Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet12/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Sofistlar. Protagor Abderalik “Inson hamma narsaning mezoni” deb hisoblaydi. Har bir kishi uchun alohida haqiqat mav-jud. Qarama-qarshi fikrlar tengkuchlidir. Har bir mulohazaning haqiqat yoki yolg‘onligini isbotlash mumkin. Bunday qarash sub'ek-tivizm deb ataladi. Sofistlar agnostitsizm va skeptitsizm (“skepto-may” – “shubhalan”) pozitsiyasida turadilar. Masalan, Gorgiy Leon-tiyalik o‘z fikrini 3 ta tezisda ifodalaydi: 1. Hyech narsa mavjud emas. 2. Nimadir bo‘lsa ham, uni bilib bo‘lmas edi 3. Kimdir biror narsani bila olsa ham, bu bilimni ikkinchi kishiga bera olmas edi.
Sofistlarga qarama-qarshi turgan faylasuf Sokrat Afinalik-dir. Uning fikricha, haqiqat yagonadir. U bizga bog‘liq emas, ob'ek-tivdir. Uni bila olmasligimiz mumkin. Lekin uni qidirish har bir kishining vazifasi. Sokratning metodi mayevtika (yunon. “mayevtika”– “doya”) deb ataladi.
Sokratning o‘limidan keyin bir nechta uning ta'limotini rivojlantirgan maktablar paydo bo‘ldi. Kiren maktabi gedonizm g‘oyalarini ilgari surgan. Asosiy tezisi “Hozirgi kun bilan yasha”. Kiniklar maktabi (“kyuon” – “it”): Antisfen Afinalik, Diogen asosiy vakillari hisoblanadi. Ozodlik, erkinlik yo‘lidagi birinchi to‘g‘anoq quyidagilar: 1) xususiy mulk; 2) har birimizning jamiyat tomonidan o‘rnatilgan normalar, shartlar, qoidalarga bog‘liqligi-miz; 3) inson unga halaqit beruvchi narsalardan ozod bo‘lishi kerak. Bunday kishi tabiat bilan muvofiqlikda yashaydi. Bu maktab vakillari anarxizm, asketizm g‘oyalarini ilgari surgan.
Sokratning yana bir izdoshi Platon Afinalik hisoblanadi. Haqiqiy ismi Aristokl edi, Platon esa taxallusi bo‘lib, yunon tilida “keng” degan ma'noni anglatadi.
Asosiy fikrlaridan biri – ko‘zga ko‘rinayotgan narsalar real emas. Reallikda avval narsalarning g‘oyalari mavjud, bizning miya-mizda emas, balki o‘z-o‘zicha mavjud. Real narsalar esa ana shu bir-lamchi mohiyatning aksi, soyasidir. G‘oyaviy dunyoni borliq deb ataydi. Insonning ruhi 3 qismdan tashkil topadi: effektiv, emotsional, yaratuvchi. Qaysi biri ko‘proq bo‘lsa, shunga ko‘ra kasb tanlanadi. Inson ruhi effektiv bo‘lsa, faylasuf; emotsional bo‘lsa, harbiy; yaratuvchi bo‘lsa, dehqon bo‘ladi.
Platon ideal jamiyatni qurish prinsiplarini bayon etgan.
1-prinsip – tabaqalar o‘rtasida mehnat taqsimotining mavjudligi;
2-prinsip – xususiy mulkni inkor etish;
Platonning ideal jamiyat to‘g‘risidagi qarashlari utopiyadir. (“U” – “inkor”, “topos” – “joy”).
Platonning shogirdi Aristotel Stagiritdir. Mumtoz davri-ning eng oxirgi faylasufi hisoblanadi. Platonning “g‘oya”si o‘rniga “shakl” tushunchasini ishlatgan. G‘oyalar va predmetlarni ajratib, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishni tanqid qilgan. Predmet va uning g‘oyasi birgalikda mavjud. Shakldan alohida materiya mavjud. Materiyaga shakl singib ketib, konkret predmetlar vujudga keladi. Butun dunyo shakllangan materiyadir. Materiya – bu borliq imkoniyati, shakl esa undan reallikni vujudga keltiradi. Shaklsiz materiya ham, materiyasiz shakl ham mavjud emas. Aristotel fikricha, alohida predmetlarni o‘rganish orqali shaklni tadqiq etish mumkin. Bilish jarayoni tashqi olamni o‘rganishdan boshlanishi kerak.
Miloddan avvalgi 334 yilda Iskandar Zulqarnaynning Sharqqa yurishi boshlandi. U 9 yil davom etdi. Bu davr ellinizm davri deb ataladi. Ellinistik falsafada antropologistik muammolar birin-chi o‘ringa chiqdi. Bu davrning asosiy masalasi baxtli bo‘lish masala-sidir. Baxt yunon tilida “evdemoniya” deyiladi. Falsafa esa evde-monistik (“baxt qidiruvchi”) deyiladi. Asosiy vakillari: 1. Epikureizm – qo‘rquvdan xalos bo‘lish; xudo, o‘lim, taqdir oldidagi qo‘rquv. 2. Stoiklar – asosiy g‘oyasi “Inson taqdirga tan berib, unga bo‘ysunishi kerak”. 3. Skeptitsizm – ataraksiya prinsipi, ya'ni pozitiv va negativ hissiyotlarning yo‘qligi, atrofdagi voqyea-hodisalarga nisbatan befarqlikni yoqlaydi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling