Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


yilda Varshavada (nemis, polyak, rus faylasufi) Genrix yegorovich Struve


Download 0.86 Mb.
bet4/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

1890 yilda Varshavada (nemis, polyak, rus faylasufi) Genrix yegorovich Struvening “Falsafaga kirish” deb nomlangan kitobi nashr etilgan. Bu kitobda falsafa ichida yangi fan, ya'ni “falsafa falsafasi” deb nomlanuvchi fanni vujudga keltirish lozimligi ta'kidlangan edi. Uning asosiy vazifasi falsafaning o‘zini o‘rga-nish edi. “Falsafaga kirish” kitobi uning birinchi qismi bo‘lib, unda falsafaning predmeti, vazifalari, aqliy hayotning boshqa hodisalari bilan o‘xshash jihatlari va o‘ziga xos tomonlari, falsa-faning metod va vositalari tahlil etilgan edi. G.Struvegacha ham turli faylasuflar falsafaning predmeti to‘g‘risida antik dunyodan boshlab fikr yuritganlar.
Germaniyada 1840 yilda F. Keppenning “Falsafa falsafasi” deb nomlangan asari chop etildi. Lekin bu kitobda falsafaning mohiyati va vazifalari to‘g‘risidagi masala markaziy o‘rinni egallamay, turli xil falsafiy tizimlarni taxlil etish va taqqos-lash oqibati edi. Bu asar albatta yangi fan vujudga kelishining tarixiy shart-sharoitlariga kiradi. Lekin G.Struveni “falsafiy bilim nazariyasi”ning, “metafalsafa”ning yoki “falsafa falsafa-si”ning asoschisi deb hisoblanadi.
Falsafaning predmeti “inson-olam” tizimidagi eng umu-miylikdir. Uning predmetini quyidagicha tasvirlash mumkin: ikkita sistema osti substratlar (inson va olam) va to‘rtta ular o‘rtasidagi munosabatlar.
1. Genetik munosabatlar. Inson o‘zini o‘rab turgan muhit bilan uzviy aloqadorlikda mavjud bo‘ladi. Chunki u o‘zi shu muhitning bir qismi va uning mahsuli.
2. Bilish munosabatlari. Inson bu dunyoda yashashi va unga moslasha bilishi uchun doimo o‘z atrofida bo‘layotgan hodisalarning qonuniyatlarini bilib boradi.
3. Aksiologik munosabatlar. Har bir insonning o‘z qadriyatlar tizimi bo‘ladi. O‘zi uchun ijobiy ahamiyatli bo‘lgan narsalarni qadrlaydi.
4. Prakseologik yoki ruhiy-amaliy munosabatlar. Inson o‘zini o‘rab turgan dunyonining qonuniyatlarini bilish orqali uni o‘zgartiradi ham. O‘zi yashayotgan muhitni takomillashtiradi.
Falsafa” va “faylasuf” so‘zlarini birinchi bo‘lib miloddan avvalgi VI asrda yashagan faylasuf Pifagor podsho Leont bilan suhbatda qo‘llagan. U: “Men donishmand emasman, faqat faylasuf-man”, - degan. Har qanday rivojlangan fan kabi falsafa ham o‘z ichki tuzilishiga ega.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling