Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Qadriyat tushunchasi va uning turlari
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Falsafa ensiklopedik lug‘atda
- Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop lug‘atda
- V.P.Tugarinov
Qadriyat tushunchasi va uning turlari. Qadriyat tushunchasi xilma-xil ma'noda, turli sohalarda qo‘llaniladi. Bu ibora kundalik hayotda va muomilada ham ishlatiladi. Bu tushunchaning kundalik hayotdagi ma'nosi kishilar o‘rtasidagi muloqot orqali hamda omma-viy axborot vositalarida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Ya'ni kishilar qadriyatni tabiat hodisalari, ijtimoiy voqyealar, an'ana va marosimlar, madaniy boyliklar va boshqa narsalar sifatida tushunishadi. Shu bilan birga insonlar o‘zlari hayoti davomida inti-lib yashaydigan maqsad, orzu va ideallarga ham qadriyat tushunchasini ishlatadilar.
Qadriyat tushunchasi hayotning o‘zi kabi keng qamrovli bo‘lib, u har bir xalqning ming yillar davomida hayotning turli sohalari bo‘yicha sayqallab to‘plagan tajribalari hisoblanadi. Masalan, insoniy qadriyatlar, axloqiy qadriyatlar, diniy qadriyatlar, estetik qadriyatlar, kasb-hunar qadriyatlari, harbiy qadriyatlar, davlatchilik qadriyatlari – bularning barchasi bir butun holda xalqning dunyoviy qiyofasini o‘ziga xos tarzda ifodalaydi. Har qanday qadriyat inson faoliyatining mahsuli, uning ob'ek-tiv olamga nisbatan bo‘lgan munosabatining ifodasi hamda inson ma'naviy kamolotining muhim omili ekanligiga to‘xtalishdan avval, uning ilmiy-falsafiy ma'nosi, paydo bo‘lishi va rivojlanishining ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy ildizlari, shakllanishidagi shart-sharoit, imkoniyat va zaruriyatlar, qadriyatlarning turlari nimalardan iboratligini aniqlab olish joizdir. Qadriyat juda sermazmun tushuncha bo‘lib, ilmiy adabiyotlarda unga nisbatan turli xil qarash va yondashuvlarga duch kelamiz. Xususan, Falsafa ensiklopedik lug‘atda qadriyatga quyidagicha ta'rif berilgan: “qadriyat – voqyelikdagi muayyan hodisalarning umumbashariy, umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan falsafiy-sotsiologik va aksiologik tushuncha”23 tarzida tushuntiriladi. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqyealar: erkinlik, ezgulik, tenglik, tinchlik, haqiqat, ma'rifat, madaniyat, moddiy va ma'naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go‘zallik, axlo-qiy xislat va fazilatlar, an'ana, urf-odat, udum va boshqalar qadri-yat bo‘lib hisoblanadi. “Mustaqillik” izohli ilmiy-ommabop lug‘atda: “Qadriyat-lar – borliq va jamiyat, narsalar, voqyealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma'naviy boyliklarning ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha”24. “Qadriyatlar ichida eng birinchisi va eng umumiysi hayotning o‘zidir, chunki hayotdan mahrum bo‘lish boshqa barcha qadriyatlardan foydalanishni yo‘qqa chiqaradi,... qolgan qadriyatlar, aslini olganda, hayot ne'matlarining mohiyatidir, madaniy qadriyatlardir”25 - dyeydi, faylasuf olim V.P.Tugarinov. Qadriyatlar, birinchidan, voqyelikda mavjud bo‘lgan tabiat va jamiyat ne'matlari; Ikkinchidan, ularni qadriyat turkumiga kiritish yoki kirit-maslik kishilarning ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadlari, orzu-umidlari bilan belgilanadi; Uchinchidan, tabiat va jamiyat ne'matlari, hodisalarining qadriyatlar turkumiga kiritilishining asosiy sababi kishilar ularni qadrlaydi, avaylab-asraydi, chunki, bu qadriyat ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi26. Taniqli faylasuf Q.Nazarov qadriyatga quyidagicha munosabat bildiradi: “qadriyat narsa va buyumlarning qimmatiga nisbatan qo‘l-lanilmasdan, balki inson uchun biror ahamiyatga ega bo‘lgan voqyelik-ning shakllari, holatlari, narsalar, voqyealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab, tartiblar va boshqalarning qadrini, ijtimoiy ahamiyatini ifodalash uchun ishlatiladigan falsafiy kategoriyadir. Bu kategoriya o‘zida qadriyat ob'ektining nafaqat qim-matini, balki ijtimoiy ahamiyatini, falsafiy-aksiologik mazmu-nini, jamiyat va inson uchun qadrini ham ifodalaydi”. Demak, qadriyat deganda jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllan-gan va rivojlangan, faqat o‘tmish davrlar uchun muhim ahamiyat kasb etib qolmasdan, hozirgi kundagi va kelajakdagi ijtimoiy-iqtiso-diy, siyosiy va madaniy taraqqiyotga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan kishilar ongiga singib ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan moddiy, ma'naviy, tabiiy, diniy, axloqiy, falsafiy va boshqa boyliklar majmui tushuniladi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti va istiqboli uchun ahamiyatli bo‘lgan ijtimoiy, ma'naviy hodisalar qadriyatlar jumlasiga kiradi. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma'naviy taraqqiyotining zaruriy mahsulidir. Qadriyatlar muayyan bir davr, shart-sharoit va ehtiyojning mahsuli bo‘lish bilan birga, uning ko‘z-gusi hamdir. Qadriyatlar ijtimoiy taraqqiyot jarayonida namoyon bo‘ladi, tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy munosabat-larni o‘zida mujassamlashtiradi, o‘zgarib, rivojlanib, boyib, tako-millashib boradi. Tarixiy taraqqiyot jarayonida bo‘ladigan o‘zgarish va rivojlanishlar qadriyatlarning mazmunida o‘z ifodasini topadi. Qadriyatlar katta ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega. Ular o‘tmish bilan hozirgi kun o‘rtasidagi vorisiy-likni ifodalaydi, shu sabab unda millatning tarixi, uning o‘tmish hayoti, madaniyati gavdalanadi. Shuning uchun ham har bir siyosiy tuzum, har bir davlat qadriyatlardan o‘z maqsadi, manfaati yo‘lida foydalanib kelgan. Qadriyatlar o‘z-o‘zidan bevosita insonning ma'-naviy qiyofasi, turmush tarzi, umuman jamiyat taraqqiyotini belgilay olmaydi. Qadriyatlarning holati, ahamiyati, insonga ko‘rsatadigan ta'siri, uning istiqboli u yoki bu jamiyatdagi mavjud ijtimoiy tuzum tomonidan olib borilayotgan siyosat, uning manfaatlari bilan uzviy bog‘langandir. Buni o‘zbek xalqi milliy qadriyatlarining o‘tmishdagi va hozirgi holatidan yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Qadriyatlar o‘z-o‘zidan shakllanmaydi, boyimaydi. Ularning shakllanishi va rivojlanishi uchun muayyan ijtimoiy, iqtisodiy sharoit zarur. Misol uchun, ilk o‘rta asrlarda O‘rta Osiyo mutafak-kirlarining boy ma'naviy qadriyatlarni shakllantirishlariga o‘sha davrda ilgarigi asrlardagiga nisbatan qulay iqtisodiy negiz va ijtimoiy tuzum bo‘lmaganda ular bu ishni qilolmas edilar. Qadriyatlarni shakllantiruvchi ma'naviy asoslarga ilm-fan, jumladan, falsafa, adabiyot, san'at ham kiradi. Jamiyat taraqqiyoti doimiy ravishda o‘zgarib, rivojlanib, yangilanib turgan sari qadriyatlarning ahamiyati oshib, ularni baholash mezonlari ham oldingidan boshqacha bo‘lib turadi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling