Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet3/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mifologik dunyoqarashga quyidagi xususiyatlar xos:

  1. Antropomorflik, ya'ni tabiat hodisalarini inson bilan analogiya qilgan holda tushuntirish. Tabiat hodislariga insonga xos hissiyotlar, xohish, nafrat, azoblanish va h.k.larni ham taalluqli deb hisoblanadi.

  1. Deskriptivlik (ingl. “descriptive” – “tasvirlovchi”) – hodi-salarni tasvirlovchi hikoya tarzida tushuntirish, afsona tarzida; asosiy qahramonlar – xudolar o‘ziga xos insonlar tarzida tasvir-lanadi (mas., Neptun, Zevs, Apollon va b.)

  1. Sinkretizm (ajralmaganlik, yaxlitlilik) – sub'ektiv va ob'ektiv olamning yaxlitligi. Inson o‘zini tabiatdan ajratib qaramaydi.

  1. Sehrgarlik bilan aloqadorlik. Bu xususiyat ancha rivoj-langan ibtidoiy jamoa ongiga xos bo‘lib, shamanlar, sehrgarlar va boshqalarning hatti-harakatlarida ifodalanib, ularda inson tanasi, hayvonlar va o‘simliklar to‘g‘risida ilmiy bilimlarning dastlabki unsurlari bo‘lgan.

Ko‘p olimlar diniy dunyoqarash mifologik dunyoqarashning xu-dolar to‘g‘risidagi tasavvurlarining taraqqiyoti, sub'ektiv va tabi-iy olamdan tashqari, tabiatdan ustun bir olamning mavjudligini asta-sekin anglash asosida vujudga kelgan, deb hisoblaydilar.
Mifologiyadan farqli ravishda, din o‘z diqqatini ruhiy, tabiatdan ustun bo‘lgan olam, xudolar va ularning atributlariga qaratadi. Birinchi o‘rinda Xudoga bo‘lgan ishonch shaklidagi psixo-logik ustanovka turadi. Inson ham xudolarga o‘xshash bo‘lishi, axloqiy takomilga yetishi va o‘zini abadiy hayotga erishishi mumkin, deb hisoblanadi. Din nafaqat ishonch, balki qator diniy urf-odatlar, hatti-harakatlar bilan bog‘liq. Buddizm (mil.av. 6-5 asr-lar), xristianlik (1 asr) va islom (7 asr) eng keng tarqalgan jahon dinlariga aylandi. Hamma dinlarga xos xususiyat – g‘ayritabiiy, tabiatdan ustun kuchga ishonishdir.
Falsafiy dunyoqarash jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojining yuqoriroq bosqichida vujudga keldi. Uning dastlabki belgilari miloddan avvalgi XII-VIII asrlarda Qadimgi Xindiston, Xitoy, Misr, Yunonistonda ko‘rina boshladi. Uning ruhiy faoliyatning o‘ziga xos shakli sifatida shakllanishi Qadimgi Yunonistondagi (mil.av. VII-V asrlar) madaniy to‘ntarish kabi shart-sharoit bilan bog‘liq. Erkin tafakkurga yo‘l ochgan polis demokra-tiyasining vujudga kelishi ham muhim sabablardan biridir. Fal-safa tarixining yirik bilimdoni Gegelning yozishicha, “siyosiy er-kinlikning tafakkur erkinligi bilan umumiy bog‘liqligi sababli, falsafa erkin davlat tuzumi vujudga kelgan joyda tarixda namoyon bo‘ldi... Shuning uchun falsafa yunon dunyosida vujudga keldi”.
Falsafa vujudga kelishining umummadaniy shart-sharoit-laridan biri – magiya qa'rida o‘sib borayotgan ilmiy bilim bilan mifologik-diniy shakl o‘rtasidagi ziddiyatning o‘sib borishi edi.
Falsafa bir qator asrlar davomida tabiiy-ilmiy bilim bilan birgalikda rivojlanib bordi. XVIII asrning oxiri – XIX asrlar-da bu umumiy bilim bag‘rida dunyoqarashning naturalistik shakli vujudga keldi. Uning birinchi ko‘rinishi vulgar materializm edi. XIX-XX asrlarda tabiiy-ilmiy materializm ko‘rinishida bo‘ldi. Uning vujudga kelishining asosiy shart-sharoiti fizika, biologiya va boshqa fanlarning nazariy asosining shakllanganligi va tabiat-shunoslarning ularga nisbatan faylasuflarning munosabati bilan (Shelling, Gegel) qoniqmaganliklaridir. Shelling va Gegel kabi faylasuflar xususiy ilmiy muammolarni hal etishda tabiatshunos-larga rahbarlik qilmoqchi edilar.
Naturalistik shakldan farqli ravishda falsafa dunyoqarash shakli sifatida dunyoqarash muammolarini hal etishda hamma fan-larning umumiy xulosalariga tayanadi. Falsafa o‘zining tabiat-shunoslikka nisbatan munosabatlarini o‘zgartirdi, shu bilan bir vaqtda mafkura, ijtimoiy bilim va insonlarning kundalik dunyo-qarashi bilan bog‘landi. Qadimgi dunyoda faqat falsafaga xos bo‘l-gan xususiyat – donishmandlikka intilish qayta boshladi. Platon-ning aytishicha: “Faylasuf uchun donishmand nomi juda baland va faqat xudoga xos. Unga donishmandlikni sevuvchi yoki shunga o‘xshash nom ko‘proq to‘g‘ri keladi...”1.
Falsafa naturalistik shakldan faqat o‘zining umumiy tushun-chalari bilan emas, balki o‘zining reallik bilan ko‘p xil aloqalari bilan ham farqlanadi. Uning barcha mazmuni donishmandlik bilan sug‘orilgan. “Falsafa” so‘zi yunon tilidagi “phileo” – “sevaman” va “sofia” – “donishmandlik” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “donishmand-likni sevish” deb tarjima qilinadi. Donishmandlik uning ibtidosi va intihosidir. V.Sokolovning ta'rificha, “Falsafa o‘z davrining eng tizimlashgan va maksimal ratsional dunyoqarashidir”.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling