Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


XII asrning buyuk mutafakkiri Per Abelyar (1079-1142)


Download 0.86 Mb.
bet15/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

XII asrning buyuk mutafakkiri Per Abelyar (1079-1142) o‘rta asrlardagi universaliylar to‘g‘risidagi bahsda ishtirok etib, nominalistik pozitsiyani yoqlaydi. Real dunyoda alohida jismlar mavjud bo‘lib, universaliylar mavhum tushuncha sifatida aqlda mavjud. Aql uning fikricha, nisbiy mustaqillikka ega. Muqaddas yozuvlar ratsional talqin qilinmaydi. Cherkov dogmatikasi va cherkov avtoritetlarining talqini tanqid etilishi mumkin. Cherkov buning uchun Abelyarni qoraladi.
O‘rta sxolastika XI asrdan universitetlarning keng taraqqiy etishi bilan bog‘liq. Bu universitetlarda asosan 4 fakultet: falsafiy, teologik, yuridik va tibbiyot fakultetlari bor edi.
Rodjer Bekon (1215-1292) borliqni ratsional va metodik o‘rganish asoslarini yaratdi. Bu bilan tajribaviy tabiatshunoslik-ning vujudga kelishiga shart-sharoit tayyorladi. Optika sohasidagi uning asarlari ma'lum, teleskopning kashf etilishini aytib bergan, eshkakchisiz kemalarni orzu qilgan. Bilim, Bekon fikricha, odamlarga foyda keltirishi va ularning hayotini ta'minlashi kerak. Aql tekshirishning ishonchli shakli bo‘lmay, bizni aldashi ham mumkin, faqat tajriba tekshirishning eng oliy turi hisoblanadi. Falsafa va teologiyaning mutanosibligi masalasida ularni bir-biriga qat'iy qarama-qarshi qo‘yishdan qochdi.
Sxolastikaning eng mashhur vakili Foma Akvinskiy (1225/26-1274) hisoblanadi. Aristotelning asarlariga asoslanib, xristian e'tiqodining postulatlarini asoslamoqchi edi. Shunga asosan barcha falsafiy muammolarni mushohada etadi.
Falsafa va ilohiyotning nisbati, munosabati masalasida: falsafada aqlning argumentlangan faoliyati muhim bo‘lib, falsafiy isbotlashning to‘g‘ri va ishonchliligini ta'minlaydi. Teologiyada esa muqaddas matnlarning avtoritetiga murojaat etish asosiy isbotlash usuli hisoblanadi. Falsafa uchun “avtoritetga murojaat” eng kuchsiz argument hisoblanadi. Falsafa va ilohiyot ittifoq hosil qilishi mumkin. Falsafa ilohiy mohiyat haqida foydali bilim berishi mumkin, uning ishlatilishi Xudoga bevosita yetishishga xizmat qila-di. Falsafa dinning xizmatkori emas, balki xristian e'tiqodi-ning boshlanishi hisoblanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling