Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Download 0.86 Mb.
bet101/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Ikkinchi qarashga ko‘ra (yevropaliklarga xos) fan o‘z rivoj-lanishida quyidagi bosqichlarni bosib o‘tgan:

  1. Fangacha bo‘lgan davr (mumtoz davrgacha bo‘lgan davr)-Qadimgi Sharq, Yunoniston, Rimdagi dastlabki bilimlar vujudga kelib, Yangi davrgacha davom etgan.

  2. Fan yangi davrda vujudga kelib, o‘z rivojlanishida 3 ta bosqichni bosib o‘tgan:

I. Mumtoz davr
II. Mumtoz bo‘lmagan davr
III. Postmumtoz bo‘lmagan (zamonaviy) davr.
1. Mumtoz davr (XVII-XIX asrlar) – o‘rganish predmeti o‘zi alohida mavjudlik shart-sharoitlari hisobga olinmay o‘rganilgan.
2. Mumtoz bo‘lmagan fan (XX asr birinchi yarmi) – relyativistik va kvant nazariyalarini kashf etish bilan bog‘liq. Ob'ekt to‘g‘risi-dagi bilim bilan bilish vositalari, sub'ektiv faktorning aloqa-dorliklari o‘rganila boshlandi.
3. Postmumtoz bo‘lmagan (zamonaviy) davr (20 asr ikkinchi yarmi). Tirik bo‘lmagan, tirik va ijtimoiy materiya o‘rtasidagi uni-versal bog‘liqlik tan olinadi. Olinayotgan bilimning faqat vosita-lar, bilish sub'ekti bilan emas, balki uning qadriyatiy-maqsadli tuzilishi bilan bog‘laydi.
Fanlar tasnifi. Fanlarning predmeti, keng ma'noda, inson-ni qurshab turgan borliq va uning shakllaridir. Shu jihatdan ular-ning predmetlariga ko‘ra shartli ravishda tabiatshunoslik, jamiyatshunoslik va ular o‘rtasidagi texnika fanlariga bo‘lish mumkin. Tabiatshunoslik fanlari tabiatni bilish, o‘zlashtirish va o‘zgartirish qonunlarini o‘rganadi. Jamiyatshunoslik fanlari esa ijtimoiy munosabatlarni, insonni va uning jamiyatda tutgan o‘rni-ni, jamiyatningijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy hayotini o‘rganadi. Texnika fanlari bo‘lsa, inson tomonidan ixtiro qilingan mashina va mexanizmlar, ularning tuzilishi, qurilishi va ish faoliyatining qonuniyatlarini o‘rganuvchi fanlardir. Qadimgi Yunonistonda “texnika” so‘zi qobiliyat, mohirlik, san'at ma'nosida ishlatilgan. Texnika deganda insonningijodiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyati, bu faoliyat qonuniyatlari, hamda shu faoliyatni amalga oshirishga imkon beruvchi mexanizmlar tushuniladi.
Fanlarni yana amaliy va fundamental fanlarga ham bo‘lishadi. Bunda ishlab chiqarish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, erishilgan har bir yangi natijasi ishlab chiqarishga bevosita tadbiq etilib boradigan fanlar amaliy fanlar deyiladi. Fundamental fanlar esa tabiat, jamiyat, inson tafakkuri taraqqiyotining umumiy qonu-niyatlarini nazariy jihatdan o‘rganuvchi fanlardir.
Hozirgi zamon fanlarining quyidagi xususiyatlari mavjud:

  1. Vorisiylik (eski bilimlarning ijobiy xususiyatlari saqlanib qoladi).

  2. Tinch rivojlanish bosqichlarining keskin o‘zgarishlar bilan almashinib turishi.

  3. Differensiatsiya va integratsiya jarayonlarining mavjudligi.

  4. Matematizatsiya va kompyuterizatsiya jarayonlarining chuqur-lashuvi va kengayib borishi.

  5. Fanning inson faoliyatining barcha sohalarida rolining, ijtimoiy ahamiyatining oshib borishi.

Fanning ijtimoiy roliga qarashlar xilma-xil. M.Veberning fikricha, fanning insonlarning amaliy va shaxsiy hayotida ijobiy hissasi quyidagidan iborat:
1. Fan “hayot kechirish texnikasi” ni ishlab chiqdi – tashqi predmetlar va insonlarning hatti-harakatlarini boshqarishni, foydalanishni.
2. Tafakkur metodlarini ishlab chiqdi.
Lekin fanni baxtga erishtiruvchi vosita deb qarash kerak emas. “Nima qilish kerak? Qanday yashash kerak? Bu dunyoda yashashda bir ma'no bormi?”, - degan savollarga javob bermaydi.
G.Bashlyar: “Insonning zulmlari uchun fanni javobgar qilish, aybni qotildan jinoyat quroliga o‘tkazishdir”, - deydi.
Fanning ijtimoiy mohiyati to‘g‘risida qarama - qarshi qarashlar bor:
1. Ssientizm - fan yordamida barcha ijtimoiy muammolarni hal etish mumkin.
2. Antissientizm - fan va texnikani tanqid qiladi. Fan ijtimoiy taraqqiyotga xizmat qilmaydi va insonlar hayotini yaxshilay olmaydi, deb hisoblaydi.
Hozirgi davrda fan, texnika va ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqligi juda kuchayib bormoqda. Fan bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylanib bormoqda:
1. Fan texnika rivojlanishi orqasidan bormayapti, balki moddiy ishlab chiqarishningboshqaruvchi kuchidir.
2. Agar ilgari fan alohida ijtimoiy institut sifatida rivojlangan bo‘lsa, hozir ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olgan, o‘zaro bog‘liqlikdadir.
3. Fan faqat texnikaga emas, balki insonga, uning ijodiy qobiliyatlari, tafakkur madaniyatining, uning har tomonlama taraq-qiyotining moddiy va ma'naviy shart-sharoitlarini ta'minlashga yo‘naltirilmoqda.
Hozirgi davrda fanning ijtimoiy, insoniy, gumanistik aspektlariga qiziqish kuchayib bormoqda. “Fan etikasi” tushunchasi paydo bo‘ldi.
yevropa faylasuflarining fikricha, zamonaviy fan XV-XVII asrlarda vujudga keldi. Fanning bu davrda vujudga kelishi to‘g‘risida ham ikkita qarama-qarshi qarash mavjud:
1. Eksternalizm vakillari (J.Bernal, E.Silzel, R.Merton va b.) fanning XVI-XVII asrlarda vujudga kelganligini burjua ij-timoiy-iqtisodiy munosabatlaridan keltirib chiqarishadi. Kapi-talistik ishlab chiqarish matematika va mexanikaning rivojlani-shiga olib keldi, deb hisoblaydilar. Ushbu nuqtai-nazarning kamchi-liklari quyidagilardan iborat: 1) fanning genezisini tushunti-rishda mafkuraviy faktorlarning ta'siri, real jamiyatning ma'na-viy hayotining ta'siri e'tiborga olinmaydi; 2) unda bir noaniqlik bor-feodal munosabatlarning tugatilishi davrida diniy dunyoqa-rash susaygani yo‘q, balki kuchaya boshladi. Yangi dinlarlyuteran, kal-vinizm, protestantizm va boshqalar vujudga keldi; 3) bu yondashuvga ko‘ra nima uchun kapitalistik munosabatlar makonni cheksiz va bir jinsli deb tasavvur etishni talab etganligi noaniq bo‘lib qoladi.
2. Internalizm vakillari (A.Koyre, A.Xoll va boshqalar) dunyo-ning ilmiy manzarasi vujudga kelishining sabablarini davrning ma'naviy madaniyatining o‘ziga xosligidan, uning o‘z-o‘zini taraqqiyo-tidan, fikrlash uslubining o‘zgarishidan izlaydi. Ushbu nuqtai-nazarning kamchiliklari quyidagilardan iborat: davrning ma'naviy madaniyatidagi o‘zgarishning sabablarini tushuntirmaydilar. Tushuntirsalar ham ularni o‘sha davr jamiyatining ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishi bilan bog‘lamaydilar.
Ilmiy bilishning strukturasi turli asoslarga ko‘ra aniqlanishi mumkin. Bu masalada ham turli qarashlar mavjud:

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling