Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Falsafa quyidagi tashkil etuvchilardan iborat


Download 0.86 Mb.
bet5/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Falsafa quyidagi tashkil etuvchilardan iborat. Bular:
1. Ontologiya (yunon. “ontos” – “borliq”, “logos” – “fan”) borliq to‘g‘risidagi, barcha mavjud narsalar to‘g‘risidagi ta'limot. U borliqning eng umumiy shakllarini uning mazmunidan uzoqlashib o‘rganadi. Bu shakllar borliq va yo‘qlik, moddiylik va ruhiylik, materiya va ong, fazo va vaqt, harakat kabi asosiy ontologik katego-riyalarda ifodalanadi.
2. Gnoseologiya (yunon. “gnosis” – “bilim”, “logos” – “fan”) bilish muammolari bilan shug‘ullanadi. U bilish jarayonining mohiyati va mazmuni, bilishning sub'ekti va ob'ekti o‘rtasidagi munosabat, mavjud olamni bilishning shakl va usullari, bilish-ning chegaralari kabi masalalarni tadqiq etadi. Zamonaviy gnoseo-logiyada epistemologiya va fanshunoslik kabi tarmoqlar mavjud. Epistemologiya (lot. “episteme”“bilim”) bilim to‘g‘risidagi ta'limotdir. Epistemologiya bilimni bilish jarayonidagi sub'ekt-ob'ekt munosabatlaridan uzoqlashgan holda o‘rganadi. U bilim stukturasini va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Epistemologiya antik davrlardan beri mavjud bo‘lsa-da, uning muammolari XX asrgacha formal mantiq doirasida o‘rganib kelingan.
Fanshunoslik – fan rivojlanishining nazariy muammolarini o‘rganuvchi fan. Fanshunoslik XX asrning 60-yillarida alohida tarmoqqa aylandi.
3. Antropologiya (yunon. “antropos” – “inson”, “logos” – “fan”) inson to‘g‘risidagi ta'limot. Falsafiy antropologiya inson-ning kelib chiqishi, uning hayotining mazmuni va ma'nosi, insonning tabiat va jamiyat bilan munosabatlari masalalarini o‘rganadi.
4. Mantiq tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi fan-dir. Mantiq tafakkurning vositalari, qonunlari, shakllari, usul-lari, sun'iy intellekt bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etadi. Mantiq qadimgi dunyoda vujudga kelgan.
5. Etika (yunon. “ethos” – “urf-odat”) – axloq to‘g‘risidagi fan. Etika axloqning tabiati, mohiyati, mazmunini hamda inson hayo-tining asosiy qadriyatlarini tadqiq etadi. Etika inson xulq-atvo-rining normalarini o‘rganuvchi ta'limot bo‘lib, antik falsafaning amaliy yo‘nalishi sifatida vujudga keldi.
Etika doirasida etologiya – konkret jamiyatlarning axloqiy normalari to‘g‘risidagi fan va aksiologiya (yunon. “axia”“qad-riyat”) – inson hayotining qadriyatlari to‘g‘risidagi fan farqlanadi.
6. Estetika (yunon. “aisthetikos” – “his etuvchi, hissiyot”) – go‘zal-lik qonuniyatlari to‘g‘risidagi fan. Estetika ham etika kabi falsafa-ning eng qadimgi tarmoqlaridan biri deb hisoblanadi. U tabiatdagi, san'atdagi va inson hayotidagi go‘zallikning mohiyati, shakllari, tiplarini o‘rganadi. Go‘zallik ob'ektiv mavjudmi yoki inson ongining mahsulimi? - degan savol, ya'ni go‘zallikning kelib chiqishi to‘g‘risidagi muammo estetikaning asosiy muammosi hisoblanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling