Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet16/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Mohiyat va mavjudlik muammosi. Mohiyat va mavjudlikning mos tushishi zaruriy tarzda faqat Xudoga xos. Bu holat abadiy va o‘zgarmas. Bu mos kelishni predmetlarda ham ko‘rish mumkin. Ammo narsalar o‘z mavjudligida nihoyaga ega.
F.Akvinskiy Xudoning mavjudligini isbotlashga urinadi. Isbotlashning 5 usulini taklif etadi:
1-usul. Narsalar harakatining manbai qidiriladi.(birinchi turtki)
2-usul. Sabablarning cheksiz ierarxiyasi bo‘lishi mumkin emas. Birinchi sabab bo‘lishi kerak.
3-usul. Narsalarning tasodifiy o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ular zaruriy sabab bilan bog‘lanishi kerak.
4-usul. Mukammallikning darajalarini kuzatish orqali mukam-mallikning oliy darajasi borligi to‘g‘risidagi fikrga kelinadi.
5-usul. Dunyoning maqsadga muvofiq tashkil topganligiga e'ti-bor berilib, oliy maqsadga muvofiqlikning mavjudligiga kelina-di. U butun tabiatni tartibga keltiradi.
XI asrga kelib sxolastik falsafaning ichida nominalizm va realizm o‘rtasida ilmiy bahs boshlanadi. Ushbu bahs universaliylar (lot. “universale” – “umumiy”), ya'ni umumiy tushunchalar to‘g‘risida edi. Universaliylar to‘g‘risidagi munozara markazida “Universa-liylar ob'ektiv mavjudmi yoki faqat yakka predmetlar mavjudmi?”,- degan savol turadi.
Realizm vakillari universaliylar qandaydir ilohiy mohiyat kabi yakka predmetlardan oldin ob'ektiv mavjud deb hisoblaydilar.
Nominalizm vakillari (lot. “nomen” – “nom”) yakka predmetlar ob'ektiv mavjud bo‘lib, universaliylar ularning umumiy nomlari-dir, xolos, deb hisoblar edilar.
Uilyam Okkam (1280 yoki 1290-1349) tanqidiy nominalizm vakili. Universaliylar faqat mavhumlashgan bilim darajasida mav-jud. Universaliylar real substansional asosga ega emas va aqldan tashqari mavjud emas.Okkam fikricha, agar narsa mavjud bo‘lsa, u mohiyatga ham ega.


Mavzuning asosiy tayanch tushunchalar: Qadimgi Hind falsa-fasi, Qadimgi Xitoy falsafasi, Qadimgi Yunoniston falsafasi, buddaviylik, daosizm, konfutsiychilik, sxolastika, patristika, apologetika, nominalizm, realizm.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling