Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
-mavzu: Falsafa fanining predmeti va asosiy
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dunyoqarash tushunchasi. Uning shakl va tiplari.
- Falsafa – bu dunyoqarash bo‘lib, insonning uni o‘rab turgan olamga bo‘lgan munosabati haqidagi, olamning o‘ziga nisbatan qarashlarning yig‘indisidir.
- Dunyoqarash bu insonning butun olamga nisbatan, hamda insonning bu olamga munosabatlariga nisbatan qarashlaridir
1-mavzu: Falsafa fanining predmeti va asosiy
mavzulari. Falsafiy dunyoqarash Siz quyidagilarni o‘rganasiz: falsafaning predmeti, tushunchalari va mazmuni; falsafa dunyoqarash sifatida; falsafiy bilimning o‘ziga xosligi va uning jamiyatdagi funksiyalari; falsafiy bilim strukturasi; Mavzuning maqsadi: falsafaning predmeti va falsafaning jamiyat hayotidagi ahamiyati to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; fanning asosiy tushunchalari va strukturasi bilan tanishtirish; mifologik, diniy, falsafiy va ilmiy dunyoqarashlar mutanosibligini aniqlash; Dunyoqarash tushunchasi. Uning shakl va tiplari. Har qanday fanni o‘rganish dastavval “bu fan nimani o‘rganadi?” degan savolga javob berishdan boshlanadi. Masalan, astronomiya – osmon jismlari to‘g‘risidagi fan, biologiya – hayotning turli shakllari, tarix – o‘t-mish voqyealari to‘g‘risidagi fan deymiz. Demak, har bir fan bizni o‘rab turgan olamning qandaydir sohasini yoki qismini o‘rganadi, ya'ni o‘z o‘rganish sohasiga ega. Falsafa-chi, u nimani o‘rganadi? Uning predmetini nima tashkil etadi? Falsafa – bu dunyoqarash bo‘lib, insonning uni o‘rab turgan olamga bo‘lgan munosabati haqidagi, olamning o‘ziga nisbatan qarashlarning yig‘indisidir. Falsafa bilan bir qatorda dunyoqa-rashning boshqa shakllari mavjud: mifologik, diniy, badiiy, natu-ralistik, kundalik. Boshqa dunyoqarash shakllaridan falsafa ijtimo-iy ongning ilmiy sohasiga kirishi bilan farq qiladi. U o‘zining kategorial apparatiga ega bo‘lib, bu apparat o‘z taraqqiyotida barcha fanlarning yutuqlari, insoniyat rivojining tajribasiga tayanadi. Dunyoqarash bu insonning butun olamga nisbatan, hamda insonning bu olamga munosabatlariga nisbatan qarashlaridir. Dunyoqarashning sub'ekti, ya'ni tashuvchisi alohida individlar, ijtimoiy guruhlar, sinflar va jamiyat hisoblanadi. Bu sub'ektlar-ning har biri dunyoqarashga o‘zining hissasini kiritib, uni origi-nal, takrorlanmas qiladi. Dunyoqarash, shuningdek, tabiiy hamda ijtimoiy, madaniy omillarga ham bog‘liq. Dunyoqarash strukturasida ikkita darajani ajratib ko‘rsatish mumkin: birinchisi, dunyoni hissiy o‘zlashtirishga mos keladi (dunyo-ni sezish, idrok etish, tasavvur qilish, dunyo bilan bog‘liq kechinma-lar); ikkinchisi, insonda tushunchalar orqali fikrlash bilan bog‘-liq; o‘z-o‘zini alohida va olamni mushohada etishni dunyoni tushunish deb ham atash mumkin. Har ikki holatda ham dunyoqarash inson va olamning o‘zaro munosabatlari tizimi bo‘lib gavdalanadi. Shuni ta'kidlash kerakki, inson olamning bir bo‘lagi, inson olamda mav-jud, insonsiz hyech qanday “qarash” mavjud bo‘lishi mumkin emas, ham-da bu qarash insonning o‘ziga, o‘z hayot faoliyati uchun zarur. Chunki insonning alohidaligi nisbiydir. Shunday qilib, dunyoqarash ikki qism (substrat)dan tashkil topgan bo‘lib, bu “inson” va “olam” yoki “dunyo”. Insonning olamga nisbatan munosabatlari quyidagilarga bo‘linadi: 1) genezis munosabatlari (kelib chiqishiga ko‘ra); 2) bilish munosabatlari; 3) baholash yoki aksiologik (qadriyatiy) munosabat-lar; 4) ma'naviy-amaliy (yoki prakseologik) munosabatlar. Demak, har qanday dunyoqarashning asosiy masalasi: inson bilan olam, dunyo o‘rtasidagi munosabatlardir. Dunyoqarash tiplari turli asoslarga ko‘ra bo‘linadi: 1. Dunyoni, uning strukturasini o‘zlashtirishdagi vositalar inobatga olinsa, hissiy-obrazli va tushunchaviy-belgili dunyoqarash. 2. Dunyodagi umumiy yo‘nalishga (ya'ni nima birlamchi, ruhmi yoki materiya) e'tibor berilsa, idealistik va materialistik dunyoqarashlar. 3. Dunyoqarash asosida yotadigan substansiyaga qaralsa, monis-tik, dualistik va plyuralistik dunyoqarashlar. 4. Dunyoqarashda qo‘llaniladigan metodlarga e'tibor berilsa, dialektik, metafizik dunyoqarashlar. 5. “Inson” yoki “sub'ekt” tushunchasining darajalariga ko‘ra, dunyoqarashlar shaxsiy, guruhiy, sinfiy yoki davlat, millat, jamiyat dunyoqarashi bo‘lishi mumkin. 6. Ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar ham qator dunyoqarash-larni gavdalantiradi (“feodal”, “Uyg‘onish davri” dunyoqarashlari va h.k.). Dunyoqarashning barcha tiplarida ham, xuddi shakllaridagidek, insonning olamga nisbatan munosabati masalasi asosiy masala bo‘lib qoladi. Falsafa ham boshqa dunyoqarash shakllari kabi, insonning dunyoni va o‘z-o‘zini bilish ehtiyojidan vujudga kelgan. U boshqa shakllarga qaraganda ko‘proq ishlangan shakldir. Falsafagacha bo‘lgan dunyoqarash tiplarini ko‘rib chiqaylik. Dastlabki vujudga kelgan dunyoqarash shakllaridan biri – kundalik dunyoqarash bo‘lib, uning shart-sharoitlari – insonga xos bo‘lgan tafakkur va hissiyotlar, kommunikativ omil, ya'ni oila, urug‘, qabila doirasidagi munosabatlar, avloddan-avlodga o‘tib borgan ko‘rgazmali-hissiy obrazlar inson bilim doirasini kengaytirib borgan. Kundalik dunyoqarash bilan deyarli bir vaqtda mifologik dunyoqarash ham vujudga kelgan (tabiiy hodisalarning sabablarini tushuntiruvchi kengroq dunyoqarash). Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling