O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun asos qilib olib, quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar:
ilk sivilizatsiya (arxaik, an'anaviy yoki ibtidoiy jamoa);
qishloq xo‘jalik, xunarmandchilik sivilizatsiyasi;
industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya;
hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya.
Ijtimoiy-siyosiy hayot xususiyatiga ko‘ra, an'anaviy, liberal va oraliq sivilizatsiyalar farqlanadi.
An'anaviy sivilizatsiyalar ijtimoiy hayotning varvarlikka chek qo‘yishi bilan bog‘liq dastlabki shaklidan iborat. Bular barcha a'zolari bevosita emotsional muloqat jarayonida bo‘lgan nisbatan kichkina lokal hamjamiyatlaridir. Ular jamoa qadriyatlarining ustunligi, qabila oqsoqollariga nisbatan hurmat, o‘tmishga qarab mo‘ljal olishga asoslangan.
Liberal sivilizatsiya yoki G‘arb sivilizatsiyasi madaniy va siyosiy plyuralizm hamda jamiyatning asosiy qadriyati – huquq tizimining vujudga kelishi bilan bog‘liq. Uning ildizlari xususiy mulk va erkin bozor hukm surgan davrda vujudga kelgan antik sivilizatsiyaga borib taqaladi.
Oraliq sivilizatsiya yoki o‘tish davri sivilizatsiyasi ulkan inshoatlar (to‘g‘onlar, kanallar va sh.k.) barpo etish, yangi hududlarni bosib olish yoki o‘z hududini tashqi dushmandan himoya qilish (masalan, Buyuk Xitoy devori) zaruriyati tufayli vujudga keladi. Natijada an'analari va qadriyatlariga ko‘ra har xil lokal hamjamiyatlarning mexanik birlashuvi yuz beradi. Mazkur birlashuv rasmiy xususiyat kasb etadi hamda idrok etish ancha qiyin bo‘lgan normativ-huquqiy qoidalarga muvofiq va jamiyatni tashkil etish-ning lokal hamjamiyatlar ko‘nikmagan hayot tarziga zid bo‘lgan shakl-larida amalga oshiriladi. Davlat qadriyatlari va lokal hamjamiyat-larning qadriyatlari asosan bir-biriga zid bo‘lganligi bois ular-ning o‘rtasida to‘qnashuv yuz berishi mumkin. Qat'iy davlat intizo-mi, ko‘p sonli soliqlar to‘lash, amaldorlarning o‘zboshimchaligi, urushlarda ishtirok etish zaruriyati kabi davlatning bu talablari aholining aksariyat qismida norozilik uyg‘otadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |