Falsafaning fanlar tizimidagi o‘rni. Antik davrdan boshlab, faylasuflar falsafiy bilimga ko‘p madaniy sohalar ichida markaziy o‘rinni beradilar. Masalan, Aristotel (mil.av. 384-322 y.y.) falsafani: nazariy (aqliy), amaliy (inson faoliyati va uning natijalari to‘g‘risidagi bilim), tasvirlovchi (ijodiy) sohalarga ajratgan. Birinchi sohaga metafizika, fizika va matematika, ikkinchisiga – etika, iqtisod, siyosat, uchinchisiga –poetika, ritorika, san'at kirgan. Aristotel fikricha, falsafa “bosh fan bo‘lib, qolgan fanlar xuddi kanizaklar kabi unga bo‘ysunishi kerak”2
F.Bekon (1561-1626 y.y.) fanning turli sohalarni bir nuq-tadan tarqaluvchi chiziqlar sifatida tasvirlamay, balki bir daraxt-ning shoxlariga o‘xshatish mumkin, deydi. Shoxlarga bo‘linishdan oldin u ma'lum joyda yagona, butun, bo‘linmas edi. Ana shu fanni “birinchi falsafa” yoki “donishmandlik” deb ataymiz. Falsafani bemaqsad ma'rifat deb biluvchilar anglamaydilarki, aynan undan boshqa fan va san'at, kasblarga hayotiy sharbat oqib turadi.
Qadimgi dunyoda barcha fanlar falsafa bag‘rida bo‘lib, asta-sekin fanlar rivojlanib, o‘z nazariy asoslariga ega bo‘lgach, mustaqil fan sifatida falsafadan ajralib chiqqanlar.
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: dunyoqarash, mifologik dunyoqarash, diniy dunyoqarash, falsafiy dunyoqarash, falsafa, ontologiya, gnoseologiya, antropologiya (sotsiologiya), muammo, falsafaning funksiyalari.
Takrorlash uchun savollar:
Falsafa fanining predmeti nimadan iborat?
Dunyoqarash nima?
Dunyoqarashning qanday tarixiy tiplarini bilasiz?
Falsafaning asosiy sohalarini bilasizmi?
“Inson-olam” tizimida qanday munosabatlar mavjud?
Falsafaning qanday funksiyalari bor?
2-mavzu: Qadimgi davr va o‘rta asrlar G‘arb falsafasi
Siz quyidagilarni o‘rganasiz:
yo‘nalishlari;
Qadimgi Xitoy falsafasi va uning asosiy falsafiy
maktablari;
davrlari.
O‘rta asrlar falsafiy fikri rivojlanishi va uning asosiy diniy-falsafiy yo‘nalishlari taraqqiyoti.
Do'stlaringiz bilan baham: |