Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti
Download 0.86 Mb.
|
falsafa o`quv qo`llamna.
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII-XII asrlar
- 2-bosqichi XIV asrning oxiri va XV asrlar
- XX asrning o‘rtalari
1-bosqichda fanlar jamiyat ishlab chiqarishiga oid amaliy-ijtimoiy talablar va ehtiyojlarga javobberish asosida paydo bo‘ladi va rivojlanadi.Bu bosqichda paydo bo‘lgan astronomiya, geometriya, matematika va mexanika kabi fanlar irrigatsiya, dengizda suzish, yirik jamoat inshootlari: piramidalar, ehromlar qurish kabi qurilish ishlari, dehqonchilik, yerlarni bo‘lish, o‘lchash ishlari talablari va ehtiyojlari asosida rivojlanadi. Bu bosqichda fanlar sharoit imkoniyati va ehtiyoji asosida nisbatan sust rivojlanadi.
VII-XII asrlarda Arab Sharqi va O‘rta Osiyo fanlar eng taraqqiy etgan o‘lkalardan biriga aylanib, ularning boshqa o‘lkalar bilan savdo-sotiq munosabatlari, madaniy-ilmiy aloqalari ancha avj olgan edi. Bu davrda dehqonchilik, hunarmandchilik o‘sadi, turli xil irrigatsiya va madaniy qurilishlar kuchayadi. Natijada astrono-miya, matematika, geometriya, kimyo, geografiya, mineralogiya, geodeziya, tabobat ilmi sohalariga oid bilimlarning tez taraqqiy etishiga olib keldi. Fan taraqqiyotining yangi 2-bosqichi XIV asrning oxiri va XV asrlarda O‘rta Osiyoda Temuriylar imperiyasi davrida hamda XVII asrlarning oxirlaridan boshlab Ovro‘poda kapitalizm-ning tez rivojlanishi bilan boshlandi. XV asrda ayniqsa, Samar-qandda Mirzo Ulug‘bek, G‘iyosiddin Koshiy va Ali Qushchilar falakiyot ilmiga va sonlar nazariyasiga juda muhim hissa qo‘shdilar. XVII-XVIII asrlarda esa Ovro‘poda kapitalistik munosabat-larning qaror topishi, snoatning tez sur'atlar bilan rivojlanishi natijasida mexanika, matematika, fizika, kimyo, biologiyaga oid bilimlar misli ko‘rilmagan darajada tez rivojlana boshlaydi. Sanoatning rivojlanishi o‘z navbatida qishloq xo‘jaligining ham taraqqiy etishini talab qildi. Bu qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq bo‘lgan botanika, zoologiya, agronomiyaga oid bilimlarning rivojla-nishiga olib keladi. Ana shu davrga kelib falsafadan mexanika, matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi fanlar mustaqil bilim sohalari sifatida ajralib chiqadi. Ko‘pchilik fanlar o‘zining empirik darajasidan o‘sib, nazariy darajaga ko‘tariladi. Bu davrda inson va jamiyat haqidagi gumanitar va ijtimoiy bilimlar ham jadal rivojlana boshladi. Fanlar rivojlanishining uchinchi bosqichi XX asr boshlari-dan boshlanadi. Bu bosqichda fanlar jadal rivojlanib, ularning amaliyot bilan munosabati butunlay o‘zgardi, fanlarning taraqqiyoti amaliyotni inqiloblashtirishi tufayli, yangi-yangi ishlab chiqarish tarmoqlari vujudga keladi, fanlar bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylana boshlaydi. XX asrning o‘rtalariga kelganda, fanlar taraq-qiyoti texnika taraqqiyoti bilan birgalikda jamiyatda fan-texnika inqilobining sodir bo‘lishiga olib keladi. XX asr oxiriga kelib esa, fanlarda an'anaviy (klassik) tafakkur uslubi o‘rniga noan'ana-viy (noklassik) tafakkur uslubi shakllanadi. Fan va texnika yutuq-lari kundalik hayotda keng o‘rin olib, sun'iy materiallar, yarim o‘tkazgichlar, mikrokalkulyatorlar, kompyuterlar, videolardan foydalanish oddiy hodisa bo‘lib qoldi. Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling