Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0,86 Mb.
bet25/102
Sana08.05.2023
Hajmi0,86 Mb.
#1443649
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Uyg‘onish davri fani (Leonardo da Vinchi, Kopernik, Galiley, Kepler va boshqalar). Uyg‘onish davrida zamonaviy tabiat-shunoslikning asoslari shakllandi, hozirgi fan qiyofasi shakllandi.
Kopernik (1473-1543) tomonidan cheksiz dunyolar to‘g‘risidagi g‘oyalar rivojlantirildi. J.Bruno (1548-1600) cheksiz kosmos, tabiatning ijodiy faolligi to‘g‘risidagi g‘oyalarni rivojlantirdi.
Kopernik va Brunolarning g‘oyalari faqat astronomiyada emas, balki butun tabiatshunoslikda ilmiy tadqiqotlar yo‘nalishini o‘zgartirib yubordi.
Yangi davrni yevropa mamlakatlaridagi burjua revolyusiyalari va burjua munosabatlarining vujudga kelishi bilan bog‘laydilar – XVI-XVII asrlar. Falsafadagi asosiy muammo – bilimga erishish usullarini asoslash, ya'ni metodologiya muammosi edi. XVII asrga kelib fanning alohida institut sifatida shakllanishi boshlandi va u zamonaviy xususiyatlar kasb etib bordi. Ushbu davr ontologiyasiga quyidagi xususiyatlar xos: 1) mexanitsizm, ya'ni mexanika qonun-larini absolyutlashtirish, hatto jamiyat rivojini ham mexanika qonunlari yordamida tushuntirish; 2) deizm (lot. “deus” – “xudo”), ya'ni xudoni dunyoni vujudga kelishidagi birinchi turtki sifatida tan olinadi. Lekin xudo keyingi taraqqiyotga aralashmaydi.
Yangi davrda empirizm va ratsionalizm oqimlari mavjud bo‘lib, empirizm (lot. “empeiria” – “tajriba”) vakillari ishonchli bilim manbai tajribadir, deb hisoblasalar, ratsionalizm (lot. “ratio” – “aql”) vakillari aql, mantiqiy mushohada, nazariy umumlashmalar deb hisoblaydilar. Bu davrda Frensis Bekon (1561-1626) falsafa-ning vazifasi fanlarni qayta o‘zgartirish deb hisobladi. R.Dekart (1596-1650) yangi ratsionalizmga asos soldi. I.Nyuton (1643-1727) dunyoning fizik manzarasini ifoda etgan fizik nazariyani yaratdi.
Ma'rifatparvarlik falsafasi deb yevropa mamlakatlaridagi XVIII asrdagi jamiyatdagi mavjud kamchiliklar kishilarning johilliklari, bilimsizliklarining oqibati, jamiyatdagi yomonlik-larni esa aholini ma'rifatli qilish orqali tugatish mumkin, (uning vakillari: Angliyada Tomas Gobbs, Jon Lokk, Fransiyada Volter, Jan-Jak Russo, Sharl Lui Monteske, Jan Len Ofre de Lametri, Pol Anri Golbax, Deni Didro) deb hisoblaydigan g‘oyaviy oqimga aytiladi.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling