Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (973-1048 yy.)
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”
- “Yodgorliklar”
Abu Rayhon Beruniy Muhammad ibn Ahmad (973-1048 yy.) 152 kitobning muallifi, o‘z zamonasining hamma fanlarini: astro-nomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya fan-larini puxta egallagan. Bu fanlar taraqqiyotiga shunday muhim hissa qo‘shdiki, uning nomi dunyo faniningbuyuk siymolari qatoridan joy oldi. “Berun” so‘zi “tashqi shahar” ma'nosini anglatadi. (Xorazm-ning Kot shahrida tug‘ilgan). Abu Nasr ibn Iroq Mansur qo‘lida ta'-lim oladi. “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan.
Abu Abbos Ma'mun II tomonidan Urganchga chaqirtiriladi. “Ma'mun akademiyasi” faoliyatida muhim rol o‘ynaydi. Abu Rayhon Beruniy fikricha, kishilarning tabiatini past-kashlashtiradigan yomon axloqdan, haqiqatni ko‘rishga imkon bermay-digan xislatlardan o‘zini tozalagandan keyingina ilmiy tadqiqotga kirishish mumkin. U tarixni bayon qilishda diniy, irqiy farqlardan qat'iy nazar, xolison turish kerak, deb talab qiladi. U o‘zining ilmiy tekshirish ishlarida qiyosiy analiz qilish metodidan keng foydalangan. Masalan, u hind fani va falsafasi, ularning diniy e'tiqodlari va urf-odatlari haqidagi ma'lumotlarni yunon mifo-logiyasi va falsafasi bilan solishtiradi. Abu Rayhon Beruniy ham idealistik asoslarga suyanadi, lekin ulardan farqi shundaki, u dunyoqarashga oid masalalarni hal etishni tabiiyot va aniq fanlardan kelib chiqqan xulosalar bilan bog‘lashga harakat qildi. Ayrim olim-lar va ruhoniylarning tabiat hodisalarini ilohiy kuch irodasi natijasida hosil bo‘lgan “mo‘jiza” deb talqin etishlariga qarshi turib, “Yodgorliklar” asarida “Bular hammasi narsalarning asosi-ga qurilgan va ularga xos hodisalar”, - deydi. Abu Ma'sharning “Tabiat hamma narsadan kuchli”, - degan fikriga qo‘shiladi. Abu Rayhon Beruniyning tabiatni stixiyali materialistik asosda tushunishi ko‘pincha deistik qobiqqa o‘ralib qoladi. U taraq-qiy etish va yo‘q bo‘lishga sabab bo‘lgan tabiiy hodisalarni tekshi-radi. U tabiatda qotib qolgan narsa yo‘q, “ dunyodagi hamma narsa ma'lum vaqtdan keyin bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib turadi,-deydi. Tana va ruhga oid hodisalarni ham talqin qilishda uning materialistik tendensiyasi ochiq-oydin ko‘zga tashlanadi. “Ruh o‘zi-ning ko‘pchilik holatlarida tananing mijoziga bo‘ysunadi, shuning uchun ham uning holati o‘z xarakteri jihatidan turli-tuman va har xil bo‘ladi”. Dunyoning tuzilishini tushuntirishda atomistik nuq-tai-nazarga yaqin turadi. Uning dunyolar ko‘p degan xulosalarga olib keluvchi fikrlari ham bo‘lgan. Abu Rayhon Beruniy o‘z mulohaza-larida boshqa dunyolarning moddiyligi haqidagi tushunchaga asoslan-gan. Bilish nazariyasi xususida, bilishning asosi, bizning dunyo haqidagi bilimlarimiz manbai bo‘lmish sezgi organlari orqali olingan bilimlardir. U, ilmiy bilimlar haqida gapirar ekan, bu aqlning sezgi idroklari bergan ma'lumotlar tufayli erishgan yutu-g‘idir, - deydi. Abu Rayhon Beruniyning bu sohadagi asosiy yutug‘i uning doimo mavjud bilimlarni tekshirib ko‘rish va yangi bilim-larga erishish vositasi bo‘lgan tajribaga murojaat qilishidadir. Abu Rayhon Beruniy ijtimoiy hodislarni tushuntirishda geografik muhit, kishilarning moddiy ehtiyoji kabi omillar roli-ni hisobga oladi. “Geodeziya” asarida “Odam o‘z ehtiyojining ko‘p-ligi, himoya qilish qurollariga ega bo‘magani va dushmanning ko‘pligi tufayli bir-birini himoya qilish zarurligi, o‘zini va boshqalarni ta'min etishga zarur bo‘lgan biror ishni bajarishi uchun jamiyatda o‘z qarindosh-urug‘i bilan birlashishga majbur bo‘lgan”, - deb ko‘rsatadi. Tilning kelib chiqishiga odamlarning bir-biri bilan muomala qilishidagi ehtiyojlari sabab bo‘lgan. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling