Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-mavzu: Markaziy Osiyo hududida falsafiy talimotlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari Siz quyidagilarni o‘rganasiz
- Mavzuning maqsadi
- Qadimgi Turon
- Miloddan avvalgi VI asr dan to milodiy III asr
- “Avesto”
- Moniy
Takrorlash uchun savollar:
1. Dastlabki falsafiy qarashlar qachon vujudga kelgan? 2. Buddaviylik falsafiy ta'limotining asosiy mazmuni qanday? 3. Konfutsiyning falsafiy ta'limotida qanday muammo asosiy o‘rin egallaydi? 4. Qadimgi Yunoniston va Rim falsafasining asosiy maktablari ta'limotlarining mazmuni qanday? 5. Daosizm ta'limotining asosiy mazmuni qanday? 6. Apologetika, sxolastika va patristikaning asosiy vakillari kimlar? 7. Nominalizm va realizm falsafiy oqimlari o‘rtasidagi bahs qaysi mavzuga oid? 3-mavzu: Markaziy Osiyo hududida falsafiy ta'limotlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari Siz quyidagilarni o‘rganasiz: Markaziy Osiyoda ilk falsafiy fikrning vujudga kelishi va rivojlanishi. Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sinoning ilmiy-falsafiy ta'limotlari. Tasavvuf falsafasi, uning asosiy yo‘nalishlari. Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiyning falsafiy qarashlari. Mavzuning maqsadi: Markaziy Osiyodagi ilk falsafiy fikrning vujudga kelishi to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy va Ibn Sino ilmiy-falsafiy ta'limotlari to‘g‘risida tasavvur hosil qilish; Tasavvuf falsafasi, uning asosiy yo‘nalishlarining falsafiy mazmunini ochib berish; Ahmad Donish, Mahmudxo‘ja Behbudiyning falsafiy qarashlari haqida tasavvur berish. Qadimgi Turon zaminida dastlabki diniy-falsafiy qarashlar miloddan oldingi VIII-V asrlardayoq shakllana boshlagani ma'lum. Bu davrda Turon zaminida ijtimoiy munosabatlar ancha rivoj topadi. O‘sha davrlarda bu mintaqada yashagan xalqlar yunon tarixchi-lari tomonidan “skiflar” deb atalsa, Eron manbalarida “saklar” deb nomlangan. Bu xalqlar, qabilalar, joylar asosan dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Dehqonchilik-ning rivoj topishi asosida dastlabki madaniy, hunarmandchilik, savdo markazlari-shaharlar vujudga kela boshladi. Miloddan avval-gi davrlardayoq qadimgi turk, xorazm va so‘g‘d alifbosi paydo bo‘ladi. Turon zaminida vujudga kelgan adabiy yodgorliklarda ham jamiyatda vujudga kelgan ijtimoiy tengsizliklar, iqtisodiy teng-sizliklar aks etgan. Miloddan avvalgi VI asrdan to milodiy III asrgacha bu yerda zardushtiylik va u bilan bog‘liq bo‘lgan dualistik dunyoqarash tarqalgan edi. Zardo‘shtiylik faqat din bo‘lib qolmay, balki o‘sha davrnining hukmron mafkurasi, ijtimoiy-siyosiy, ahlo-qiy-falsafiy qarashlarning ifodasi sifatida ko‘rina boshlaydi. Zardo‘shtiylikning nazariy asosi “Avesto” adabiy yodgorligining mazmuniga kirgan diniy-falsafiy g‘oyalar miloddan ilgarigi bir qancha asrlar davomida to‘plangan va rivojlangan. “Avesto”da qadimgi kishilarning tabiat va uni bilish yo‘llari haqidagi tasavvurlari umumiy tarzda ifoda etilgan. Unga ko‘ra, koinot – yer, okean, osmon, yorug‘lik va jannatdan iborat. Uchta dengiz bilan bog‘langan yer okean bilan qurshalgan – dumaloq shaklda tasvirlangan (olimlarning taxminiga ko‘ra, bu Kaspiy, Qora va O‘rta yer dengizlaridir). yerning oxiri Rasha (Volga), Ind va Tigr daryolari hisoblanadi. “Avesto”da Marv shahri dunyoning markazi sifatida ko‘rsatilgan. Unda Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning tanasi sifatida tasvirlanadi. Zardo‘shtiylikning jamiyat tarixi to‘g‘risidagi g‘oyalari Tavrot va Qur'ondagi tasavvurlarga juda yaqin bo‘lib, unda birinchi odam Ilmadir. Boshqa odamlar undan tarqalgan. Ilmaning hukmronlik davri oltin davr hisoblanadi. U davrda odamlar o‘lim nimaligini bilmagan. Xudo Axura Mazda abadiy bahorni yaratdi. Natijada odam-lar baxtli va farovon yashardilar. Lekin bir paytga kelib odamlar gunoh ish qilib qo‘yadilar, ya'ni ta'qiqlangan molning go‘shtini yeydi-lar. Shunda Axramanyu (“Axriman”) xudosining qahri kelib odam-larga qor va sovuqni yuborgan. Ilma odamlar va mollarni sovuqdan saqlab qolish uchun uy qurib, unga barcha tirik narsalardan bir juftdan joylashtirgan. Shundan keyin tarixning birinchi davri - oltin davri tugab, ikkinchi davri - yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davri insoniyatning kelajagi davridir. Bu davrda qadimgi odamlarning baxt-saodat, adolatli jamiyat haqidagi orzu-umidlari ushaladi. Yaxshilik va yomonlik o‘rtasidagi kurashda Axura Mazda g‘olib chiqib, baxtli hayot saltanati qaror topadi, o‘lganlar tiriladi, gunohkorlar jazolanadi. Zardo‘shtiylikda o‘sha davrning huquqiy va ahloqiy qarashlari ham o‘z ifodasini topgandi. Zardo‘shtiylikning ahloqiy asosini uchta narsa-ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal tashkil etadi. Shakllangan va rivoj topgan qadimgi Sharq jamiyati asoslari milodning II-III asrlariga kelib asta-sekin yemirila boshlaydi. Uning zaminida feodal munosabatlar rivoj topadi. Bu jarayonning murakkab va ziddiyatli kechishi o‘sha davrlardagi falsafiy qarashlarda ham aks etdi. Shuning oqibatida zardo‘shtiylikdan yangi oqim - moniychilik kelib chiqadi. Bu ta'limotning asoschisi Moniy degan kishi bo‘lib, u 216-217 yillarda Botlda tug‘ilgan va 276 yilda Jundishopur shahrida qatl etilgan. Moniy o‘z davrida yaxshi ma'lu-motga ega bo‘lgan. U fors va oromiy tilida diniy va ahloqiy masala-larga bag‘ishlangan bir qancha risolalar va kitoblar yozgan. Moniy, hatto “Moniylik yozuvi” deb atalgan alifbo ham yaratgan. Uning ayrim belgilari hozirgi kunda ham mavjud. Moniy ta'limoticha, olamda nur dunyosi-yaxshilik va zulmat dunyosi-yovuzlik mavjud. Ular o‘rtasida abadiy kurash boradi. Lekin pirovard natijada yaxshilik tantana qilishi, inson o‘z xulqi va butun hayoti bilan yorug‘likning zulmat bilan kurashiga yordam berishi va yaxshilikning tantanasi uchun xizmat qilishi keark. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling