Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet30/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Ekzistensializm falsafiy yo‘nalishining nomiEkzisten-siya” (lot.existentia – yashash, mavjud bo‘lish) atamasidan olingan bo‘lib – hozirgi zamon falsafasida eng nufuzli sub'ektiv-idealis-tik yo‘nalishlardan biri. Ekzistensializmning eng xarakterli xusu-siyati uning irratsionalizmidir. Uning vakillari diniy va ateistik ekzistensialistlarga bo‘linadi. Uning vakillari daniyalik Seryon Kerkegor, Rossiyada Bredyaev va Shestov, Germaniyada Yaspers, Xaydeg-ger. Bu falsafiy yo‘nalish asosan birinchi va ikkinchi jahon urush-laridan keyin rivojlanib ketdi. Chunki bu jahon urushlarida millionlab kishilar qurbon bo‘ldilar. Inson hayotining qanchalik qadrsizligi ko‘zga tashlanib qoldi. Bu esa hayot va o‘lim, mavjudlik, hayotning ma'nosi va mazmuni, inson hayotining maqsadi to‘g‘risidagi muammolar ustida o‘ylanishga majbur qildi.
Ekzistensializmning eng muhim tushunchasi ekzistensiyadir. Bu tushuncha shaxsning asosiy, hammadan ko‘proq ongsiz dasturini, insonning ichki borlig‘ini bildiradi. Inson ekzistensiyani bashar-ti u abadiy bo‘lgandagina idrok etishi va anglashi mumkin va uni qutqarib qolish uchun yashashga majburdir. Inson kundalik tashvish-lar va iztiroblar olamiga ko‘milib qolganida uning haqiqiy Meni ochilmay qoladi. U qiyofasiz muhitga bo‘ysundirilgan bo‘ladi, o‘z shaxsini, mustaqilligini yo‘qotadi, boshqalar qanday harakat qilsa, shunday harakat qiladigan, boshqalar qanday o‘ylasa, shunday o‘ylay-digan bo‘ladi. Faqat hyechnima oldida dahshatga tushish, yashashning bema'niligini, uning behudaligini sezishgina insonni bu holatdan xalos qiladi va uni o‘z ekzistensiyasiga nazar tashlashga majbur etadi, insonni haqiqiy borliqqa olib keladi. Ekzistensialistlar-ning fikricha, xuddi dahshat, qo‘rquv insonning yashashining asosini tashkil etadi. Ekzistensializm borliqning fojialiligini, uning mantiqqa xilofliligini, inson ixtiyorida emasligini targ‘ib qiluvchi falsafadir.
Mavzuning asosiy tayanch tushunchalari: empirizm, ratsiona-lizm, metod, nemis klassik falsafasi, ma'rifatparvarlar, poziti-vizm, pragmatizm, hayot falsafasi, ekzistensializm.



Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling