Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet95/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Toynbi, Karl Yaspers va boshqalarning fikricha, Rossiya sivilizatsiyasi G‘arbiy yevropa sivilizatsiyasi qatorida turadi.
Lekin Rossiya sivilizatsiyasi yunon-rim sivilizatsiyasining bir tarmog‘i hisoblanadi. Shuningdek, Rossiya sivilizatsiyasi uchun vizan-tiyaliklarning ham roli salmoqlidir. Odatda yirik sivilizatsiya-larning vujudga kelishi va rivojlanishi sistemali ravishda o‘rga-niladi. Ya'ni sivilizatsiyani o‘rganishga kompleks yondashish, inson va uning madaniyatini atroflicha o‘rganish, shu xalqning madaniyati, faoliyat tarzi, xulq-atvori va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.
Sivilizatsiyaga xos xususiyatlar badiiy, madaniy, ma'naviy yodgorliklarda o‘z ifodasini topadi.
O‘zbekiston sivilizatsiyasi va madaniyati ancha boy va uzoq rivojlanish tarixiga egadir. U islom dini, madaniyati orqali Sharq mamlakatlari uchun xos bo‘lgan umumiy madaniyat manbaalari bilan uyg‘unlashadi. Bu esa o‘zbek sivilizatsiyasining sharqona asosini belgiladi. Ammo o‘zbek sivilizatsiyasi o‘ziga xos xususiyatlarining betakrorligi, noyobligi va milliyligini saqlab qoldi. O‘zbek sivilizatsiyasi qator xususiyatlari bilan Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari bilan yaqindan hamkorlik qilish, yaxlit sivilizatsiyani yaratish imkoniyatini kuchaytirmoqda.
Sivilizatsiya madaniy va ma'naviy rivojlanishning mahsuli sifatida vujudga keladi. Sivilizatsiyali taraqqiyot milliy mada-niyat ravnaqi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Milliy madaniyat si-vilizatsiyaning ruhi, jonidir. Milliy madaniyatdan uzilib qolgan sivilizatsiya oxir- oqibatda inqirozga mahkum bo‘ladi. Masalan, hozir yo‘qolib ketgan Amerikadagi Mayya sivilizatsiyasi bunga misol bo‘ladi. Ulardan bugun yuzdan ortiq shaharlarning xarobalari qolgan. Bunga tarixdan yana ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, madaniyat va sivilizatsiya (tamaddun) tushunchalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular o‘rtasida umumiy-lik, ya'ni birlik, mushtaraklik bilan birga ular orasida tafovut ham mavjud. Umumiylik shundaki, ularning ikkisi ham tarixiy taraqqiyot jarayonida xalq ommasi yaratgan, tarixan tarkib topgan, moddiy va ma'naviy boyliklar, qadriyatlar yig‘indisi negizida rivojlanadi. Madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasidagi tafovut shuki, sivilizatsiya inson bilan insoniyat jamiyatining madaniy o‘zgarti-ruvchanlik, moddiy va ma'naviy madaniyatni yaratuvchilik faoliya-tining bir bosqichi darajasidir.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling