-dorlardan birining o‘g‘li bo‘lib, yosh va boy-badavlat edi. Tashqi dunyodan to‘sib turuvchi devorlar ortida, go‘zal koshonada yashar edi. Bir kuni u baland devordan oshib tushib, atrofni tomosha qilmoqchi bo‘ldi. Yo‘lda u qari, kasal, yuzlarini ajin bosgan cholni ko‘rdi, yoshlik o‘tkinchi ekanligini va qachondir u ham shunday kuchsiz va yordamga muhtoj bo‘lishini tushundi. Yo‘lda davom etib, og‘ir kasalga chalingan, butun badanini yara bosgan kishini ko‘rdi va sog‘liqning ham nisbiyligin angladi. Yana yo‘lda davom etib, unga tomon qo‘l-larini cho‘zib turgan qashshoq kishini ko‘rib boylik ham abadiy emasligini angladi. Uning omadi kelib badavlat ota-onasi oilasida tug‘ilgan ekan. Haqiqiy hayot esa ayanchli ekan. Bu narsalar ustida u uzoq o‘ylanib, Budda (nurlangan)ga aylandi va o‘z ta'limotini yaratdi. Bu ta'limot asosida 4 qoida yotadi:

  1. Hayot azoblanishdan iborat, shuning uchun yomonlikdir.

  2. “Insoniy azoblar, qiyinchiliklar, baxtsiz hayotning sababi nimada?” - degan savolga javob berish kerak. Uning sababi insoniyat-ning intilishlari va xohish-istaklarida (buddizmda “chanqoqlik” deb ataladi). Inson doimo qandaydir xohish-istaklarga ega bo‘lib, ularga intiladi. Ularga yetishgach esa, yangi xohish paydo bo‘ladi. Demak, bizning istaklarimiz uzoqlashib ketayotgan gorizont chizig‘iga o‘xshaydi. Bizning hayotimiz amalga oshmaydigan narsalar ortidan quvish, hyech qachon yetishmaydigan narsaga ega bo‘lish va shuning uchun azoblanishdan iborat.

  3. Chanqoqni yo‘qotish orqali azoblanishdan, ya'ni insoniy nimagadir intilishdan qutulish mumkin. Xohish-istak aylanasini imkoniyatlar aylanasiga keltirish yaxshiroq emasmi? Ana shunda insonning o‘z-o‘zi bilan uyg‘unlik vujudga keladi.

O‘z xohishlaridan voz kechish asketizm deb ataladi va buddaviy-likda to‘g‘ri hayot kechirishning yo‘li hisoblanadi.

  1. To‘rtinchi qoida ana shu yo‘lni ifodalaydi. Nirvanaga olib boruvchi to‘g‘ri yo‘l – 1) to‘g‘ri mulohaza (hayotni azoblanish deb tushu-nish); 2) to‘g‘ri qaror (har qanday tirik mavjudotga hamdardlikka tayyor bo‘lish); 3) to‘g‘ri nutq (rost, hiylasiz, do‘stona nutq); 4) to‘g‘ri hayot (tirik mavjudotlarga ziyon yetkazmaslik, birovning narsasiga tegmaslik, zino qilmaslik, yolg‘on gapirmaslik va h.k.). Buning natijasida paradoks yuzaga keladi: olish uchun voz kechish, ega bo‘lish uchun voz kechib, ega bo‘lish, yetib olish uchun to‘xtash.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling