Mahmudxo‘ja Behbudiy (1875 y. Samarqand - 1919 y. Qarshi) Turkistonda jadidizm harakati rahbarlaridan biri, yozuvchi, jurna-list va jamoat arbobi. Arabiston, Misr, Turkiya va Rossiyaga sayohat qilgan. Behbudiyning adabiy-ilmiy faoliyati 1903 yilda boshlandi. “Qisqacha umumiy geografiya”, “Bolalar uchun kitob”, “Rossiya-ning qisqacha geografiyasi” kabi ko‘plab kitoblar muallifi. “Padarkush” deb nomlangan pesa ham yaratgan.
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ijodi ziddiyatli bo‘lib, shakllanib kelayotgan mahalliy liberal burjuaziya kayfiyatini ifodalagan. Behbudiyning murakkab faoliyatida ikkita asosiy davr ko‘rinadi. 1917 yilgacha Behbudiy qadimiylarga zid jadid g‘oyalarini targ‘ib qilib chiqqan; bir tomondan u “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Sho‘ro” va “Oyna” jurnallarida bosilgan maqolalari, darslik va boshqa asarlarida xalqni ilm-ma'rifatni egallashga chaqirdi, ayollarning ilm olish huquqini himoya qildi, yangi usuldagi maktablar ochishga, dunyoviy fanlarni o‘rganishga undadi, tabiat hodisalarini, yerning yumaloqligi, o‘z o‘qi atrofida aylanishi va muallaq turishi, oy va kun tutilishini ilmiy nuqtai-nazardan tushuntirishga harakat qildi. 2-tomondan, o‘z amaliy faoliyati va asarlarida aksilinqilo-biy burjua-millatchilik ruhidagi qarashlarni bayon etdi, ilm-ma'rifatdan Turkistondan chet el kapitalini siqib chiqarish quroli sifatida foydalanishga chaqirdi, ayrim tabiat hodislarini izoh-lashda din bilan fanni kelishtirishga harakat qildi.
1919 yil mart oyida safarga chiqqan Behbudiy Shaxrisabzda Buxoro amirlari amaldorlari tomonidan qamoqqa olindi. Ikki oydan so‘ng amirning buyrug‘i bilan Qarshi shahrida qatl etildi.
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: “Avesto”, mazdakchi-lik, moniylik, Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, so‘fiylik, tariqatlar, Behbudiy, Ahmad Donish.
Takrorlash uchun savollar:
“Avesto”dagi falsafiy mazmun nimadan iborat?
Moniylik va mazdakchilik falsafiy ta'limotlarining asosiy mazmuni qanday?
Forobiy, Ibn Sino, Beruniy falsafiy ta'limotlarining asosiy mazmuni nimadan iborat?
So‘fiylik (tasavvuf)ning falsafiy ta'limotida qanday tariqatlar bor?
A.Donish va M.Behbudiylarning falsafiy ta'limotlarida qanday g‘oyalar ilgari surilgan?
Do'stlaringiz bilan baham: |