Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ahmad Donish (1827-1897y.y.)
- “Navodirul-vaqoe”
- XIX asr oxir
XIII-XIV asrlarda so‘fizmning yangi oqimi – naqshbandiylik vujudga keladi. Uning asoschisi Bahovuddin Naqshbandiy edi. Naqshbandiylik o‘z mohiyatiga ko‘ra idealistik ta'limot edi. Biroq u ba'zi xususiyatlari bilan Yassaviy tariqatidan farq qilgan. Naqshbandiylikning namoyondalari ma'lum ma'noda dunyoviy, hayotiy masalalarga katta e'tibor berganlar. Ular tarkidunyo qilishga, dunyo ishlaridan voz kechishga qarshi chiqdilar, real hayotning noz-ne'matlaridan foydalanishga undadilar va mehnat qilishga, bilim olishga chaqirdilar.
Ahmad Donish (1827-1897y.y.) – tojik va o‘zbek xalqlarining mutafakkiri, yozuvchisi, astronomi. Ahmad Donish madrasada o‘qigan yillari mustaqil ravishda matematika, geometriya, astronomiya kabi fanlarni chuqur o‘rgana boshladi. Ahmad Donishning ijtimoiy-siyo-siy va falsafiy qarashlarini aniqlashda uning “Navodirul-vaqoe” (“Nodir voqyealar”), “Tarjimai ahvoli amironi Buxoro” (“Buxoro amirlarining tarjimai hollari”), “Me'yori tadayun”, “Manozir al kavokib” kabi asarlari katta rol o‘ynaydi. Ahmad Donish o‘z davridagi ilg‘or g‘oyalarning targ‘ibotchisi. XIX asr oxiri-da Buxoroda feodal istibdodi har qanday ilg‘or g‘oyaga qarshi keskin kurash olib borayotgan bir paytda Ahmad Donish dunyoviy bilimlarni o‘rganishni targ‘ib qildi. 1870 yillarning oxiriga qadar amir o‘tkazgan islohotlar orqali mavjud tuzumni o‘zgartirish mumkin deb o‘ylagan Ahmad Donish 80-yillarga kelganda davlat tuzumini isloh qilish haqidagi g‘oyasini rivojlantira boshladi. U mehnatkash xalq qat'iy kurash orqali ozodlikka erishadi, degan fikrga keldi. Ahmad Donish mamlakatni boshqarish juda sharafli va qiyin ish, uni aqlli, odil, xalq hayoti haqida o‘ylovchi, unga sodiq kishilar olib borishi kerak, deydi. Agar podshoh hamma sohalarda odil siyosat tutsa, zalq san'atini, hunarini gullab-yashnatishga sharoit tug‘dirib bersa, boshqa millatlar bilan savdo-sotiq ishlarini rivojlantirsa, mamlakat obod bo‘ladi, xalqning hayoti farovon bo‘ladi. Ahmad Do-nish davlatning mohiyatini aql belgilaydi, deb hisoblaydi. “Kimki aqlsiz bo‘lsa, u odil ham emas, aql va davlatni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi, aqlsiz kishilar mamlakatni idora qila olmaydi”. Ahmad Donishning fikricha, podshoh biror farmon chiqarishdan oldin mam-lakatdagi aqlli-tajribali odamlar bilan maslahatlashishi kerak. Buning uchun u davlat kengashi tuzishni taklif etadi. Bu kengashda aholining barcha tabaqalarining vakillari bo‘lishi kerak, butun davlat ishlari shu kengash orqali amalga oshirilmog‘i lozim. Ahmad Donish tabiat hodisalariga materialistik nuqtai-nazardan yondashib, dunyoni bilish mumkin, deb hisoblaydi. Ahmad Donishni insonning uzoq umr ko‘rishi haqidagi fikrlari diqqatga sazovordir. U koinotning kelib chiqishi masalasida, asosan atomis-tik nuqtai-nazarda turgan (biroq bu o‘rinda u bir-biriga zid fikrlar aytgan). Uningcha, butun borliq asosida qandaydir kichkina nuqta yotadi. Ahmad Donish geliotsentrik nazariya bilan asosan tanish edi. U Quyosh tutilishi, zilzila sabablarini ularning o‘zidan izlash kerak, deydi5. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling