Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu: Borliq falsafasi Siz quyidagilarni o‘rganasiz
- Subektiv ruh
- Imkoniyat
Takrorlash uchun savollar:
Uyg‘onish davri falsafasida qanday muammo falsafiy mushohadalarning markaziy muammosiga aylandi? Yangi davr falsafasida ilmiy metod muammosiga qanday yondashuvlar bor edi? Nemis klassik falsafasining asosiy vakillari kimlar? Ma'rifatparvarlik falsafasida qanday muammolar ko‘tarilgan? Zamonaviy falsafaning qanday yo‘nalishlarini bilasiz? Pozitivizim falsafasining asosiy g‘oyalari nimadan iborat? Pragmatizm falsafasining asosiy g‘oyalari nimadan iborat? Ekzistensializm falsafasining asosiy g‘oyalari nimadan iborat? 5-mavzu: Borliq falsafasi Siz quyidagilarni o‘rganasiz: dunyo to‘g‘risidagi falsafiy ta'limot; tabiatni falsafiy anglash; Mavzuning maqsadi: “borliq” kategoriyasining mazmunini ochib berish; dunyoning zamonaviy falsafiy manzarasi bilan tanishtirish; falsafiy ontologiyaning asosiy tushunchalarini berish; dunyoning falsafiy va diniy-mifologik manzarasi o‘rtasidagi farqlarni aniqlash. Dunyoni falsafiy anglashning boshlang‘ich kategoriyasi “borliqdir”. Bu kategoriyada insonning dunyo va ongli insonning mavjudligi haqidagi ishonchi, tasavvuri aks etadi. Alohida narsalar, jarayon va hodisalar vujudga keladi va yo‘qoladi, ammo dunyo hamisha mavjud bo‘ladi. Borliq tushunchasi “reallik”, “mavjudlik” tushunchalari bilan bir qatorda turadi va sinonim deb hisoblanishi mumkin. Shu bilan birga borliq dunyoning integral xususiyati bo‘lib, dunyoning yagona-ligi uning mavjudligi orqali tasdiqlanadi. Borliq tushunchasida konkret narsalarning, protsess va hodisalarning mavjudligidan tashqari barcha xususiyatlaridan uzoqlashiladi. Falsafiy mushohada ob'ektiga aylangan dunyoni fikrlash jarayonida quyidagi savollar vujudga keladi: borliqning shakllari va usullari qanday? Mavjud bo‘lish usuliga ko‘ra borliq ikkita dunyoga bo‘linadi: 1) fizik holatlar yoki moddiy-tabiiy dunyo va 2) ruhiy holatlar dunyosi yoki ong dunyosi, insonning ichki dunyosi. Bu ikki dunyoning mavjud bo‘lish usuli har xil. Material, mod-diy dunyo insonlarning ongi, irodasidan mustaqil, ob'ektiv tarzda mavjud. Insoniy ong dunyosi sub'ektiv tarzda, alohida individlar-ning irodasi va xohishlariga bog‘liq tarzda mavjud. Bu ikki dunyo-ning kombinatsiyasi yana qator borliq shakllarini vujudga kelti-radi. Bu yondashuv insonning o‘zining borlig‘ining xususiyatlari haqida gapirish imkonini beradi. Inson ikkala dunyoga ham tegishli: tabiiy dunyoga uning bir qismi sifatida taalluqli bo‘lsa, ruhiy dunyoga tegishli bo‘lganligi uchun ham u insondir. Aynan ongning mavjudligi insonga dunyo va o‘zining borlig‘i to‘g‘risida mushohada etish imkonini beradi. Insonning fizik dunyodagi mavjudligi usu-li uning ruhiy olamga tegishliligi bilan belgilanadi va aksincha. Shu tomondan qaraganda insonning borlig‘i ob'ektiv-predmetli olam va sub'ektiv olamning, tana va ruhning dialektik yagonali-gidir. Inson tomonidan vujudga keltiriladigan narsalar dunyosi ham o‘ziga xoslikka ega. Moddiy madaniyat olami ob'ektiv, material dunyoga tegishli bo‘lsa-da, ular inson faoliyatining mahsulidir, uning ongi, ruhi orqali vujudga kelgan “ikkinchi tabiat”dir. Insonning ruhiy olami ham ikki xil mavjudlik bilan xarakterlanadi. Uni sub'ektiv va ob'ektiv ruhga bo‘lish mumkin. Sub'ektiv ruh – bu ongsizlikdan o‘z-o‘zini anglashgacha bo‘lgan insonning ichki ruhiy dunyosi. Shu bilan birga insonlarning jami-yatdagi birgalikdagi faoliyati ob'ektivlashgan, intersub'ektiv ruhiy olamni vujudga keltiradi. Ular jamiyatning ma'naviy madaniyati yutuqlaridir. Masalan, til ob'ektiv ruhiy yutuqdir (fan, din, axloq, san'at). Albatta, ob'ektiv va sub'ektiv ruh o‘rtasida uzviy bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ular rivojlanish va amal qilishda doimo birga bo‘ladi. Borliqning darajalari ham mavjud. Bu darajalar: 1)imkoni-yatdagi mavjudlik; 2) voqyelikdagi mavjudlik. Imkoniyat – bu yo‘qlik emas, u mavjudlik statusiga ega. Imkoniyat – bu potensial borliq, voqyelik – aktual borliq. Bu darajalar ba'zan borliqning shakllari ham deyiladi: “borliqning potensial shakli” va “borliq-ning aktual shakli”. Borliqning shakllari, usullari va darajalari haqidagi masala falsafa uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Falsafiy qarashlardagi barcha farqlar borliqning turli shakllarini tushu-nish, ularning munosabatini talqin etishga borib taqaladi (mate-rializm va idealizm). Borliq boshlang‘ich kategoriya sifatida juda mavhum tushunchadir, u boshqa falsafiy kategoriyalar bilan mazmun-dor bo‘lib boradi. Falsafaning eng katta qismi ontologiya, ya'ni borliq to‘g‘risidagi ta'limotdir. “Materiya” tushunchasi insonga a priopi berilmaydi, balki undan kishining dunyoqarashi shakllana boshlaydi. Har bir dunyo-qarashda bu tushuncha bor deb ayta olmaymiz. Lekin u bor bo‘lsa, demak u mustaqil mushohadaning mahsulidir. Materiyaning mohiyati to‘g‘risidagi masala u yoki bu darajada rivojlangan har qanday falsafiy dunyoqarashning asosida yotadi. Uning muhokama etilishi ko‘p individual qarashlar, ko‘p xil talqin-larni vujudga keltiradi. Lekin falsafiy plyuralizm qandaydir parametrlar bo‘yicha yagona fikr bo‘lishini istisno etmaydi. Ko‘p faylasuflarning fikricha, materiya inson ongidan mustaqil bo‘l-gan va inson ongida aks etuvchi ob'ektiv reallikdir, degan ta'-rif ma'quldir. Bu ta'rifning bilish jarayoni uchun effektivligi-ni ta'kidlovchi ko‘plab fikrlar aytilgan. Ba'zan materiya va ongni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yiladi. Materiya va ongning qarama-qarshiligi quyidagilarda ko‘rinadi: Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling