Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet6/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

7. Falsafa tarixi falsafiy fikrning vujudga kelishidan hozirgi davrgacha bo‘lgan taraqqiyotini o‘rganadi. Falsafa tarixida falsafiy fikr taraqqiyoti tarixiy davrlar, maktablar va yo‘nalish-larga bo‘lingan holda o‘rganiladi.
Falsafaning funksiyalari. Falsafa ma'naviy faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida bevosita insonlarning ijtimoiy-tarixiy amaliyoti bilan bog‘liq emas va shuning uchun ma'lum ijtimoiy vazi-falarni hal etishga yo‘naltirilgan va bu jarayonda turli funksiya-larni bajaradi.
1. Dunyoqarash funksiyasi. Insonlarning mavjud dunyo to‘g‘ri-sidagi tasavvurlarini umumlashtirib, falsafa ratsional nuqtai-nazardan hamda boshqa dunyoarashlardan farqli o‘laroq dunyo va inson-ning undagi o‘rni to‘g‘risida qarashlar tizimini shakllantiradi. Hyech bir maxsus fan bu funksiyani bajarmaydi. Maxsus fanlar o‘z pred-meti doirasida borliqning ma'lum bir sohasini o‘rganadi. Shuning uchun hyech bir fan dunyoni bir butunligicha qamrab ololmaydi. Maxsus fanlarning xulosalarini umumlashtirib, bu vazifani falsafa bajaradi.
2. Gnoseologik funksiya. Bilish nazariyasida inson-dunyo munosabati bilishning sub'ekti va ob'ekti munosabati sifatida gavdalanadi. Haqiqat nima? – degan savol gnoseologiyaning abadiy savol-laridan biridir. Haqiqat, uning mezonlari, uning ichki dialekti-kasi muammolarini tadqiq etib, falsafa bilish jarayoniga o‘zining hissasini qo‘shadi va o‘zining gnoseologik vazifasini bajaradi.
3. Metodologik funksiya. Falsafa bilishning eng umumiy, xususiy va umumilmiy metodlarini, bilishning asosiy tamoyillarini, eng umumiy yo‘llari va vositalarini ishlab chiqadi.
4. Integrativ funksiya. Alohida fanlar tomonidan olingan bilimlar shunday xilma-xilki, ularni yagona tizim holiga keltirilishi zaruriyati mavjud. Aks holatda tadqiqotchi ilmiy hamjamiyatdagi o‘z o‘rnini topa olmay qolishi mumkin.
5. Tanqidiy funksiya. Falsafa barcha mavjud bilimlar va ijtimoiy-madaniy qadriyatlar tizimini tanqidiy jihatdan ko‘rib chiqadi. Falsafa bilimlar rivojida antidogmatik rol o‘ynaydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling