Zbekiston respublikasi adliya vazirligi toshkent davlat yuridik instituti


Qadriyatlarning obektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud


Download 0.86 Mb.
bet97/102
Sana08.05.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1443649
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
falsafa o`quv qo`llamna.

Qadriyatlarning obektiv va sub'ektiv tomonlari mavjud.
Qadriyatlar kishilarning moddiy turmush darajasi, sharoiti, imkoniyatlari asosida shakllanadi va rivojlanadi. Bu – qadriyat-larning obektiv zaminidir. Qadriyatlar ijtimoiy moddiy, ma'nav-iy hodisa bo‘lsa ham ularning ahamiyati va mohiyati kishilarning ularga nisbatan bo‘lgan munosabati asosida belgilanadi. Qadriyat degan tushunchaning o‘zi ham qadr-qimmat degan ma'noni bildiradi. Har bir ijtimoiy hodisaga kishilar o‘z dunyoqarashi, taraqqiyot va istiqbol muammolarini hisobga olib yondashadilar va baho bera-dilar. Qadriyatlarni belgilash turli xildagi manfaatlar bilan ham bog‘liqdir. Muayyan qadriyatlarga amal qilishga, ularni baholashga shaxsiy guruhiy, milliy, umuminsoniy manfaatlar ham bevosita ta'sir etishi shubhasizdir. Bular - qadriyatlarga baho berishning sub'ektiv omili hisoblanadi. Qadriyatlarga baho berishda jamiyat a'zolarining umumiy ma'naviy kamoloti, ijtimoiy, milliy ongning yetukligi ham katta ahamiyatga ega. Ma'naviy jihatdan yetuk shaxs jamiyat, milliy, umuminsoniy qadriyatlarning mazmuni va mohiyatini to‘g‘ri baholash imkoniga egadir.
Qadriyatlarning hammasi qadr-qimmat, insonga xos qadrlash ehtiyoji va zarurati bilan bog‘liq. Chunki qadr-qimmat axloqiy ong, demak falsafiy tushuncha bo‘lib, u shaxsning qadr-qimmati haqidagi g‘oyani ifodalaydi. Bu esa insonning o‘z-o‘ziga va jamiyatning unga bo‘lgan ma'naviy-axloqiy munosabatlarini bildiradi.
O‘z qadr-qimmatini yaxshi bilish, qadrlash ehtiyoji va zarura-tini anglash, qadr-qimmatni yerga urmay, izzat-nafsini kamsitmay, o‘zini doim nazorat qilib, ijtimoiy hayot qoidalariga qattiq rioya etib, o‘ziga talabchanlikni susaytirmasdan yashash har bir insonning burchidir. Qadriyatning mazmunini bilib olish, uning ahamiyatini anglash, avvalo “qadr”, so‘ngra “baho” tushunchalarining ma'nosini bilish orqali amalga oshiriladi. Bunda “qadr” tushunchasi “qadriyat” sifatida qaralayotgan ob'ekt, narsa, voqyea, hodisa yoki biror idealning sub'ekt uchun ijtimoiy ahamiyatini anglatadi. Qadriyat-ning sub'ekt bilan munosabatida uning qobiliyati emas, balki ta'siri namoyon bo‘ladi, bu ta'sirni qadriyatning o‘zi baholay olmay-di, balki sub'ekt(lar) baholaydi. Demak, qadriyatning sub'ektga ta'sirida uning qadri, ahamiyati namoyon bo‘ladi, sub'ekt ana shu bevosita ta'sir natijasida uning ahamiyatini baholaydi, qadriga baho beradi. Bahoda teskari munosabat – sub'ektni qadriyat sifati-da qaralayotgan ob'ekt, narsa, voqyea, hodisa va boshqalarga nisbatan munosabati, uni anglashning biror bir darajasida o‘z ifodasini topadi. Bu jarayonda sub'ekt qadriyatga munosabatini baho tarzida ifodalaydi.
Qadriyatning qadrini aniqlash, ahamiyatini tushunib olish va baholash bir-biri bilan chambarchas jarayon hisoblanadi. Qadriyat-ning ahamiyati anglab olinmasa, qadri to‘g‘ri tushunilmasa, unga to‘g‘ri baho berish qiyin kechadi. Shuningdek, qadriyatni baholash unga bo‘lgan munosabatni ham ifodalaydi, bu o‘z navbatida kishilarning talablari, ehtiyojlari, maqsadlari bilan bog‘liq. Qadriyatning mazmuni va ahamiyati bahoda to‘laligicha namoyon bo‘lmasligi mumkin.
Qadriyatlarga nigilistik yondashish, ularga oshirib-toshirib yoki yashirib-kamsitib baho berish ilmiy falsafaga yotdir. Ularga xolisona, me'yorida baho berish uchun metodologik asos – dialektik ta'limotdir. Qadriyatlarga baho berishning bosh mezoni - tarix saboqlari, tajriba, hozirgi davr va istiqlolning talablari ehtiyoj-laridir. “Qadriyat” va “meros” tushunchalari ham mavjud bo‘lib, bu tushunchalar bir-biri bilan yaqin bo‘lishiga qaramay ayni bir xil ma'noni anglatmaydi. Ya'ni, “qadriyat” va “meros” bir-biriga uzviy bog‘liq bo‘lishiga qaramay, har qanday meros qadriyat bo‘la olmaydi. “Meros” tushunchasining mohiyati “qadriyat”ga nisbatan kengdir. Bun-dan tashqari, qadriyat faqat o‘tmishdan qolgan merosgina emas. Hozir-gi kun talablari, yangi sharoit va imkoniyatlar asosida shakllanayot-gan ijtimoiy, ma'naviy, siyosiy hodisalar ham qadriyat hisoblanadi. “Meros” - o‘tgan avlodlar tomonidan yaratilgan, bizgacha yetib kelgan ijtimoiy-ma'naviy, moddiy hodisalar, madaniy boyliklar, urf-odatlar. marosimlar, ahloq me'yorlaridir. Meros – taraqqiyot uchun zarur omil bo‘lgandagina, qadriyat darajasiga ko‘tarila oladi.
Meros bilan qadriyatlarni baholash mezonlari bir-biridan farq qiladi. Moddiy va ma'naviy merosnii baholashda, uning tarixiy shakllanishi sharoitlari va imkoniyatlarini o‘rganishga katta e'tibor beriladi. Merosning hozirgi kun uchun ahamiyatini bilish uni qadriyatlar jumlasiga kiritishdir. Ijtimoiy taraqqiyot doim yangilanib, takomillashib turadigan uzluksiz jarayon ekan buning negizida qadriyatlar ham, ularni baholash mezonlari ham o‘zgarib boradi. Qadriyatlar tarixiy xususiyatga ega. Bir davrning o‘zigagina xos moddiy va ma'naviy ishlab chiqarishi, boyliklari, marosim, an'ana, turmush tarzi, hayotiy prinsiplari va shu kabi qadriyatlari mavjud. Bular zamonlar o‘tishi bilan qadrsizlanishi, sifat jihatidan yangi ahamiyat kasb etishi mumkin. Masalan, O‘rta asrlarda ot-arava asosiy qadriyat bo‘lib, transportning zamonaviy turlari barpo etilgach, o‘z qimmatini bizda anchagina yo‘qotgan, taraqqiy etmagan yurtlardagina u hozirgacha qadrlidir.
Qadriyatlar o‘z mohiyatiga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti va inson kamolotiga ijobiy ta'sir etadi. Inson yo‘q joydi biron narsaning qadr-qimmati haqida so‘zlash bemanilikdir. Qadriyatlar kishilarning turli sohadagi, avvalo ishlab chiqarish, mehnat sohasidagi faoliyati uchun foyda keltiradigan narsalar, hodisalar majmui bilan bog‘liq ravishda vujudga keladi. So‘ngra asta-sekin sub'ekt faolligining orta borishi oqibatida mustaqil soha tarzida amal qila boshlaydi. Ana shularni nazarda tutib, falsafa fani insoniy qadriyatlardan ijtimoiy sharoit taqazosi bilan yuzaga kelgan axloqiy boylik deb hisoblaydi. Barcha axloqiy normalar, yurish-turish qoidalari kabi jamiki insoniy qadriyatlar ham jamiyat taraqqiyoti talablari asosida yuzaga kelib, yangi mazmun, yangi shakl kasb etib, boyib va takomillashib boradi.
Qadriyatlarning moddiy va ma'naviy turlari ham mavjud. Moddiy qadriyatlarga kishilarning moddiy ehtiyojlarini bevosi-ta qondiruvchi narsa (ishlab chiqarish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ashyolari, moddiy ne'matlar va boshqa)lar kirsa, ma'naviy qadriyatlar siyosiy, huquqiy, badiiy, diniy, musiqaviy, ilmiy, este-tik, falsafiy, axloqiy va boshqa shu kabi qadriyatlardan iboratdir. Odamlarning yashashi va rivojlanishi uchun noz-ne'matlar qanchalik zarur bo‘lsa, ma'naviy qadriyatlar ham shu qadar muhimdir.
Odob-axloq, urf-odatlar, marosimlar shaklida namoyon bo‘ladi-gan qadriyatlar ham mavjud bo‘lib, ular kishilarning o‘zaro munosa-batlarida, yurish-turishida, axloq va odobida ko‘zga tashlanadi. Odob-axloq, urf-odatlar sohasidagi qadriyatlar xalqimizning eng qimmatli boyligidir. Qadriyatning ayni shu turi insonning ichki ma'naviy ehtiyojiga aylansa, kishilar tomonidan o‘zlashtirib oli-nib hayotga oqilona tadbiq etilsa, katta ijtimoiy kuchga aylanadi.

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling