Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


V asrning oxiri va VI asrning boshlari


Download 0.86 Mb.
bet18/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

V asrning oxiri va VI asrning boshlarida O‘rta Osiyo va Eronda kuchayib borayotgan zulmga qarshi Mazdak boshchiligida xalq qo‘zg‘oloni ko‘tariladi.
Mazdakchilar mafkurasi jamoa yerlarini bosib olishga qaratil-gan harakatni va dehqonlarning qaramligiga qarshi kurashishni himoya qilishga qaratilgan edi.
Mazdak ta'limoticha asosiy yovuzlik – boylikka hirs qo‘yish va kambag‘allikdir. Bular g‘arazgo‘ylik, bir-birini ko‘rolmaslik, qasos olishning sabablaridir. Ijtimoiy adovatlarga qarshi kurash hasadgo‘ylik, bir-birini ko‘rolmaslik, qasos olishni bartaraf etish-ning, haqiqiy insoniy munosabatlarini vujudga keltirishning yo‘li – xudoga toat-ibodat qilishdir.
Mazdakchilarning maqsadi mulkiy tenglikni o‘rnatishdan ibo-rat edi. Bu tenglik barcha moddiy boyliklarga birga egalik qilish-dir deb tasavvur qilinadi. Mazdakchilar jamoaga asoslangan holda har bir kishi mulkka teng ega bo‘lish kerak deb hisoblaydilar.
Tenglik g‘oyasi mazdakchilar ta'limotining asosiy negizidir. Miloddan avvalgi I asr va milodning IV-V asrlari orasida O‘rta Osiyo, Turon – Eron, Shimoliy Hindiston, Kavkazning Osiyo etak-laridan “Saddi Chin”gacha bo‘lgan hududni o‘z ichiga olgan. Kushon shohlar saltanati Maxayana buddachiligini o‘zining g‘oyaviy e'tiqodi, mafkurasi deb e'lon qildi. Shunday qilib, miloddan ancha oldin O‘rta Osiyoda diniy, ijtimoiy-falsafiy qarashlarning dastlabki kurtaklari vujudga keldi. VIII-XIII asrlarda O‘rta Osiyoda ijtimoiy-falsafiy fikrlar o‘z taraqqiyotining gullab yashnagan davrini kechirdi. Bu jarayonga O‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlaridagi ilmiy, falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, diniy ta'limotlar ham katta ta'sir ko‘rsatdi.
Abu Nasr Forobiy (873 yil Farob shahri – 950 yil Damashq shahri) jahon madaniyatiga katta hissa qo‘shgan mutafak-kir. 160 dan ortiq asar yaratgan. Forobiy asarlarini ikki guruhga ajratish mumkin:

  1. Yunon faylasuflari va tabiatshunoslarining ilmiy meros-larini izohlash, targ‘ib qilish va o‘rganishga bag‘ishlangan asarlar.

  2. Turli sohalarga oid mustaqil, original asarlar.

Forobiy dunyoqarashining shakllanishiga Yunonistonning falsafiy merosi ta'sir ko‘rsatdi.
Forobiy falsafasiga ko‘ra, olam yagona mavjudotdan iborat, Olloh hamma narsaning ibtidosi, barcha vujudlar undan emanatsiya asosida kelib chiqadi, uning so‘nggi pog‘onasi materiyadir. Forobiy olamning moddiyligiga katta e'tibor beradi. Uning fikricha, tabi-at materiya turli shakllarining paydo bo‘lishi, sabab-oqibat munosa-batlari asosida, muayyan izchillik va zarurat bo‘yicha kechadigan tad-rijiy jarayondir. Forobiy materiya fazoda ham, vaqtda ham intiho-siz, ya'ni abadiydir, degan fikrni ilgari suradi. Shu tarzda panteizmning Sharqdagi ko‘rinishi – vujudiyunni materialistik g‘oyalar bilan boyitadi.
Borliqning kelib chiqishi haqidagi ta'limotiga asosan, mav-judot to‘rt unsur – tuproq, suv, havo, olovdan tashkil topadi; osmon jismlari ham, yer jismlari ham shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Moddiy jismlarning farq qilishiga sabab, ular-ning ibtidosidagi unsurlarning turlicha bo‘lishidir; masalan, olov – issiqlik sababi; suv – sovuqlik, namlik; tuproq – qattiqlik va boshqalar. Forobiy butun mavjudotni sabab va oqibat munosabat-lari bilan bog‘langan olti daraja (sabab) ga bo‘ladi: Olloh (as-sabab al-avval), osmon jismlari (as-sabab as-soniy), aql (al-aql al-faol), jon (an-nafs), shakl (as-sura), materiya (al-modda). Bulardan Olloh “vujudi vojib”, ya'ni zaruriy mavjudlikdir, qolganlari esa “vujudi mumkin”. Bular bir-birlari bilan sababiy bog‘langan.
Forobiy o‘rta asrlar sharoitida birinchi bo‘lib, jamiyatning kelib chiqishi, maqsad va vazifalari to‘g‘risida izchil ta'limot yaratdi.
Forobiy “Fozil odamlar shahri” asarida jamiyatning kelib chiqishi haqida yozadi. “Har bir inson tabiatan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lish uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi”3.
Baxt-saodatga erishuv haqida” risolasida o‘zining orzu qilgan ideal davlatni yorqin tasvirlaydi: “Davlatning vazifasi insonlarni baxt-saodatga olib borishdir. Bu esa ilm va yaxshi ahloq yordamida qo‘lga kiritiladi”.
Bilish haqidagi ta'limot Forobiy asarlarida anchagina izchil va mukammal ishlangan. Bilish masalasiga u inson mohiyatini tushuntirib berishning tarkibiy qismi sifatida qaradi. Inson tabiat tabiat taraqqiyotining mahsuli bo‘lib, o‘z sifatlari bilan hayvonoi olamidan farq qiladi; inson-bilish sub'ekti, tabiat esa uning ob'ekti,- deydi.
Forobiy fikricha, insonning bilishini, ruhiy qobiliyatlarini miya boshqaradi, yurak esa barcha a'zolarni hayot uchun zarur bo‘lgan qon bilan ta'minlovchi markazdir, barcha ruhiy “quvvatlar”, jumladan bilish qobiliyati muayyan a'zoga bog‘liq. Forobiy ruh va tananing o‘zaro masalasida ruhning ko‘chib yurishi (tanosuh) ta'limotiga qarshi chiqdi.
Bilishning 2 bosqichi: hissiy va aqliy bilish farq qilinadi. Forobiy “Aql ma'nolari haqida” risolasida aql masalasini chuqur talqin qiladi. U aql bir tomondan, ruhiy jarayon, 2-tomondan tashqi ta'sir – ta'lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling