Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
Qadriyatlar shakliga ko‘ra – moddiy va ma'naviy, umumbashariy, mintaqaviy, umuminsoniy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy.
Qadriyatlar ijtimoiy ong shakliga mansubligiga ko‘ra – axloqiy, diniy, huquqiy, ilmiy, milliy, oilaviy, shaxsiy. Qadriyatlar tushunchasi voqyelikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladi. Demak, qadriyatlar amal qilish doirasiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi: milliy, mintaqaviy, umuminsoniy. Milliy qadriyatlar – millatning tili, madaniyatlari, an'analari, moddiy-ma'naviy boyliklari, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tomonlarini qamrab oladi. Milliy qadriyatlar millatning o‘tmishi va buguni uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyatlarni o‘zida ifodalaydi. Milliy qad-riyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, kelajagi, uni tashkil etgan avlodlar, ijtimoiy qatlamlar, milliy ong, til, ma'naviyat, madan-iyat, ma'rifat bilan bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Milliy qadriyat-lar umuminsoniy qadriyatlarga ta'sir etadi, mazmun jihatidan to‘ldiradi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi, umumiyligini ifodalaydi. Mintaqaviy qadriyatlar – iqtisodiyoti, madaniyati, tarixi, tili, dini, urf-odat va an'analari mushtarak bo‘lgan xalqlar man-faatlariga xizmat qiladigan tabiiy va ijtimoiy hodisalar. Masa-lan, Markaziy Osiyo hududida yashayotgan – o‘zbek, qozoq, tojik, qirg‘iz, turkman xalqlariga xos bo‘lgan qadriyatlarni aytish mumkin. Ular bir-birlariga og‘a-ini bo‘lib, hamjihat totuv hayot kechirishlari, savdo-sotiq qilganlari kabi. Ma'naviy qadriyatlar – Orol muammosini hal etish, ekologik xavfsizlik, e'tiqod erkinligi, sog‘liqni saqlash, boy tarixiy, ma'naviy merosni avaylab asrash. Umuminsoniy qadriyatlar – barcha millat, elat, xalqlarning maqsad va intilishlariga muvofiq keladi. Jahondagi barcha millat-lar o‘zaro madaniy-ma'naviy yutuqlardan uzilgan holda rivojlan-maydi. Ular bir-biri bilan chambarchas bog‘langan. Umumbashariy muammolar, yer yuzida ilm-fanni taraqqiy etti-rish, tinchlikni saqlash, yadroviy qurollanish poygasini to‘xtatish, xalqaro xavfsizlikni saqlash, turli kasalliklarning oldini olish, tabiatni muhofaza qilish, qashshoqlik va savodsizlikka barham berish, energiya manbalari va oziq-ovqat bilan ta'minlash, koinot va jahon okeani resurslarini o‘zlashtirish bilan bog‘liq muammolardir. Qadriyatlar – inson hayotiga ta'sir etishiga ko‘ra, ikki turga ajratiladi: Ilg‘or – bu qadriyatlar - jamiyat rivojlanishining axloq-odob, urf-odat negizlarida komil insonni tarbiyalash muammosi, yurtimizni har tomonlama ravnaq topishi, jahon sivilizatsiyasiga qo‘shishga xizmat qiladi. Reaksion qadriyatlar – insonning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma'naviy faoliyatiga putur yetkazuvchi qadriyatlar. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyatdir. Uning turmushi, bilimi, madaniy saviyasi, sog‘lig‘i va hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishidir. Islohotning mazmuni – har bir fuqaro shaxs sifatida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Insonning haq-huquqlari, erkinliklari va qadriyat-lari, muhofaza etiladigan oliy qadriyatdir. O‘zbekiston Respubli-kasi Konstitutsiyasiga ko‘ra, “O‘zbekiston Respublikasining taraqqi-yot yo‘li demokratiya, umuminsoniy tamoyillarga asoslanadi, unga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”. Barqarorlik, tinchlik, totuvlik, insonparvarlik, yaxshilik, sofdillik kabi umuminsoniy qadriyatlar asosida teng huquqli, o‘zaro manfaatli munosabatlar o‘rnatilishi mumkin. Qadriyatlar turlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, dialektik birlikning mazmun va mohiyati – insoniyat dunyosining yaxlit va bir butunligining ifodasi tarzida namoyon bo‘lishidir. Bu fikr dialek-tikaning umumiylik, xususiylik va alohidalik hamda ular o‘rtasi-dagi o‘zaro aloqadorlik, umumiylik va tafovutlar haqidagi nazariy qoidasiga to‘la mos keladi. Ya'ni, qadriyatlarning barcha tur va shakl-lari bilan ma'naviy, ayniqsa, madaniy meros orasidagi dialektik birlik va tafovut shundaki, hamma qadriyatlarning asos ildizlari shu merosga borib taqaladi, uning qonuniy davomi, mevasi, mahsu-lidir. Tafovut shundaki, qadriyatlar ilm-fan, xususan, falsafa, amaliyot, ijtimoiy hayot, madaniyat, adabiyot, san'at yutuqlari bilan boyib, yangilanib turadi. Merosning aynan o‘zi boyimaydi, qanday, qachon, qaerda ijod qilingan bo‘lsa, shunday saqlanadi, faqat tahlil, targ‘ib qilingan, baholanishi, foydalanishi mumkin, xolos. Xulosa shuki, qadriyatlarni inson yaratadi, boyitadi va yangilaydi. Qadriyatlar milliy, mintaqaviy va umuminsoniy kabi turlarga bo‘linadi, ular tabiiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular dialektik xususiyatga ega bo‘lib, ma'naviy, dunyoviy yoki diniy, real yoki mavhum bo‘ladi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling